05.12.2024 | 10:20
742
Mahmudxo‘ja Behbudiy va Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etiladi
“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot ta’sis etiladi.
Bunda mukofotlar bo‘yicha tanlovlar har ikki yilda o‘tkazilib, ularning g‘oliblari MHTEKMning 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Rejissyor – dramaturg – kompozitor – rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 2025-yildan boshlab har yili avgust oyida “Nigoh” ijodiy loyihasi amalga oshiriladi.
Milliy akademik musiqa san’atini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida har 2 yilda milliy kompozitorlar tanlovi o‘tkazib boriladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi.
Jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovi joriy etiladi.
Shuningdek, 2025-yildan boshlab har ikki yilda tarixiy va zamonaviy mavzular bo‘yicha “Eng yaxshi pyesalar” tanlovi tashkil etiladi hamda O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi.
Qarorga ko‘ra, aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi.
Bunda:
- “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda “Teatr kuni” tadbirlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;
- “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat teatrlarining spektakllariga bepul kiritiladi.
- Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga “Akademik” maqomi beriladi.
2026-yil yakunigacha O‘zbekiston davlat yoshlar teatri faoliyati zamonaviy namunali teatr sifatida tashkil etiladi.
2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha huquqiy eksperiment tariqasida O‘zbekiston davlat yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati beriladi.
ABDULLA GULŞANIY KIM EDI?
Bir ijodkor döstim kuyinib aytib qoldi: “Yaqinda tumanimizda ötkazilgan adabiyot öqituvçilarining yiğilişida qatnaşar ekanman, öqituvçilardan: “Abdulla Gulşaniy haqida ham öquvçilarga ma’lumotlar berasizlarmi?” deb söradim. Avvaliga ular ajablanib bir-birlariga qarab olişdi. Keyin köksiga “a’loçi” nişonini taqqan muallim menga qarab dedi: “Anovi “Zarbulmasal”ni yozganni aytyapsizmi?..” Indamadim, ammo iç-içimdan bir nima uzilib ketgandek böldi. Ey, döstim, mana, yurtimiz […]
26.11.2026 | 16:02
206
ULKAN XAZINA
Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurovning farzandi Zulayho ALIMOVA bilan suhbat – Zulayho opa, atoqli adabiyotşunos, tarjimon va adib, san’at arbobi Ibrohim Ğafurov nomidagi Tarjima va ijod maktabining kutubxonasi biz uçun faqat suhbat manzili emas, balki boş mavzumizdir. Uşbu maskan Özbekiston davlat jahon tillari universitetida joylaşgan. Keling, suhbatimizni ziyoli kutubxonasi mavzusidan boşlaylik… – Odatda, dadam haqida söz […]
26.11.2026 | 10:48
266
BARI BOLA BIRDAY
20-noyabr – Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya qabul qilingan kun. Ayni paytda, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34 yilligi sanasi yaqinlaşmoqda. Har ikki hujjatning markazida inson qadri, haq-huquqi turibdi, jumladan, bola huquqi ham. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 44-moddasiga asosan, bolalar mehnatining bolaning soğliği, xavfsizligi, axloqi, aqliy va jismoniy rivojlanişiga xavf soluvçi, şu jumladan, ta’lim olişiga tösqinlik qiluvçi har qanday […]
25.11.2026 | 11:31
222



