29.11.2024 | 11:52
494
NIMA EDIK, NIMA BOʻLDIK, NIMA QILAYLIK?

“Nima edik, nima boʻldik?” soʻrogʻi
Esimizga keladi har chogʻi.
“Nima qilmoq kerak edi?” derlar,
Bizdagi kambagʻal ishchi-erlar.
Ilgari bizlarga matlab bor edi,
Yangi maktab, eski maktab bor edi.
Chiqar edi bir-ikki roʻznoma,
Oʻqir edi uni xos-u omma.
Yoshlarda dard ila gʻayrat bor edi,
Xalqda ozgina himmat bor edi.
Nima boʻldi – ishimiz oʻzgardi,
Sogʻligʻi ketdi-yu qoldi dardi.
Yaʼni na maktabu paktab qoldi,
Eski va yangilari tarqaddi.
Yangi maktabda mushuk oʻynaydir,
Eski maktabda kuchuk uxlaydir.
Bolalar koʻchada hayron-sarson,
Onalar uychada nolon-giryon.
Otalarning ishi non topmoqdir,
Non uchun salla-chopon sotmoqdir.
Elimizda gʻami maktab yoʻqoldi,
Loaqal maktab uchun gap yoʻqoldi.
Gazeta boʻlsa-da bizning elda,
Chiqodir bir karra oyda, yilda.
Yoshlar bunda tutash ovladilar,
Qarilar bunda osh ovladilar.
Xalqimizning bor-yoʻgʻi toʻygʻa
Sarf oʻlur, bir puli qolmas uygʻa.
Toʻgʻrisi, boylara himmat yoʻqdir,
Xayr-u ehson va hamiyat yoʻqdur.
Qolmadi sinfi taraqqiyparvar,
Barchasi boʻldi giriftoru zar.
Baʼzisi soch va soqol fikridadir,
Kechasi mohijamol fikridadir.
Bu orada faqat ishchi-dehqon
Qoldi nodonliq ila sargardon.
Oʻqumay mulla boʻlurmi ishchi?
Oʻqumay haqni bilurmi ishchi?
Yovimiz bor oti “mustamlakachi”,
Yuzi oppoq koʻrinur, qora ichi.
Ushbu yov birla kurash lozimdur,
Balki oni quvlash lozimdur.
Yana bir yov bor – oti nodonliq,
Qiladir biza hamon xoqonliq.
Bunga qarshi urush ochmoq lozim,
Tezrak oni yoʻqotmoq lozim.
Buni yoʻq etmak uchun ilm kerak,
Holbuki, bizda bilimdir siyrak.
Ilm uchun maktab ochish lozimdur,
Er-u xotinga oʻqish lozimdur.
Ilmsiz hur yashamoq mumkin emas,
Oʻqugʻon elga chatoq mumkin emas.
Soʻzlamoq chogʻi oʻtib ish bitdi,
Ish bilan birga sovuq qish bitdi.
Endi kim ishlamasa oʻlgʻusidir,
Yaʼni armoni guli soʻlgʻusidir.
Hoji MUIN
1922-yil
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
55
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
319



