Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.04.2024 | 10:09

img334

“XON”MI, “JON”MI? Yoki bir tovush tashvishi

Bugun internet tarmoqlari taraqqiy qildi. Badiiy asarlar ularga joylanmoq­da. Noshirlar asl manbadan ko‘ra adabiy o‘zanlardan ham olib, kitoblar nashr qilayotgan hollari yo‘q emas. Sal avval “Mutolaa” ko‘rsatuvida “O‘t­kan kunlar” romani o‘qildi; qarab zavq bilan ting­lab o‘tirdim. Romanning birinchi bo‘­limi­dagi bir so‘z qulog‘imga jinday g‘alati eshitildi. Yusufbek hojining tilidan aytildi u so‘z. Hayron bo‘ldim. Eshitganimga ishon­madim. Biror daqiqa o‘tmay Yusufbek hoji tilidan yana takrorlandi: “jon janobi”… Haqiqatan ham g‘alatiroq birikma. “O‘tkan kunlar”ni qo‘limga oldim. 20-yillardagi nashriga qaradim. 1994-yilgi nashridan o‘qidim. Yusufbek hoji bir asrdan beri “Agar manim xizmatlarim shunday iltifotlarga loyiq ko‘riladirgan bo‘lsa, xon janobidan so‘raydirgan bir taklifim bor”, “Agar manim bu xizmatlarim xon janobining marhamatiga loyiq ko‘rilur ekan, menga eng manzur bo‘lgan mukofot – o‘g‘lim­ning ozod qilinishidir”, deydi “ko‘ziga yosh olib”. Hoji hamon “xon janoblari” demoqda. Ammo “Adabiyot uchqunlari” nashriyoti tomonidan 2018-yili chop etilgan “O‘tkan kunlar” romanining 162-163-betlarida uch marta “xon janobi” o‘rniga “jon janobi” beri­libdi. Darhaqiqat, “jon janobi”da jumla va fikr mantig‘i buziladi. Romanning internet tarmog‘iga berilgan qaysi bir nusxasida ham shu xato bor. Zamon taraqqiyotining nazokatini qarangki, “xon”ni “jon”ga do‘ndiribdi. Agar bu so‘zlar ismlarga qo‘shiladigan hurmat-izzat yoki erkalash tarzidagi “-xon, -jon” tarzida kelsa-yu, chalg‘ib adashilsa, bunda ehtimol kechirilishi mumkindir. Ammo alohida ma’no tashiyotgan “xon” va “jon” so‘zlari o‘rin almashsa, ma’no siy­qalanadi. Bir tovush qadri, qiymati, quvvati aniq sezildi. Ehtimol siz, “jon” bo‘ldi nima-yu “xon” bo‘ldi nima, dersiz beparvogina. Ammo badiiy adabiyot ba’zida bir tovushning evrilishlaridan bunyod bo‘ladi. Oq va qora, o‘lik va tirik, yer va osmonlar qadar ma’no farqlari bir tovush evaziga may­donga keladi. Bir tovush xatosi tufayli “iymon” – “yomon” yoki “odam” – “adam” (yo‘q, yo‘qlik) bo‘ladi. “O‘tkan kunlar” romanini turli nashriyot­lar gohida internet tarmog‘idan su­g‘u­rib olib nashr qilmoq­da. Bundagi e’tiborsizlik kitoblarga ko‘ch­moqda. Gapim – har qanday mumtoz asarni nashr qi­lishda juda hushyor bo‘l­moq lozim. Asl matn buzilishidan muallif ruhi bezovta bo‘ladi, o‘quvchi esa chalg‘iydi.

Bahodir NURMUHAMMAD

“Jadid” gazetasi 2024-yil 5 -aprel 15-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img112

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img622

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img617