Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.04.2026 | 12:24

img662

MIYADAGI GPS TIZIMI KASHSHOFLARI

2014-yilgi fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti ikkiga bo‘lindi, yarmi Jon Okifga, yarmi Mey-Britt Mozer va Edvard Mozerga “Miyada joylashuv tizimiga javob beruvchi hujayralarni kashf etganliklari uchun” berildi. Tadqiqot miyada “ichki GPS”, ya’ni joylashuv va harakatlanishni boshqaruvchi neyron tizim mavjudligining ilmiy  isboti bo‘ldi. Bu kashfiyot inson xotirasi, fikrlash va muhitni idrok etish mexanizmlarini tushunishda yangi bosqichni boshlab berdi.

TANISHUV

Jon Okif Nyu-York shahrida tug‘ilgan. 1967-yilda Kanadaning Monreal shahridagi Makgilla universitetida fiziologik psixologiya bo‘yicha doktorlik darajasini olib, London universitet-kollejida tadqiqot olib bordi. 1987-yilda universitet kollejida kognitiv nevrologiya professori etib tayinlandi. Hozir “Sainsbury Wellcome” neyron zanjirlari va xulq-atvor markazining direktori sifatida ishlab kelmoqda.

Edvard Mozer Norvegiyaning Olesunn shahrida, Mey-Britt xonim esa Fosnavog shahrida tug‘ilgan. Ikkalasi Oslo universitetida psixologiya bo‘yicha tahsil olgan hamda shu yerda tanishib, oila qurishgan. Ikkalasi ham neyrofiziologiya bo‘yicha fan doktori hamda professor. Juftlik Edinburg va London universitet-kollejini tamomlagach, Trondxaymdagi Norvegiya fan va texnologiyalar universitetiga ishga o‘tadi. Mey-Britt universitetning Neyron hisoblash markazi direktori, Edvard Mozer esa Kavli tizimli nevrologiya instituti direktori bo‘lib ishlaydi.

KASHFIYOT TARIXI

1971-yilda Jon Okif miyaning gippokampus qismida joylashgan maxsus neyronlarni aniqladi. Ushbu neyronlar organizm muayyan joyda turganida faollashadi. Ular keyinchalik “joy hujayralari” deb nomlandi. Olimning xulosasiga ko‘ra, bu hujayralar miyada atrof-muhitning ichki “xaritasi”ni shakllantiradi. Bu inson qayerda turganini anglashga yordam beradigan asosiy mexanizm hisoblanadi.

2005-yilda Mey-Britt va Edvard Mozerlar bu tizimning yana bir muhim qismini – “to‘r hujayralari”ni (grid cells) kashf etdi. Ushbu neyronlar makonda koordinatlar tizimiga o‘xshash tartibda ishlaydi va joylashuvni aniq belgilash imkonini beradi. Joy va to‘r hujayralari o‘zaro hamkorlikda ishlab, miyada mukammal navigatsiya tizimini hosil qiladi.

Makonni anglash masalasi asrlar davomida olimlar va faylasuflarni qiziqtirib kelgan. Masalan, Immanuil Kant makon hissi insonda tug‘ma deb hisoblagan. Keyinchalik Edvard Tolmen “kognitiv xarita” tushunchasini ilgari surgan. Biroq bu “xarita” miyada qanday saqlanishi va qanday ishlashi uzoq vaqt noma’lum bo‘lib kelgan. 2014-yilgi ushbu kashfiyotlar aynan shu savolga aniq ilmiy javob berdi.

AHAMIYATI

Bu kashfiyotlar ayniqsa neyrodegenerativ kasalliklarni tushunishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, Altsgeymer kasalligida gippokampus zararlanadi va bemorlar aqliy yo‘nalishini yo‘qotadi. Shu bois, ushbu tadqiqotlar kelajakda bunday kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash usullarini ishlab chiqishga zamin yaratadi.

Miyaning navigatsiya tizimi bo‘yicha olib borilgan ushbu ilmiy ishlar insonning yuqori kognitiv funksiyalari – xotira, rejalashtirish va qaror qabul qilish jarayonlarini chuqurroq tushunish imkonini berdi. Bugungi kunda vazkur tadqiqotlar sun’iy intellekt, robototexnika va neyrotexnologiya sohalarida ham qo‘llanilmoqda. Masalan, mustaqil harakatlanuvchi tizimlar aynan shu neyron modellarga asoslanib ishlab chiqariladi.

Jasmina ISROIL tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-martdagi 13-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img102

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img613

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img610