Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.01.2025 | 11:26

img556

Beruniy va Firdavsiy qo‘lyozmalarining nusxalari Malayziyadan O‘zbekistonga keltirildi

Malayziyada Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovga mamlakatimiz madaniy merosiga oid tarixiy qo‘lyozmalar – Abu Rayhon Beruniyning «At-Tafhim» va Abulqosim Firdavsiyning Temuriylar davrida ko‘chirilgan «Shohnoma» asarlarining faksimile nusxalari topshirildi.

Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi institutida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomidin Gadoyev ham ishtirok etdi.

Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov qadimiy qo‘lyozmalar nusxalarini qabul qilish jarayoni haqida fikr bildirdi:

«Bugungi kunda O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbuslari bilan tarixiy merosimizni o‘rganish va insonparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan sakkiz yil muqaddam davlatimiz rahbari farmonlariga binoan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil qilindi. Markazimizda O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini aks ettirish, yurtimizda va xorijda saqlanayotgan O‘zbekistonga oid madaniy va ma’rifiy yodgorliklarni tadqiq etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini o‘rganish hamda madaniy yodgorliklarni tadqiq qilish borasida faol ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun qabul qilingan qo‘lyozma nusxalari ham markazimiz ekspozitsiyasini yanada boyitadi».

Mazkur qo‘lyozmalar Islom sivilizatsiyasi markazining tarixiy ekspozitsiyasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabr oyida Malayziyadagi Xalqaro Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti xuzuridagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasidan O‘zbekistonning madaniy merosiga oid tarixiy qo‘lyozmalar topilgani haqida xabar berilgandi.

Abu Rayhon Beruniy (973–1048) asarlari va ilmiy kashfiyotlari dunyo ilm-fani rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning 1197-yilda ko‘chirilgan «At-Tafhim» asari jahon ilm-fanida muhim manba sifatida e’tirof etilgan. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»si esa XV asrda Temuriylar davri kitobat san’ati an’analari asosida ko‘chirilgan. Asarda Kamoliddin Behzod miniatyura maktabiga xos elementlari aniqlangan.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img178

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img159

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img365