Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.10.2024 | 14:32

img340

KESATIQ

Bizda samolyotlar qo‘­nib qo‘ya qolmaydi, bal­ki “qo‘nishni amalga oshi­radi”. Biz dorini, kechirasiz, “dori vositasi”ni ichib yoki yutib qo‘ya qolmaymiz, balki uni nihoyat­da hurmat-izzat bilan “qabul qilamiz”. Kredit­ni to‘lash xayolimizga kelmaydi, balki uning ustiga bir-bir chelakdan suv quyib, “so‘ndirib” boramiz. Olov-da u! Bizda futbolchilar shunchaki birov-birovini chalib yiqitmaydi, balki “fol” qiladi. Qo‘shimcha vaqtda emas, o‘ynash­sa, faqat ­“ekstra taym”larda o‘ynashadi. Burchakdan to‘p tepishmaydi, balki “kornerni amalga oshiradi”. Tilimizni shunday “seva­miz”.

Bizda davlat tilini bilish majburiy bo‘lmay turib, chet tilini bilish majburiy etib bel­gi­lan­gan. O‘zbek ona tilini yaxshi bilmasa, bir gapida o‘nta xato qilib yozsa-yu chet tilini bilsa (sertifikati (!) bo‘lsa) bo‘ldi, unga hamma joyda eshik ochiq – “yashil chiroq”. Lekin ona tilini zo‘r bilsa-yu, chet tilidan sertifikati bo‘lmasa, davlat universitetlari magistraturasiga hujjat topshirishga “qizil chiroq”… 

“Qurt” deb yozib qo‘y­gan, lekin qurt so‘ra­sang, bir donayam topib berol­maydi. Chunki bular hayot­da qurt bilan qurut­ning farqiga bor­maydi…

Chet tilidan serti­fi­kat so‘rab, odamlar­ning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lguncha, ta’lim­chilarimiz ona tilini o‘qi­tishni joyiga qo‘yib qo‘ysalar bo‘l­maydimi? Aks holda, ­yaqin kelajakda mana shunaqa qurtfurush-u qurtshunoslar yeti­shib chiqaveradi.

Elmurod NISHONOV,
Facebook

“Jadid” gazetasining 2024-yil 25-oktyabrdagi 44-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596