Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.04.2024 | 09:43

img398

SULAYMON MULKINING MUHRI

Yaqinda maktablardan biriga borgan Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov o‘zini sinfxonaga taklif qilgan mutasaddilarga “darsni buzishga hech kim, hatto hokimning ham haqqi yo‘q” deb aytgan gapi ijtimoiy tarmoqlarda ancha qizg‘in muhokama qilindi. Mas’ul shaxsning maktab, muallim va o‘quvchiga nisbatan bunday hurmati e’tiborga loyiq, albatta. | Bu o‘rinda gap Navoiy shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi haqida ketmoqda. O‘tgan yilgi bitiruv­chilarining 64 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingani bu yerda ta’lim sifati ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.  Darhaqiqat, Navoiy viloyati o‘quvchi yoshlarning oliy ta’limga qamrovi ko‘rsatkichi yuqoriligi bilan ajra­lib turadi. Shahar markazidagi 8-maktab ham yosh avlodga ilm berishning o‘ziga xos uslublarini kashf eta olgan ustozlar jamoasiga ega dargoh bo‘lib, qa­riyb ellik yillik tarixga ega. Maktab binosi 1978-yilda 1570 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. 2020-yilga kelib esa bu yerga bilim olish uchun to‘rt mingdan oshiq o‘quvchi qatnay boshladi. Butun dunyoda hukm surgan pandemiya sharoiti tufayli qancha­dan qancha ishlarning to‘xtab qolganiga qaramay, mamlakat rah­barining tashabbusi bilan maktabga yonma-yon maydonda 630 o‘rinli zamo­naviy bino bunyod etildi va unga informatika va axborot texnologiya­larini chuqurlashtirib o‘qi­tish­ga ixtisoslashtirilgan maktab maqomi beril­di. E’tibordan va umuman olganda, sohadagi islohotlardan ruhlangan fan o‘qituvchilari o‘zlari­ning ustida yanada jiddiyroq ishlay boshladilar. O‘tgan 2022-23-o‘quv yilida ularning to‘rt nafari vazir ustamasini qo‘lga kiritdi. Bu yil esa yana ikki nafar o‘qituvchi o‘tkazilgan test sinovlaridan eng yuqori ballar to‘plab, shunga da’vogar bo‘lib turibdi. Shuningdek, matematika fani o‘qituvchisi O‘ktam Toshqulov xalqaro sertifikatni muvaffaqiyatli himoya qildi. – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchilar hur­­matini joyiga qo‘yish va moddiy manfaatdorligini oshi­rish borasidagi g‘am­xo‘rligi ustozlarning yuragiga o‘rnashdi. Natijada bizning jamoa­miz faoliyatida ham katta jonlanish, ishtiyoq paydo bo‘ldi, – deydi maktab direktori Foziljon Ro‘ziyev. – Maktabimizda 285 nafar o‘qituvchi ishlaydi. Ularning ko‘pchiligi hozir o‘n million so‘mdan ortiq oylik olishmoqda. Direktorning aytganicha bor, 8-mak­tab o‘qituvchilarining hech biri shun­chaki dars o‘tishni o‘zlariga ep ko‘r­maydi. Ular o‘z umrini, ko‘zining nurini, butun mehrini yoshlar tarbiyasiga baxsh etadilar. Bugun bu dargohda ishlayotgan yigirma nafardan ortiq o‘qituvchining “Xalq ta’limi a’lo­chisi” degan sharafli nomga ega bo‘lgani ham, albatta, shundan dalolat beradi. Ha, rag‘bat bor joyda o‘sish bor, rivojlanish bor. Bugun o‘qituvchi tajriba istab dunyo kezyapti. Boshqa mamlakatlarning ta’lim tizimini o‘rganyapti, o‘qitish uslubini solishtiryapti. 8-mak­tab o‘qituvchilari Sanobar Zaripova Malayziya va Hindiston mamla­kat­larida, Shahzoda Kamolova va Go‘zal Safarova Janubiy Koreyada malaka oshirib kelishdi. Bunday izlanishlar maktabda ta’­lim sifatini yana oshirishga xizmat qil­moqda. O‘tgan yili mazkur dargoh bitiruvchilarining 87 foizi oliy o‘quv yurt­lariga o‘qishga qabul qilingani bunga yorqin misoldir. Maktab bitiruvchisi Shohjahon Bahromov esa naq 385 ming dollar miqdorida grant yutib, dunyoning o‘n ikki mamlakatidagi oliy o‘quv yurtlaridan taklifnomalar oldi. Ayni paytda u AQShning Ogayo universitetida o‘qimoqda. Bu yilgi bitiruvchilarning 100 nafari allaqachon IELTS sertifikatlarini qo‘lga kiritgan. Toshkentdagi INXA universiteti shu maktabga biriktirilishi natijasida o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari­ga qiziqish­lari yanada kuchaygan. Shu bois bu yerda robototexnika to‘garaklari tashkil etilgan. Sport sohasida ham yutuqlar talaygina. Maktab o‘quvchilari taek­vondo sport turi bo‘yicha ko‘plab musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Shuningdek, o‘n­dan ortiq sport to‘garaklari ochilib, malakali trenerlar jalb qilingan. Yana direktorni suhbatga torta­miz. Uning maktab qo‘shimcha hi­sob raqamiga doir savollarimizga bergan javoblari ta’lim tizimining keyingi yillardagi yaxshi tomonga tub burilishlarini chizib berdi. Jumladan u shunday dedi: – Pullik shartnomalar asosida fanlarni chuqurlashtirib o‘qitadigan tibbiyot, iqtisod, huquq, jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilganmiz, – dey­di Foziljon Ro‘ziyev. – Mashg‘ulotlar darsdan keyin, ya’ni soat 14:00 dan 16:00 ga qadar onlayn va oflayn tarzda olib boriladi. Shu maktabda o‘qish-o‘qimasligidan qat’i nazar istagan yoshlar unda ishtirok etishi mumkin. Buning uchun har oyda atigi 125 ming so‘m to‘laydi. Shu tariqa bir o‘quv yilida 600 million so‘mdan oshiq pul maktab hisob raqamiga kirim qilinadi. Bu mablag‘ning teng yarmi eng yaxshi o‘qituvchilarning oylik maoshiga qo‘shimcha ustama sifatida to‘lab beriladi. Qolgan qismi maktabning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun sarf etiladi. Direktorning aytadigan gapi ko‘p. Ayniqsa, uning maktab o‘quvchilari har kuni darsdan oldin Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlarni kuylashi haqidagi so‘zlari menga qattiq ta’sir qildi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu – 8-maktabning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ga aylangan. Yoshligidan ona yurtini tarannum qilib, vatanparvarlik tuyg‘usini ko‘ngliga joylab ulg‘aygan inson kelgusida uning ravnaqi uchun astoydil xizmat qilishi shubhasiz. Maktab jamoasi to‘g‘ri yo‘lni tanlagan. Ta’lim bilan tarbiya birga olib borilsa, maqsadga eri­shish oson kechadi. Yaxshi tarbiya ko‘rgan bola, albatta, yaxshi o‘qishga ha­ra­kat qiladi. Mavlono Jaloliddin Rumiy deydiki: “Bilim Sulaymon mulki­ning muhridir, butun olam jasad­dir, ilm jondir”. Ha, bu o‘n sakkiz ming olamning joni – ilm. Mulki Sulaymonning muhri – ilm. O‘qimoq, o‘rganmoq, bilim dengiziga sho‘ng‘imoq har qanday xazinai sirga yetkazgay…

M.PIRNAFASOVA

“Jadid” gazetasi 2024-yil 29-mart 14-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img78

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593