Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.12.2024 | 11:02

img336

Malayziyada Beruniy va Firdavsiyning oʻrta asrlardagi qoʻlyozmalari topildi

Malayziyadagi Xalqaro Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti xuzuridagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasidan Abu Rayhon Beruniyning “At-Tafhim” asarining toʻqqiz asrlik va Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub “Shohnoma” asarining salkam olti asrlik qoʻlyozmalari topildi.

Bu haqda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhi tashabbusi bilan “Shakllanayotgan koʻpqutblilik davrida Rossiya va Islom olami munosabatlari” mavzusida xalqaro anjumanda ishtirok etib qaytgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktor oʻrinbosari Firdavs Halimov maʼlum qildi.

— Biz Oʻzbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Karomidin Gadoyev bilan Kuala-Lumpurdagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasiga bordik, — deydi Firdavs Halimov. — Bu yerda bevosita Oʻzbekiston madaniy merosiga oid qoʻlyozmalar ham borligiga amin boʻldik. Qoʻlyozmalardan biri bu alloma Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub boʻlgan “At-Tafhim” asaridir. Fors tilidagi, samo jismlarini oʻrganish masalalariga bagʻishlangan bu asar 1197-yilda koʻchirilgan.

Ikkinchi qoʻlyozma Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarining oʻrta asrlarda koʻchirilgan qoʻlyozmasidir. Qoʻlyozma nastaʼliq xatida temuriylar kitobat sanʼatiga xos uslubda koʻchirilgan boʻlib, undan 29 ta miniatyura oʻrin olgan. Ushbu miniatyuralarda Kamoliddin Behzod maktabiga xos unsurlar koʻzga tashlanadi.

Mazkur qoʻlyozmalar qayerda va kim tomonidan koʻchirilgani hozircha nomaʼlum. Maʼlum qilinishicha, ular oʻn yilcha ilgari Niderlandiyada oʻtkazilgan auksion savdosi orqali sotib olinib, Malayziyaga keltirilgan.

Kutubxona rahbariyati mazkur qoʻlyozmalarning nusxalarini Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga fondiga topshirishlarini maʼlum qilishdi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324