Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.04.2024 | 10:03

img291

QO‘YNIMDA MAKTUBING SAQLAB YURIBMAN

Menglixon qissasi

(Maxtumqulidan ilhomlanib)

G‘aribkim, Maxtumquli,

Xiyla bilan yengdi Xon.

Yulib ketdilar gulin,

Bir guldurki, Menglixon.

Dedim: – Mohitobonim,

Dedi: – Go‘yo Menglixon.

Ko‘zasi qalqib-qalqib,

Daryoda oqib ketdi.

Menglixonni yuz otliq

Saroyga olib ketdi.

Dedim: – Qo‘yding armonga,

Dedi: – Ko‘ngildur vayron.

Chirillab qoldi qizlar,

Na dodga ulgurdilar.

Sho‘rlik yigitni izlab,

Qishloqqa yugurdilar.

Dedim: – Tovus na joydan?

Dedi: – Joyi Hindiston.

Manglaydagi bitikda,

Har bandaning a’moli.

Keltirdilar yigitga

Menglixonning ro‘ymolin.

Dedim: – Undan ber manga,

Dedi: – Qiladur bejon.

To‘lgani shu paymona,

Ro‘yo desa rostdirkim.

Mushtin siqib, ro‘ymolni

Lablariga bosdi jim.

Dedim: – Yuzda hollarmu?

Dedi: – Yuzda gullar hey!

Dedim: – Bu ne sarvidur?

Dedi: – Nozik bellar hey!

Qattiq silkindi sahro,

Amudaryo to‘lg‘ondi.

Ko‘rib qo‘y, beor dunyo,

Yig‘ladi mard o‘g‘loning!

Dedim: – O‘larman endi,

Dedi: – Qolarsan omon.

Judo bo‘lib yoridan,

Elkezar oshiq qoldi.

Hasratidan, dog‘idan

Bir mungli qo‘shiq qoldi.

“Qo‘llarimni qayirding,

Zolim ekansan dunyo!

Gul yorimdan ayirding,

Xoin ekansan dunyo!”

Dedim: – Sendan ketarman

Dedi: – Ketsang bor omon!

Bu dunyoning koriga,

Bardosh berar jonim yo‘q.

Menglixonni holidan

So‘z aytgali holim yo‘q.

Dedim: – Bu ne zamondur?

Dedi: – Bu ham tush o‘lar.

Hijroningda o‘ldim-ay!

Yoshim artsam, yengim qon.

Kimga cho‘ri bo‘lding-ay!

Mungli xonim, Menglixon!

Dedim: – Ey Maxtumquli!

Dedi: – Ko‘zlar yosh o‘lar!!!

Musofir

Qishloqda

sahardan to kechga dovur

onam shosupada ko‘rpacha qovir.

Yig‘lab ham oladi:

“Bolam… musofir…

O‘risga ketgan” deb.

G‘animlar har qanday pastlikka qodir,

baridan do‘stlarning dashnomi og‘ir.

Kuldilar:

“Muhabbat balosi oxir

boshiga yetgan” deb.

Oqshom oyga boqib, surdingmi xayol?

Ey, qizlardek lobar, ma’suma ayol.

Ko‘ngilsiz turmushga ko‘nding ehtimol:

“Taqdir shu ekan” deb.

Men bunda o‘zimni qarg‘ab yuribman,

sovuq nafaslarda yaxlab yuribman.

Qo‘ynimda maktubing saqlab yuribman

barmog‘ing tekkan deb.

* * *

Bu kunlar,

Bu umr,

Bu ko‘hna dunyo,

Sahrolar lovullar, chayqalar ummon.

Tomchiman, zarraman, lahzaman, ammo

Bo‘zchi mokisiday tinmayman, xolos.

Bu qanday holatki, ko‘nib bo‘lmaydi,

Qochib ham, chidab ham, o‘lib bo‘lmaydi,

Nimadir…

Ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi,

Faqat tovushlarni ilg‘ayman, xolos.

Xotira alafga o‘xshagan narsa,

Shuncha chopgan bilan koshki kamaysa.

Bilaman, manzilni yo‘qotmagansan…

Qachon qaytishingni bilmayman, xolos.

Sahrolar ummonga g‘arq bo‘lar balki,

Ummonlar sahroga mahv bo‘lar balki,

Dunyolar ko‘ngilga jam bo‘lar balki,

Faqat men ko‘nglingga sig‘mayman, xolos.

* * *

Eshikni yopib ket.

Buyumlar,

Ergashib ketingdan chiqmasin.

Men seni hech qachon unutmam,

Sen unut.

Esingdan chiqmasin.

* * *

Kelgunimcha yo‘l qarab,

Uyqusi o‘chgan onam.

Yarim tunmi, yo sahar,

Darvoza ochgan onam.

O‘lim – qisqa judolik,

Javdirab jannatda ham,

Bolam qani Xudo deb,

Darvoza ochgan onam.

Jamoliddin BADALOV

“Jadid” gazetasi 2024-yil 29 -mart 14-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596