12.04.2024 | 21:13
466
“MASJID GUMBAZLARI…” KIMNING FILMI?

1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloniga bag‘ishlangan “Masjid gumbazlari ostidan” nomli film 1927-yili suratga olingan. Filmdagi turli kadr-manzaralarni suratga olish jarayoni haqida “Yer yuzi” jurnalida B.H. imzosi bilan maxsus maqola hamda uchta surat e’lon qilingan. Maqola tarkibida ikki marta “Gertel” ismi tilga olingan. Xo‘sh, u kim? K.Gertel kinorejissyor, ssenariychi, rassom, siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan. Kazimir Gertel (1889—1938) 1926—1928-yillarda Moskvadan Toshkentga kino san’ati sohasida ishlash uchun taklif etilgan. U “Masjid gumbazlari ostidan” filmi bilan birga “Ravot qashqirlari” filmiga ham rejissyorlik qilgan. “Ravot qashqirlari” haqidagi maqolasida Abdulla Qodiriy ijobiy fikrlar bildirgan. Ayrim tanqidiy mulohazalarni ham aytgan. Kino uchun ssenariylarni milliy turmush tarzini biladigan o‘zbeklarning o‘zi yozishi kerakligiga, ya’ni “…mumkin qadar ssenariy yozuvchilarni o‘zbeklardan yetishtirish” lozimligiga urg‘u bergan. “Masjid gumbazlari ostidan” filmi ssenariysini Gertel va Valentina Sobberiy yozgan. Filmda Komil Yormatov, Rahim Pirmuhammedov kabi o‘zbek aktyorlari ham rol ijro etgan.
Quyida berilgan “Yer yuzi” jurnalining 1927-yili 30-sonida bosilgan kichik bir maqola o‘zbek kinosi tarixining bir sahifasini bo‘lsa-da, yoritishga yordam beradi, degan umiddamiz.
TAHRIRIYAT
1916-YIL
(O‘zbek davlat kinosi kartinalaridan)
Eski Turkiston o‘lkasining bir ko‘b shaharlarida maydon olg‘on 16-nchi yil ishchi voqeasi o‘zining qonli kunlari bilan mag‘mum (og‘ir – S.K.) sirlar qoldirg‘oni ma’lumdir.
16-yil – Chor hukumatining istibdodiga mahalliy xalqning chiday olmay, unga qarshi qo‘zg‘olg‘on yili.
Jizzaxning to‘pg‘a tutilishi, xalqining tog‘-toshlarg‘a haydalishi, yuzlarcha kambag‘al oilalarning uysiz-joysiz muntazir qolishi, xotin-qizlar, yigit-yalanglar, bola-chaqalarni unutilmas qayg‘ular bosishi va Toshkant kabi bir ko‘b shaharlarda qonli urinishlarning yuz ko‘rsatishi – hammasi 16-nchi yil alamli estaliklaridandir.
Mahalliy xalqning, ayniqsa, ishchi-dehqonlarning qon tomirlaridan joy olg‘on mana shu 16-nchi yil voqeasini bugun o‘zbek davlat kinosi kinokartinaga olishqa muvaffaq bo‘ldi. Maskav, Toshkant, Samarqand, Buxoro, Jizzax shaharlari bilan Urgut, Dahbet va boshqa qishloqlarda suratka olinib kelgan bu kartinaning 90 foizi hozir tamom bo‘lib qolg‘on. Bir oz bo‘limi o‘zbek davlat kinosining Eski shahar fabrikasi qoshidag‘i pavilo‘nda olinmoqdadir.
Tez kunlarda xalq ko‘ziga ko‘rinishi kutilgan bu kartinaning ko‘ruchilar orasida chuqur tuyg‘ular uyg‘otishig‘a ishonchimiz yo‘q emas.
Shuni ham unutmaylikkim, ro‘mon shaklida kinokartinaga oling‘on har bir voqea o‘zga hollarg‘a tadbiq etdirilib va turmush urinishlarining har bir burchagidan, tabiiy hodisalaridan o‘xshatmalar qo‘shilib, bir necha bo‘limlik kinoro‘mon, kinokartina lentasi holig‘a aylantiriladi.
Shunga o‘xshag‘on 16-nchi yil voqeasi… Voqeani bo‘lg‘onicha kartinaga olish bilan qolmasdan, uning sabablarini ochish yo‘lida ham harakat qilindi: istibdod hukumatining davlat tashkilotiga ishong‘on fabrika egalarining faoliyatlari, Ovro‘po muhorabasining kelib chiqishi natijasida chor hukumatining mustamlakalar ustida o‘ynog‘on o‘yinlari, zulmlari, vahshatlari va boshqa shunga o‘xshag‘on kayfiyatlar asosiy voqeaga aralashtirilib yuborilg‘on.
Chindan-da, ro‘mon shaklida kinokartinaga oling‘on har bir o‘zgarishning qo‘zg‘olonlarni, otish-o‘ldirishlarini, umumning ishtiroki bilan yuz ko‘rsatkan to‘polonlarini aynan – o‘zicha kartinaga olib ko‘rsatkanida: quruq sho‘not (shon-sharaf – S.K.) kino-jurnal yoki undan-bundan bo‘lib qoladi; o‘zgarish sabablarini, kelib chiqishlarini, natijalarini turmush urunishlaridan misollar bilan maxsus fo‘rmada maydonga otqonda, tilagimiz o‘rnig‘a kela qoladi.
16-nchi yil voqeasining kartinaviy tuzilish tomoni ham shu yo‘lda.
* * *
Kartina senariyasini tuzuchilar: Gertel va uning o‘rtog‘i bo‘lib, rejisso‘rlikni ham Gertel bajarib boradi.
Kartina “Machit gumbazlari ostidan” degan bir unvon ostig‘a kiritilgan. Bu mavzu ustida yozilg‘on maqola, asar, oling‘on kartinaning ruhoniylar hayotini tamsil etmagi lozim kelib qoladi. Holbuki, ular hayotidan bir asar kartinada topilmaydi. “Machit gumbazlari ostidan” degan bilan sharqni bildirmakchi bo‘lsalar, kartina umumsharq tarixini, sharq hayotini keng miqyosda ichiga olmaydi.
* * *
Kartinaning bir husni – ishtirok etkan ko‘bchilikning O‘zbekiston kambag‘al dehqonlari, ishchilari, xizmatchilari va ularning oilalari bo‘lishidir.
Urgut va Dahbet qishloqlarida uch minglab ishchi-dehqonlarning yuzlarcha ot-aravalar bilan atrof qishloqlaridan kelib qizg‘in harorat ostida soatlarcha, kunlarcha qatnashishlari favqulodda suyunarlik hollardandirkim, O‘zbekiston ishchi-dehqonlari orasida madaniy saviyaning qanchaliq o‘skanini ochiq ko‘rsatadir.
B.H.“Yer yuzi” jurnalining 1927-yil 30-sonidan
Sohiba KARIMOVA tayyorladi.
2024-yil 9 -fevral 7-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
107
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
618
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
614

