Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.10.2025 | 09:03

img5922

UTUK

Xo‘sh, “utyug” turkiy so‘z ekan, nega uni tilimizga qaytarmaymiz? Nega adabiy tilda “dazmol” deb ishlatamiz? (“darzmol” – forscha: “darz”(“chok”) + “molidan” (“surtmoq, ishqalamoq”) so‘zlaridan). Vaholanki, eronliklarning o‘zlari uni “darzmol” emas, turklar singari, “utuv” (turkcha: “ütü”) deb atashadi. Hozirda deyarli barcha turkiy xalqlar (turk, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon, tatar, boshqird…, qisman tojiklar ham) utukni – “utuk” deydi va “utuklamoq” fe’lini qo‘llaydi. Rus tilida ham bu turkiy so‘zdan “utyujit” fe’li yasalgan.

Koshg‘ariy bobomiz “Devonu lug‘atit turk”da bu so‘zga juda yaxshi ta’rif bergan: öto‘k – andavaga o‘xshash temir (asbob) bo‘lib, uni qizdiradilar va kiyimning chok hamda baxyalarini va tuklarini bostirib silliqlaydilar”. Shuningdek, qadimda “utuklamoq” ma’nosida “ötidi” fe’li ham ishlatilgan, xususan “Devon”da unga shunday izoh beriladi: “ötidi – dazmol qildi. Ol tonug‘ ötidi – u to‘n (kiyim) choklarini temir (dazmol) bilan silliqladi (ötir, ötimäk)”.

“Utuk” so‘zining kelib chiqishi haqida gap ketganda ba’zan: “utuk” – “o‘t” (olov) va “yuk” so‘zlari qo‘shilishidan yasalgan, uning ichiga o‘t solingani (yuklangani) uchun shunday atalgan, degan yuzaki qarash ham quloqqa chalinadi. Bu fikrning noto‘g‘riligini “Devonu lug‘atit turk”da “o‘t” va “utuk” so‘zlarining yozilishidagi farqda ham ko‘rish mumkin. Xususan, “Devon”da “o‘t” so‘zi – (“o:t”) shaklida yozilgan, ya’ni “o‘” tovushi cho‘ziqroq, “öto‘k” va “ötidi” so‘zlari boshidagi “u” tovushi esa qisqa va yumshoqroq. Ehtimol, bu ikki so‘z (“o:t” va “öt-”) qachonlardir bir o‘zakdan o‘sib chiqqan bo‘lishi mumkin, chunki qadimgi “öt-” (“үt-”) fe’li – “silliqlamoq”, shuningdek, “olovda kuydirib tekislamoq” ma’nolariga ega bo‘lgan. “Devon”da “ötidi” fe’lining faqat “dazmol qildi” deb izohlanishi esa Koshg‘ariy zamonida bu fe’l faqat shu ma’noda ishlatilganini ko‘rsatadi.

“Devonu lug‘atit-turk”ning o‘zbekcha nashrida “utuk” so‘zi “öto‘k” shaklida transkripsiya qilingan. “Этимологический словар тюркских языков” lug‘atida bu so‘zning “үt-”, “үtү” shakli birlamchi, “öt-”, “öto‘” (unlilar biroz qalinroq) shakli ikkilamchi ekanligi aytiladi.

Shunday qilib, “utuk” so‘zi “silliqlamoq” ma’nosidagi “үtү” fe’liga (“yuk” so‘zini emas, balki) ot yasovchi “-k” qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan yasalgan (bitiK, etiK, egiK singari). Bu so‘zni hozirgi imloda ham “utuk” deb yozish to‘g‘ri bo‘ladi, chunki bu so‘z paydo bo‘lganda tilimizda singarmonizm, ya’ni birinchi va ikkinchi bo‘g‘inlardagi unlilarning uyg‘unligi, ohangdoshligi hodisasi mavjud edi (“Devon”dan keltirilgan “ÖtO‘k”da ham unlilar ohangdoshligi mavjud, ammo “o‘tik” deganda singarmonizm biroz buziladi).

Endi gapning indallosiga o‘tadigan bo‘lsak, aslida, hozir ham aksariyat o‘zbek lahjalarida, hududlarda “dazmol” emas, “utuk”, “utuklamoq” so‘zlari ishlatiladi. Aytaylik, Xorazmda “uttik” deyiladi, boshqa viloyatlardayam shunga o‘xshash. Faqat ba’zi shevalar ta’sirida o‘zbek adabiy tilida “dazmol” qabul qilingan. Ko‘pchilik uyida “utuk” so‘zini ishlatib, adabiy tilda gapirganda yo yozganda “dazmol” deyishga majbur. Shunday ekan, barcha turkiy xalqlar singari “utuk”ni adabiy tilga olib kirish o‘rniga, nega unga yotsirab qaraymiz? Aytaylik, yaqin o‘tmishda “tovar” so‘zini ham bir boshdan “mol”, “buyum”, “jihoz” kabi so‘zlarga almashtirish an’anasi mavjud edi, so‘nggi paytlarda “tovar” (aslida “tavar”)ning ham tilimizga qaytayotgani, ya’ni ba’zi o‘zbekcha hujjatlarda “mol”, “buyum” emas, “tovar” deb yozilayotgani kishini quvontiradi.

Keling, aziz do‘stlar, “utugimizni” ham tilimizga qaytaraylik, toki bu so‘z ham adabiy tilimizdan, lug‘atlarimizdan joy olsin. Agar ushbu fikrni ma’qul deb topgan bo‘lsangiz, uni bor-yo‘g‘i qo‘llasangiz kifoya. Tashakkur!

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasining 2025-yil 17-oktyabrdagi 42-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img35

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img311