23.09.2024 | 14:58
427
“MEN YOLG‘IZ KUYLARMAN YAGONA TILIMDA”
“…Adabiyot o‘qituvchisining: “Turkcha adabiyotga uyg‘un til emas. Fors va arab kalimalarisiz turkcha she’r yozish mushkul”, degan gapi Temur Xo‘jaga og‘ir botadi.
Temur Xo‘ja bu alamli og‘riqni ko‘nglida olib yuradi. Va nihoyat, javob qaytaradi. Bu – “Sevgi so‘zlari”dir. To‘plamdan bir qatordan iborat she’rni aynan keltiraman: “Sochlarim oqardi, tong oqarmazmi?!”

Bu she’r zulmat haqida. Zulmatning zamirida esa zulm bor. Bir misra ham she’riyatni boyitishi, ko‘ngillarni zulmatdan forig‘ etib, yoritib yuborishi mumkin. Xuddi Fuzuliy zamonidan, Rauf Parfi diyoridan taralgan fig‘on kabi… “Vatan” tushunchasi ham zamondek, vaqtdek, ko‘ngildek murakkabdir…”
Yuqoridagi iqtibos asli o‘zbekistonlik, Buxoro Jumhuriyatining birinchi raisi Usmonxo‘janing o‘g‘li, o‘zbek adabiyotining xorijdagi fidoyi targ‘ibotchisi Temur Xo‘janing “Qamar – media” nashriyotida chop etilgan “Sevgi so‘zlari” she’riy kitobiga yozilgan so‘zboshidan olindi. Tarjimon va so‘zboshi muallifi – Yo‘ldosh Eshbek.
Biz ustoz Temur Xo‘jani nuktadon olim, jadid adabiyoti namunalarini ingliz tiliga o‘girgan mohir tarjimon, shuningdek, keng mushohadali muarrix va tilshunos sifatida bilardik. “Men Turkiston adabiyoti, she’riyatidagi eng buyuk uch siymo – o‘zbek shoiri Abdulhamid Cho‘lpon, uyg‘ur shoiri Abduxoliq Uyg‘ur va qozoq shoiri Mag‘jon Jumaboy o‘g‘li qalamiga mansub she’rlarni ingliz tiliga o‘girdim va ularni “Ozodlik va muhabbat to‘g‘risida: Ovrosiyo vodiylaridan lirika” deb nomlangan kitob holiga keltirdim. Uni yaqinda Amerikada chop etish niyatim bor”, deydi olim.
“Sevgi so‘zlari” she’riy to‘plami esa Temur Xo‘janing nazm borasida ham ajib ta’bi, kutilmagan ifoda uslubiga ega shoir ekanini tasdiqlaydi:
TILLANMOQ
Men yolg‘iz kuylarman
yagona tilimda
She’rlarimda
tillanurman men yolg‘iz…
SEVGAN
kishi qololmas yolg‘iz –
davomli biri bor ko‘nglida…
OQ
sariq yashil barcha tuslarni kirlatdik,
eng so‘ng navbat keldi faqat qoraga…
Kitobga so‘ngso‘z yozgan professor Adhambek Alimbekov ta’kidlaganidek, “Bu qisqa ignabarg she’rlarda muallif ko‘nglida borini qog‘ozga to‘kadi. Falsafiy fikrlarimi, hayotiy tajribadan kelib chiqqan xulosalarimi, qalb qatidagi sezimlarimi, qo‘yingki, o‘ziga munosib ko‘rganni o‘quvchiga ep ko‘radi. Va bu aytimlarini iddaosiz, zo‘riqishsiz do‘stiga dilini yorgandek bitadi”.
BORMI
Sinmagan bir ko‘ngil
Sindirilmagan
bir ko‘ngil bormi?
KAPALAK
Qo‘limga qo‘ngan kapalakdan
hayratdaman
Qanday sig‘mish ulkan
ko‘ngul buning ichiga?
Savolning ifoda tarzidagi samimiylik, shoirning dilidagini yashirmay, balandparvoz ohangda emas, suhbatlashayotgandek aytishi o‘quvchi e’tiborini tortadi.
Temur Xo‘ja bitiklaridagi yana bir jihat – fikrlashga undov. U sahroda qolgan kishi suvga qanchalik ehtiyoj sezsa, insonga ham fikr shunchalar kerakligini qiyoslarda uqtiradi.
She’rlarni o‘zbekchaga mahorat bilan o‘girgan Yo‘ldosh Eshbek so‘zboshisini shunday samimiy tilaklar bilan yakunlagan:
“…Yana 60–70–80-yillar she’riyatimizni o‘girish bilan targ‘ib etishingizni istayman. Chunki bu she’riyat vaqt to‘fonlariga bardosh bera oladigan she’riyatdir. Afsus, buni hali jahon bilmaydi. Lekin bu jahonni durustgina biladi. Yana biznikiga kelishingizni istayman. Butun Amerikani, butun Pokistonni mehmonga aytib kelishingizni istayman, bag‘rimiz keng – bepoyon Turkiston bu.
Kitobingizning muqovalaridagi go‘zal suratlar e’tibori va boshqa ulug‘ zotlar e’tibori ila bir tomchim to‘kildi:
Yuzing
soyasida
nur.
Buni Sizga bag‘ishladim. Zero, sog‘inchning yarmi oydir… Yarim esa-da, to‘la zulmat ichra to‘ladan to‘la, go‘zaldan go‘zalroqdir!”
“Sevgi so‘zlari” dilingizni, yo‘lingizni, uyingizni va o‘yingizni munavvar aylasin, aziz she’riyat va ma’rifat muxlislari.
Abdumurod TILAVOV,
filologiya fanlari nomzodi
“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 38-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
78
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
595
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
593



