Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.02.2025 | 15:10

img419

MAKSIM GORKIYDAN MAQTOV ESHITGAN JULQUNBOY

1934-yil yozida Moskvada Butunittifoq yozuvchilarning birinchi syezdini chaqirish va syezd kunlari SSSR xalqlari adabiyotining ko‘rgazmasini tashkil qilish belgilanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston yozuvchilar soyuzi ham boshqa respublikalar qatori syezdga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rar, ko‘rgazma tashkil qilish uchun kitoblar to‘plar, Qodiriyga esa xalq ichidan ko‘plab arab-turkiy harfida yozilgan eski o‘zbek klassik kitoblarni sotib olish vazifasi yuklatilgan edi. Yodimda, shunda dadam bir necha marta arab yozuvidagi (qo‘lyozma, tosh bosma, mixbosma) eski kitoblarni kuplab ko‘tarib kelib stol ustiga yig‘dilar, keyin ularni qayergadir olib borib topshirdilar va yoz kunlarining birida syezdga qatnashish uchun Moskvaga jo‘nab ketdilar…

Dramaturg Zinnat Fatxullin o‘sha davrni xotirlab shunday hikoya qiladi:

“Ko‘rgazmaga kitoblar sotib olishni Abdulla akamga topshirilganining sababi shundaki, soyuzda eski sharq asarlarini Abdulla akadan ko‘ra yaxshiroq biluvchi va olinadigan kitoblarni to‘g‘ri qadr (baho)lovchi yo‘q edi. Men bu yoshda Abdulla akaga yordamchi (g‘aznachi) etib tayinlangan edim. Abdulla aka men bilan bozorga tushib eski yoymachi kitobfurushlar oldiga o‘tirib olib kitob ko‘rar, ulardan adres olib, mahallama-mahalla yurib, har kimlarning uyida uyilib yotgan eski kitoblarni ko‘zdan kechirib tanlar va kitob ma’qul tushsa savdolashar edilar. Abdulla akani hamma yerda tanishar, kitob bor yerlarga uyma-uy boshlab yurishar va hatto mehmon ham qilishar edi.

Shunday qilib, biz ikki-uch yuz nusxa eski o‘zbek klassik kitoblarini sotib oldik va syezd kunlariga o‘n-o‘n besh kun qolganda soyuz raisi Rahmat Majidiyning maslahati bilan Abdulla aka ikkimiz ko‘rgazmani tayyorlash uchun kitoblarni yuklab Moskvaga vaqtliroq jo‘nadik.

Moskvaga borib bilsak biz ancha kechikibmiz… Gorkiy nomli bog‘ (park)da tashkil qilingan ko‘rgazmaga hamma respublika vakillari bizdan allaqancha oldin kelib yaxshi joylarni egallab olishib, bizga kimsa bormas chet bir burchakdan kichkina joy qoldirishgan ekan. Biz juda bo‘shashib tushdik. Ikkov maslahatlashib, durustroq joy talab qilgani SSSR Yozuvchilar Soyuziga (Vorovskiy ko‘chaga) bordik va syezd ko‘rgazma ishlariga mutasaddi etib tayinlangan rahbar (familiyasini unutganman) oldiga kirib tilagimizni aytdik. U kishi gapimizga ortiq ahamiyat bermay, “joyni o‘zgarta olmaymiz” deb qo‘ya qoldi.

Umidsizlanib soyuzdan chiqdik. Abdulla aka: “Bo‘ldi, ko‘rgazmani o‘sha ko‘rsatgan yerlariga bo‘lganicha ochaverish kerak”, dedilar. Ammo shu onda boshimga M. Gorkiy huzuriga kirsak qandoq bo‘larkin, degan fikr kelib qoldi-yu, niyatimni Abdulla akamga aytdim. Bu fikr avvalda u kishiga ma’qul tushmaganday ko‘rindi. “Shu arzimas ish bilan u kishining oldiga kirish uncha ma’qul bo‘lmas”, dedilar. Keyin, o‘ylab ko‘rib birgalashib kirishga rozi bo‘ldilar. Gorkiyning qabul kunini kutib, ikki kun oralatib soyuzga bordik, navbat kutib ikki-uch kishidan so‘ng uning huzuriga kirdik.

Gorkiy ochiq chehra bilan salomlashib bizga o‘tirishga joy ko‘rsatdi. U rasmdagi kabi ozg‘in, baland qaddi bir oz bukilgan, mosh-guruch qisqa soqol va mo‘ylabli, vazmin harakatchan kishi edi. Ruscha so‘zlashga chechanroq bo‘lganim uchun gapni men boshladim. Toshkentdan kelganimizni aytib, o‘zimizni tanitdim.

Gorkiy chamasi Abdulla akani ismi-familiyasi bilan tanimas ekan. Julqunboy taxalluslarini eshitgach, kulib o‘rnidan turdi, stol ustidan uzun bo‘yini cho‘zib Abdulla akam bilan qo‘l olishib ko‘rishdi. Ular orasida shunday so‘z bo‘ldi. Gorkiy dedi:

– Julqunboy ismingizni eshitganman, siz yaxshi satirachi va romanchisiz, tanishganim uchun xursandman. Abdulla aka bosh irg‘atib jim o‘tirardilar. Gorkiy bir oz to‘xtalib olib davom etdi.
– Afsus, asaringiz ruschaga tarjima qilinmagan, o‘qimaganman. Hozir biron kattaroq asar yozyapsizmi?
– Yozyapman.
– Qanday mavzuda, kechirasiz?
– Qishloq-kolxoz hayotidan, “Obid ketmon” nomli qissa.
– Juda yaxshi, men xuddi shuning uchun bu savolni berib edim. Xursandman. Adabiyotimiz shuningdek mavzudagi asarlarga kambag‘al; ko‘proq yozish lozim. Asarlaringizni rus tilida o‘qishni orzu qilaman. Tarjima masalasida, umuman, ijodingizda, hayotingizda biron monelik tug‘ilsa xat yozing, yordamga tayyormiz…
– Rahmat, – dedi u kishi.  

Gorkiyning bu mehribon so‘zlaridan Abdulla akaning mamnun bo‘lganliklari yuzlaridan sezilib turar edi. Biz asosiy maqsadga ko‘chib, iltimosimizni bayon qildik. Gorkiy masalaga tushunib, o‘ylanib qoldi va so‘radi:

– Ko‘rgazmaga qanday kitoblar keltirdingiz?

Abdulla aka bir necha o‘zbek klassik yozuvchi-shoirlarining nomini aytdilar. Bular orasida albatta Navoiy ismi ham bor edi.

Gorkiy so‘radi,

– Navoiyning qanday asarlarini keltirdingiz?

Abdulla aka javob qilib, keltirilgan kitoblar orasida mashhur xattotlar qo‘li bilan bitilgan yagona nodir nusxalar borligini, ularni hech qanday qimmat bilan tenglashtirib bo‘lmasligini aytdilar.

Shundan so‘ng, Gorkiy haligi biz birinchi uchrashgan rahbarni chaqirdi va bizga istagan yerimizdan ko‘rgazmaga joy ajratib berishni buyurdi. Rahbar bizni mashinaga o‘tkazib, olib borib RSFSR xalqlari adabiyoti ko‘rgazmasi yonidan joy ko‘rsatdi.

Syezd boshlanishiga ikki-uch kun qolganda mening tezlikda qaytishim to‘g‘risida Toshkentdan telegramma borib qoldi va men syezdga qatnashmay Toshkentga qaytdim. Abdulla aka esa Moskvada qoldilar”.

Xotirimda, dadam syezddan qaytgach, meni Aleksey Tolstoy va Maksim Gorkiylarni ko‘rgan-ko‘rmaganliklarini so‘radim. U kishi dedilar::

– Aleksey Tolstoy bilan banketda birga o‘tirdik. Bechora juda xafa. O‘sha bizga mehmon bo‘lib kelgan xotini xastalanib vafot etibdi… Gorkiy rayosatda o‘tirdi, nutq so‘zladi, banketda qadah ko‘tardi, lekin ichmadi. U kasal…

QODIRIYNING O‘ZLASHTIRILGAN SHE’RI

O‘TGA TASHLANGAN “O‘TKAN KUNLAR”

QODIRIYNI YIG‘LATGAN KUMUSH

QABRISTONDA TUNAGAN QODIRIY

Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” kitobidan


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324