Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.04.2026 | 09:00

img2216

KENGLIK KASHSHOFLARI

E’TIROF

Zamonaviy kimyo va materialshunoslik rivojida metall-organik karkaslar alohida o‘rin tutadi. Noyob molekulyar tuzilmalar gazlarni saqlash, filtrlash va ajratish kabi muhim vazifalarni bajara oladi. Ular kimyo sohasida yangi bosqichni boshlab berdi va global ekologik muammolarni hal qilishda katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Ushbu yo‘nalishdagi ilmiy ishlari uchun Richard Robson, Susumu Kitagava va Omar Yagi 2025-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

TADQIQOT

Richard Robson ilmiy faoliyatini 1980-yillar oxirida boshlab, molekulyar arxitekturani yaratish ustida ish olib bordi. U birinchi bo‘lib tartiblangan va boshqariladigan g‘ovak tuzilmalarni sintez qilish g‘oyasini ilgari surdi. Susumu Kitagava esa gazlarni saqlash va ajratish imkoniyatiga ega bo‘lgan poroz materiallar xususiyatlarini chuqur o‘rgandi. Omar Yagi ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqib, metall-organik karkaslarning keng turlarini yaratish va ularni amaliy qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqdi.

Olimlarning har biri mustaqil ravishda izlanish olib borgan bo‘lsalar-da, ularning tadqiqotlari bir-birini to‘ldirib, butun bir yangi ilmiy yo‘nalishni shakllantirdi.

MOHIYATI

Ilmiy ish o‘ta xos doirada bo‘lib, faqat mutaxassislargina uni anglab yeta oladi. Fan tilida aytganda, metall-organik karkaslar – bu metall ionlari va organik molekulalardan tashkil topgan uch o‘lchamli tuzilmalar bo‘lib, ularda juda katta bo‘shliqlar mavjud. Bu bo‘shliqlar turli gazlar va moddalarni o‘zida saqlay oladi.

Qiziq jihati shundaki, juda kichik hajmdagi material juda katta sirt maydoniga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, qand bo‘lagiga teng materialning umumiy yuzasi futbol maydoniga teng keladi.

Bu xususiyat ularni quyidagi sohalarda nihoyatda samarali qiladi: karbonat angidridni ushlash, havodan suv yig‘ish, zaharli gazlarni saqlash, kimyoviy moddalarni ajratish.

Metall-organik karkaslar bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, zaharli chiqindilarni qayta ishlash kabi muammolarni hal qilishda qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, ular dorilar qoldiqlarini parchalashda ham samarali hisoblanib, tibbiyot vositasida insoniyatga katta naf keltiradi.

Jasmina ISROIL tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 17-apreldagi 16-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328