Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.05.2026 | 16:25

img1365

MATAL

“Keling, sizga bir matal aytib beraman”.

Xo‘sh, matal o‘zi nima va u qanday etimologiyaga ega?

Bu so‘z atoqli olim Shavkat Rahmatullayevning “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da, afsuski, mavjud emas, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da esa noto‘g‘ri izohlangan. Shu bois ushbu o‘rinda u haqda to‘xtalishni lozim deb bildik. Mana, izohli lug‘atning keyingi to‘ldirilgan nashrida unga berilgan izoh: “Matal – 1. Tugal ma’no ifodalamaydigan obrazli ibora, hikmatli so‘z (masalan, “qizil qor yoqqanda”, “tuyaning dumi yerga tekkanda”). 2. Qissa, masal”. Aslida, bu izoh lug‘atning 1981-yil nashrida ham aynan shunday, to‘ldirilgan nashrda unga faqat qavs ichida arab yozuvida (“matal”) so‘zi qo‘shilib, arabcha ekanligi ta’kidlangan.

Ammo arab tilida “mim”, “ta”, “lom” harflari bilan yoziladigan (“matal”) degan so‘z yoki “matala” degan fe’l yo‘q. Izohli lug‘atga manba sifatida tayangan ba’zi maqola va kitoblarda bu izoh boshqa xatolarni ham keltirib chiqarganligini ko‘rish mumkin. “Matal – bu folklor atamasi”, deyilibdi bir maqolada. Umuman, bu so‘zning kelib chiqishi, unga berilgan izohning mavhumligidan: “Matal” deganda aslida nimani tushunish kerak?” degan savolga berilgan javoblar ham mavhum.

“Matal” chindan ham arabcha etimologiyaga ega, faqat uning arabcha yozilishi “matal” emas, balki “masal”, ya’ni o‘rtadagi harf “ta” emas, balki – “sa” bo‘lib, u arabcha “masala” fe’lidan yasalgan va “masal” so‘zining “t” tovushi bilan talaffuz etilgan shakli, xolos. Tilimizda yana mazkur fe’ldan yasalgan “masala”, “misol”, “timsol”, “tamsil” kabi ko‘plab so‘zlar bor.

Shunday qilib, “masal” va “matal” aslida bitta so‘z, arab tili so‘zliklarida unga – misol, o‘rnak, namuna; maqol, ibora, masal (janr) kabi izohlar keltiriladi.

Xo‘sh, nima sababdan o‘zbek tiliga bu so‘z ikki xil: “matal” va “masal” shakllarida o‘zlashib, hatto ma’no jihatidan ham farqli so‘zlarga aylanib qolgan? Qiyoslang: “matal – frazeologik obrazli ibora, hikmatli so‘z”; “masal – kishilarga o‘git bo‘ladigan, xulosali, kichik majoziy hikoya, m: Krilov masallari”.

Bunday chalkashlikka olib kelgan narsa aslida bitta tovush, xolos. Gap shundaki, arab tilidagi “sa” tovushi o‘zbek tilidagi “s” tovushi emas. Arabshunos olim A.Abdujabborov o‘zining “Arab tili” kitobida bu tovushni shunday tushuntiradi: “sa” harfi – til uchi-yuqori va pastki tishlar orasi, sirg‘aluvchi, jarangsiz tovushni anglatadi. O‘zbek tilida bunday tovush yo‘q. Transkripsiya yoki xalqaro tovushlar alifbosida arabcha “sa” uchun – “θ” belgisi qabul qilingan va u inglizcha “thin” yoki “think” kabi so‘zlarda keladigan “th” tovushiga ham aynan mos keladi. Arabcha “sa” ham, inglizcha “th” ham o‘zbek tilidagi yumshoq “t” va “s” tovushlari oralig‘idagi tovush bo‘lib, u ko‘pgina tillarda mavjud emas, shu bois boshqa tillarda u ba’zan “t”, ba’zan “s” deb talaffuz etiladi. Misol uchun, arabcha “Usmon” ismi ham “sa” harfi bilan yoziladi. Musulmon davlatlarda, jumladan, o‘zbek tilida ham bu ism “Usmon” deb “s” tovushi bilan talaffuz etiladi. Ingliz va boshqa ovro‘pa tillarida bu ism dastlab “Othman” deb yozilgan va talaffuz qilingan. Ammo keyinchalik “Usmonlilar imperiyasi” degan atamada “th” tovushi “tt”ga aylanib, ingliz, fransuz va boshqa ovro‘pa tillarida “Usmonlilar Imperiyasi” – “Ottoman Empire” (fransuzcha: L’Empire Ottoman) deb aytiladi. Bu yerda “Ottoman” – aynan “Usmon”ning ovro‘pacha talaffuzidan hosil bo‘lgan.

Shu kabi o‘zbek tilida ham “matal”da arabcha “sa” ning “t”lashish hodisasi sodir bo‘lgan. Shuning uchun u tilimizda “qissa, masal” ma’nosida ko‘p ishlatiladi. Izohli lug‘atda Sadriddin Ayniyning “Qullar” romanidan bunga ushbu misol keltiriladi: “Qulmurodning mataldek bo‘lib eshitilayotgan dard-alamli hikoyasi ostida Shokir qachonlar uyqu daryosida g‘arq bo‘lgan edi”.

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasining 2026-yil 1-maydagi 18-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img33

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img311