Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.04.2024 | 10:43

img367

MEN O‘ZBEK O‘GʻLIMAN!

Germaniyaning mashhur “Bavariya” futbol klubi qaysi yosh o‘zbek futbolchisiga xaridor bo‘layotganidan xabaringiz bormi? Rossiya premyer-ligasida o‘tkazilayotgan “Yil kashfiyoti” tanlovida g‘oliblikka eng asosiy nomzod kimligini eshitdingizmi? Atigi yarim yil ichida transfer narxi o‘n karra oshgan azamat futbolchi kim? Ha, topdingiz, bu o‘zimizning Abbosbek Fayzul­layev! Bugun Sayxunobod tumanining Guliston mahallasida istiqomat qiladigan Qodirovlar oilasini tanimagan sirdaryolik yo‘q hisobi. Olti aka-ukaning og‘zibirligi, to‘y-ma’raka, ­yaxshi-yomon kunlarda bir-biriga yelkadoshligi ko‘pchilikning havasini keltiradi. Ularni bahamjihat qilgan mashg‘ulotlardan biri sport, aniqroq aytsak, bugun milliardlar o‘yiniga aylangan futbol sanalib, ayniqsa, xalqaro maydonlarda to‘p surayotgan terma jamoamizga butun oila jamul­jam bo‘lib ishqibozlik qilishadi. Ulardan biri Said aka Qodirov turmush o‘rtog‘i Gulchehraxon opa bilan to‘rt farzandni el havasidagi insonlar qilib voyaga yetkazdi. Katta o‘g‘il – noyob iste’dod sohibi bo‘lmish Abbosbekni bugun dunyo futbol muxlislari e’tirof etmoqda. O‘zbek yoshlarining fax-u iftixoriga, kattalarning umid-u ishonchiga aylangan Abbosbek ayni paytda 20 yoshda. U dastlab tumandagi 26-umumta’lim maktabida saboq olarkan, darsdan bo‘sh paytlari mahalladosh o‘rtoqlari bilan jamoa-jamoa bo‘lib futbol o‘ynardi. Boladagi ayricha iqtidorni payqagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Ibrohim Ummatov o‘sha payt­dayoq “Hali bu bola dunyoga dovrug‘i ketgan zo‘r futbolchi bo‘ladi”, deya bashorat qiladi. Abbosbekdagi bu sehrli sport turiga qiziqish kuchli ishtiyoqqa aylanib, butun fikr-u zikrini egalladi. Hatto kechalari oy yorug‘ida bir o‘zi mashq qiladigan, jarima to‘plarini murakkab vaziyatlardan darvozaga yo‘llash ustida ishlaydigan bo‘ldi. Gulchehra opa hayallab qolgan o‘g‘lini qayerdan topishni aniq bilardi. Bola­ning futbolga mehri bo‘lakcha ekanini payqagan tog‘asi uni Toshkentdagi “Paxtakor” futbol akademiyasiga yetaklab keldi. Endigina uchinchi sinfni tugatgan bolakay mashg‘ulotlarga muntazam qatnab, o‘zini tobladi, mashaqqatli yo‘ldan aslo chekinmadi. Bu yerda u o‘zbek futbolining afsonalaridan biri hisoblangan Mixail Anning farzandi Dmitriy An murabbiyligida maydonni ko‘ra bilish, to‘pni aniq nuqtaga yo‘naltirish, mo‘ljalni to‘g‘ri olish, chapdastlik, chaqqonlik, tegishli hududni himoyalash kabi futbol qoidalarini astoydil o‘zlashtirdi. Abbosbekda amaliy tajriba ko‘plab jamoaviy musobaqalarda ishtiroki orqali ortib bordi. Qobiliyat hammaga beriladi, lekin uni rivoj­lantirish har kimning o‘z qo‘lida. Inson hayotda qaysi sohada bo‘lmasin, yutuqqa erishar ekan, uning muvaffaqiyatlari zamirida iqtidori ustida tinimsiz ishlash zahmati yotadi. Abbosbek ana shu zahmat ortidan muxlisu mutaxassislar nazariga tushdi. Dastlab o‘smirlar, keyin yoshlar terma jamoasiga, so‘ng “Paxtakor” jamoasi­ning o‘rinbosarlari tarkibidan joy oldi. 2021-yilning 6-may kuni superligada “Paxtakor” jamoasi safida “Turon” klubiga qarshi o‘yinda debyutini namoyish qilgan bo‘lajak yulduz bir yil o‘tib, “Bunyodkor” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan bahsda raqib darvozasiga ilk golini kiritdi. 2023-yilda esa 19-20 yoshli futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida “eng yaxshi yosh futbolchi” degan e’tirofga munosib topildi va yoshlar terma jamoasining yetakchisi sifatida tan olindi. – Argentinada bo‘lib o‘tgan jahon chempio­na­tida muxlislar qatorida o‘g‘limning o‘yinlarini ko‘zimda yosh bilan tomosha qildim. Bolam­ning ortidan dunyo kezganim bir to‘lqinlantirsa, uning o‘yinini, har bir harakatini manaman degan futbol magnatlari kuzatayotganini o‘ylab o‘n karra hayajonlandim, – deydi Said aka. 2023-yilning yozida Rossiyaning dongdor SSKA klubiga 500 ming yevro evaziga o‘tgan mohir futbolchining hozirgi transfer narxi “Trans­fermarkt” portali ma’lumotiga ko‘ra, 5 million yevroni tashkil qilmoqda. Hamyurtimiz Rossiya premyer-ligasida yarim himoyachi sifatida muvaffaqiyatli o‘yin namoyish qilib, shu paytgacha 2 ta gol, 9 ta golga uzatma qayd etdi va ommaviy axborot vositalari hamda tomoshabinlar o‘rtasidagi so‘rovga asosan to‘rt oy ketma-ket jamoaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Muxlislar yoqimtoyiga aylangan Abbosbek Fayzullayevni sport sharhlovchilari “Yuzi yorug‘ bola”, deb ta’riflashadi. Darhaqiqat, istarasi issiq ham­yurtimiz maydonga tushsa, uning kutilmagan fintlari, driblinglari tufayli o‘yin fayzli tus oladi. Abbosbekning tirishqoqligi va mehnatsevar­ligi uning muvaffaqiyatlariga asos bo‘l­gani haqiqat. Qolaversa, futbolchining bir necha xorijiy tilda erkin so‘zlasha olishi, ravon nutqi, keng dunyoqarashi ham tahsinga sazovor. Futbolchining otasi Said aka irrigatorlik kasbini tanlab, shu sohada faoliyat olib borgan bo‘lsa-da, aytganimizdek, ashaddiy futbolsevarlardan. Terma jamoamiz ishtirokidagi g‘alabali o‘yinlar xalqimizga zavqu shavq bilan birga faxr-u ifti­xor ham baxsh etadi. Demak, futbol shunchaki sport emas, milliy g‘ururni shakllantiruvchi omillardan biri deb sanash mumkin. Ana shu tushunchalarni o‘g‘liga murg‘akligidan singdirgan Said aka ayni paytda Qatarda 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogi bahsini ham katta umid va ishonch bilan kuzatyapti. Abbosbek kuni kecha Rossiya chempionatidan Qatarga yetib kelib, jamoaga qo‘shildi. Musobaqani chorak final bahslaridan boshlashi kutilayotgan hamyurtimiz guruhning so‘nggi bosqich o‘yiniga ham ulgurib, Vetnam termasi ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi va shu tariqa Olimpiya terma jamoamiz guruh­da birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Abbosbek nafaqat jamoasi­ning, balki butun turnirning eng nomdor o‘yinchilaridan biri sifatida ishonchli o‘yinlari orqali jamoadoshlari bilan Vatanimizga Osiyo kubogi hamda Olimpiada yo‘llanmasi olib qaytishiga ishonamiz. Bo‘sh kelma, Abbos!

A.NURBOYEV,

“Jadid” gazetasi 2024-yil 26-aprel 18-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605