26.07.2024 | 12:05
402
Shavkat Mirziyoyev mehnat taʼtiliga chiqdi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 26-iyuldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev 22-aprelda ham qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi. Oldingi safar esa 2023-yilning dekabrida ta’til olgan. Shuningdek, davlat rahbari 2022-yil va 2021-yil yanvarlarida ta’tilda boʻlgan.
Prezidentning mehnat ta’tili
“Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunning 4-moddasiga binoan, prezidentga muddati 36 ish kunidan iborat yillik haq toʻlanadigan taʼtil beriladi.
“Prezident mehnat taʼtiliga chiqqanda uning vazifalari kimningdir zimmasiga yuklanishi haqida qonunchilikda birorta qoidaga koʻzim tushmagan. Menimcha, bunday qoida yoʻq va bu toʻgʻri. Chunki prezident xalq tomonidan saylangan oliy vakolatlarga ega shaxs hisoblanadi, uning vazifalarini vaqtincha xalq saylamagan shaxsga berilishi joiz emas”, — deb yozgandi 2019-yilda Xushnud Xudoyberdiyev.
Faqat Konstitutsiyaning 96-moddasida birgina qoida bor, amaldagi prezident oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Oliy Majlis Senati raisining zimmasiga yuklatiladi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



