Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.03.2025 | 15:51

img526

LOLAZORGA BURDIM YUZIMNI

SEN BAHORNI SOGʻINMADINGMI?

Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog‘ingdan rang olgan dedim –
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o‘zingni,
– Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Uzoqlarda zalvorli tog‘lar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog‘lar,
Vasling menga bo‘lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g‘arib,
– Sen bahorni sog‘inmadingmi?

O‘ngirlarda sakraydi ohu,
Na’matakda sa’va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
– Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Mana, bugun navro‘zi olam,
Do‘stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam…
Qo‘limda gul, seni kutarman,
Umrim bo‘yi chorlab o‘tarman,
– Sen bahorni sog‘inmadingmi?

O‘JAR DO‘XTIR VA CHORASIZ BEMOR HANGOMASI

Yig‘latib bemorning ikki qarog‘in,
Kesib tashladilar bir kun oyog‘in.

Badan tarbiyani sevardi do‘xtir,
Bemorga: – Kezaver, – deyardi do‘xtir.

Bemor yolvorardi: – Yo‘q, deb oyog‘im,
Olib qo‘yishganlar hatto tayog‘im.

Do‘xtir uqtirardi: – Yurgaysan, tamom,
Mening gapim shuldir, bo‘ldi, vassalom.

Ne qilarin bilmas bemor bechora,
O‘ylay-o‘ylay topdi oxir bir chora:

U ikki qo‘lida yura boshladi,
Dunyoni teskari ko‘ra boshladi.

O‘jar do‘xtirdan-ku asrasin xudo,
Avvalo, oyoqdan bo‘lmagin judo.

Turfa hangomaga to‘liqdir olam,
Uchrab turar goho shunaqasi ham.

OGʻRIQLARIM

Yana og‘riq zabtiga olar,
Qisib kelar nafasing og‘ir.
Chug‘ur-chug‘ur qilar bolalar,
Nabiralar bir etak, axir.
Biri deydi: – Tinmasdan aslo,
Yer yuzida rosa yelgansiz.
Gollandiya yoqlardan, bobo,
Bizga pishloq olib kelgansiz.
Chiqib ketay deydi tandan jon,
Hamma narsa go‘yo bema’ni.
Bir nabiram so‘rar: – Bobojon,
Hindistonning mangosi qani?
Og‘riq yetar so‘nggi damga ham,
Misli oshim oshamaganman.
Shivirlayman: – Jim turgin, bolam,
Men hech qachon yashamaganman.

QUYOSH VA SHA’M
Nabiram Mumtozbegimga

Abadiyat muhri bor go‘zallik tuyg‘usida,
Qudratin u yo‘qotmas hattoki uyqusida.
Toblanib yursa arzir quyosh nurida, ammo
“Xamsa” yaratsa bo‘lar sha’mning yog‘dusida.

HAMSHIRA QIZIM BARNONING SHE’RI

Tomirimni topolmay azob berdingiz bir kun,
Oddiygina ukolni qilolmadingiz, afsus.
Hamshiralar qahatmi sizlarda, nima uchun
Bizning Barno qizchalik bo‘lolmadingiz, afsus.

Har qanday sohaning ham ustasi bor, albatta,
O‘zlariga buyursin maqtab pishirgan oshi.
El aro mahoratning qiymati erur katta,
Baland bo‘lsa ham agar oladigan maoshi.

Shifokorlar ahlini kuzatdim juda uzoq,
Bilmadim, deganlarin eshitmadim men aslo.
Ular ham shoirlarga o‘xshab ketarkan ko‘proq,
Yarmisi ulug‘ bo‘lsa, yarmisi buyuk daho.

Bizlarga kerak asli jo‘ngina, oddiy hayot,
Rostgo‘y va dabdabasiz, ona sutidek halol.
Gohida eslamaymiz, kim berdi bizga najot,
Maqtanchoqning dastidan topgaymiz lekin zavol.

Ummonorti yurtning buldir shifoxonasi:
Muhtasham qasrlardan qolishmaydi u sira.
E’tirofim aytayin, keldi gapning xonasi,
Bu yerda yetishmaydi Barno degan hamshira.

Abdulla ORIPOV
O‘zbekiston xalq shoiri

“Jadid” gazetasining 2025-yil 21-martdagi 12-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600