Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


08.01.2025 | 16:50

img1280

Gabriel Garsia Markesning “Yolg’izlikning yuz yili” romanidan iqtiboslar

“Yolgʻizlikning yuz yili” – buyuk kolumb yozuvchisi Gabriel Garsiya Markesga Nobel mukofotini olib kelgan mashhur asar. Roman hozirgi kunga kelib ispan tilidan boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilinish boʻyicha Migel Servantesning “Don Kixot”idan keyingi oʻrinda turadi. Roman “moʻjizaviy realizm” deb nomlangan yoʻnalishda yozilgan. Bunga sabab, asarda noreal narsalar oddiy holday koʻrsatiladi.

Menga hozir ikkovimizning tirik ekanimizga ishonishning o‘zi ham kifoya.

Ular qayerda bo‘lishmasin, o‘tmish yolg‘on ekani hamda xotiraga qaytishning yo‘li yo‘qligini va eng telba, muqim muhabbat ham aslida bir lahzalik o‘tkinchi hodisa ekanini hech qachon esdan chiqarmaslikni uqtirdi.

Yarashish dami bir umrlik do‘stlikdan ham afzaldir.

Qachonlardur yosh bola bo‘lgansan; ichingda hozirgacha yashayotgan o‘sha go‘dak ovoziga quloq tutib turish kerak. Ichimizdagi o‘sha beg‘ubor bolani eshita olsak, ko‘zlarimiz yana porlay boshlaydi va hayot bilan aloqamiz uzilib qolmaydi.

Tezroq tug‘inglar, sigirlar, umr qisqa!

Osuda keksalik siri – yolg‘izlik bilan haqqoniy ittifoq tuzish.

Doimo sevishga arzigulik biror sabab topiladi.

Inson urushda his qiladigan holatni bittagina “qo‘rquv” so‘zi bilan tushuntirish mumkin bo‘lganida, nima uchun buni tushuntirishga juda ko‘p so‘zlar ishlatishimiz kerak?

O‘tmish – yolg‘on, xotira uchun ortga yo‘l yo‘q, o‘tgan bahor qaytmaydi, eng chidamli va aqldan ozdirar sevgi ham aslida shunchaki o‘tkinchi tuyg‘u.

Odam lozim paytda emas, balki o‘lishi mumkin bo‘lganida o‘ladi.

Adabiyotning odamlarni masxara qilish uchun о‘уlab topilgan eng yaxshi ermak ekanligi shu paytgacha uning miyasiga kelmagan edi.

Urushni boshlash uni tugatishdan ko‘ra osonroqdir.

– Kirmang, polkovnik, – dedi u. – Siz urushda qo’mondonlik qilasiz, o‘z uyimda esa men buyruq
beraman.

Garchand, maqtanishni xush ko‘radigan ayrim erkaklar shunday jozibali qiz bilan bir kecha bolish uchun jonlarini qurbon qilishga tayyorliklarini aytishsa-da, aslida ularning birortasi ham bunga jur’at etolmasdi.

Eng yaxshi do‘stim, bu – haligina o‘lgan odam.

Siz erkaklar juda g‘alatisiz-da, o‘zlaring butun umr ruhoniylarga qarshi kurashasizlar-u, lekin shunga qaramay, ibodatnoma sovg‘a qilasizlar.

Menga siyosatdan gapirma, bizning ishimiz – baliq sotish.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img123

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img633

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img628