18.05.2026 | 16:17
2676
MANGULIK MUHRI
Bu yil mamlakatimizda norasmiy muzeylar yili bo‘ldi, desak adashmaymiz. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy ziyoratgohi majmualari tarkibida yangi muzeylar ishga tushirildi. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi rekonstruksiya qilindi. Nodir qo‘lyozmalarni raqamlashtirib, kitobxonlarga taqdim etayotgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Muhimi, ushbu moziygohlar bugun jahon ahlini o‘ziga chorlab, nufuzli tanlov va reytinglarda yetakchilar safidan o‘rin olmoqda.

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi muzeylarda ham ixtisoslashuv jadal davom etmoqda. Jumladan, Navoiy shahridagi Tog‘-kon metallurgiya kombinati tarixi muzeyi mintaqaning foydali qazilmalar sanoati tarixini o‘zida mujassam etadi. Umumiy maydoni 450 kvadrat metr bo‘lgan, uchta zaldan iborat ushbu muzeyda bir yarim mingdan ortiq eksponat mavjud.
Muzeyning birinchi zali eneolit, ya’ni, mis-tosh davridan temuriylar hukmronligigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Dastlab viloyatning Uchquduq tumanidan topilgan “Tosh o‘rmon” tasviri tushirilgan yirik polotno sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Qizilqum sahrosining o‘rni bir paytlar ulkan dengiz bo‘lgan. Vaqt o‘tib suv chekingach, keyingi bosqichdagi daraxtlar toshga aylangan. Bu “toshdaraxtlar” ochiq osmon osti muzeyini paydo qilgan.
– Dunyo davlatlarining faqat uchtasida tosh o‘rmon mavjud, – deydi muzey direktori, “El-yurt hurmati” ordeni laureati Akshagul Tulegenova. – Chili va Bolgariyadan keyin bunday noyob topilma bizda topildi. Suratni ko‘rgandayoq shu o‘rmonning tabiiy holatini tomosha qilishni istaydi odam.
Zal bo‘ylab yurishda davom etar ekansiz, Sarmishsoy iyerogliflari tasviri, o‘rdaksimon dinozavrning son suyagi, mis va temirdan yasalgan qadimgi qurollar, III-IV asrlarga oid qurol-aslaha, qilich va xanjarlarning asliga ko‘zingiz tushadi.
Shuningdek, minerologiya ilmining otasi hisoblangan Abu Rayhon Beruniyga bag‘ishlangan alohida ko‘rgazmada allomaning ma’danshunoslikka doir asarlari o‘rin olgan.
Birinchi zalning Amir Temur davriga oid eksponatlari orasida esa cho‘yanni eritib ishlangan har xil turdagi nodir buyumlar borki, bu metallurgiya sanoati bizga yangidan kirib kelmagani, bobomeros kasb ekanini anglatadi. Kombinatda uzoq yillar faoliyat olib borib, O‘zbekiston Qahramoni, degan yuksak sharafga erishgan metallurglar haqidagi ma’lumotlar, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan konchilarning ismi shariflari bitilgan faxriya kitobi zamonaviy sanoat shajarasini o‘zida aks ettiradi.
Ikkinchi bo‘lim bir guruh geologlarning 1950-yillarda Qizilqum sahrosida yirik uran va oltin zaxiralarini kashf etishlaridan boshlangan tarixiy davrni o‘z ichiga olgan. Navoiy, Uchquduq va Zarafshon kabi shaharlarning bunyod bo‘lish omillariga oid manbalar, O‘zbekiston tuprog‘idan olingan yuzdan ortiq qimmatbaho ruda namunalari, sohani rivojlantirishga bor iqtidorini sarflagan olimlar haqida ma’lumotlar va ularning ilmiy ishlari bayoni, kombinatni boshqargan barcha rahbarlarning hayoti va faoliyati, mehnat qahramonlarining yutuqlari, texnika-texnologiyalar taraqqiyotini yorituvchi foto-ko‘rgazmalar konchilik sanoatining rivojlanish bosqichlari bilan tanishtiradi.
– “XX-asr mo‘jizasi” deya e’tirof etilgan Muruntov ochiq konining chuqurligi 700 metrga yaqinlashgan, – deb ma’lumot beradi Akshagul opamiz. – Bo‘yiga besh, eniga esa uch yarim kilometrni egallagan Muruntov dunyoda oltin zaxirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda, qazib olish bo‘yicha esa to‘rtinchi o‘rinda turadigan juda yirik ochiq karerdir. Uchinchi zalimizda uning katta plandagi maketi joy olgan.
Ayniqsa, 270 tonnagacha ruda ko‘taradigan, g‘ildiragining o‘zi ikki qavatli uy kattaligidagi BelAZ mashinalari va boshqa bahaybat texnika vositalarining pultlashtirilgan kichik variantlari, ularning ishlash ko‘lamiga oid maket va manbalar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otishi tabiiy.
– Muzeyimizning ikkinchi zalida joylashgan majlislar zalida oliy o‘quv yurtlari jamoasi bilan hamkorlikda konferensiyalar, forumlar, uchrashuvlar o‘tkazamiz, – deydi suhbat yakunida Tulegenova. – Eksponatlar tez-tez yangilanadi, ya’ni, boyitiladi. Bu yerga xorijiy mehmonlar ko‘p kelishadi. Chunki qimmatbaho qazilma boyliklari, xususan, oltin jozibasi ko‘pchilikni o‘ziga jalb qilganidek, yurtimizning geologik tarixi ham ahli dunyoga qiziq.
Muhayyo RUSTAMOVA
“Jadid” gazetasining 2026-yil 15-maydagi 20-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



