Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.11.2024 | 14:12

img2350

Abdurauf Fitratning “Najot yo‘li” asaridan iqtiboslar

Borib-borib zamon o‘zgardi, sa’y-u harakatlar, ilmga bo‘lgan intilishlar susayib, talqinchilikka aylandi, “ijod qilmoq” (degan tushuncha) zararli va aloqasiz manzumalar chordevorida qolib ketdi. Fazl arbolari ham podshoh nomiga biror-bir yolg‘on qasida yozib peshkash qilmoqdan boshqa bir hunar topmadilar.

Biz turkistonliklar boshqa islomiy jamiyatlarga nisbatan dunyoi jahon parishonlikka tushib, yo‘limizdan adashganmiz, bu parishonlikning sababi nedur?

Ajabo, bu meros-u saodatning baland cho‘qqisidan qanday qilib tushib qoldik? Bu xususda o‘zimizning ulamolarimizdan so‘rasak, “kulli yavmin badtar”, “bu xohishi ilohiy” va “qiyomat yaqindir” degan gaplardan boshqasini aytmaydilar.

Bizning e’tiborsiz va xor-u zor ekanligimizning haqiqiy sababi o‘zimizning nosoz a’molimizdandir. O‘zimizni musulmon deb bilamiz-u, lekin muhim islom ahkomlarini tamoman tark qilganmiz.

Alloh bergan ne’matlarning eng buyugi AQLdir, shu aql odamlarni maxluqlar orasida mukarram va musharraf qilgandir.

Koinotning hayotdan iboratligiga hech shubha yo‘qdir. Hayot bo‘lmasa, boshqa biror narsa ham bo‘lmaydi. O‘zi koinotning asl binosi ham hatdir.

Din nima? Din axloqiy hukmlardan iborat bo‘lib, o‘z tobelarini “saodati dorayn”, ya’ni ikki dunyo saodatiga yetkazadi.

Mamlakatimizda ikki guruh baxtsiz odamlar borki, harakatlari tanqid va tanbehga sazovordir. Birinchi guruh hayotlarining maqsadlari deb, yeb-ichishni biladilar, ular bir luqma taom va tadigan joy uchun insoniy vazifalarini eslaridan chiqaradilar.
Ikkinchi guruh shunday jamoaki, hayot g‘oyasini faqat oxirat saodati deb biladilar, bu dunyo saodatiga erishish uchun hech qanday harakat qilmaydilar, balki bu dunyo saodatini kofirlarga xos deb biladilar, boshqacha qilib aytganda, dunyoni kofirlar jannatiyu musulmonlar do‘zaxi deb biladilar.

Biz turkistonliklar sustligimiz, tanballigimiz, ishbilmasligimiz, nodonligimiz, tajribasizligimiz, qisqasi, dunyoda qancha noshoyista sifatlar bo‘lsa, hammasi “tavakkal” deymiz.

Tavakkal ham amal bilan birgadir, harakatsiz tavakkal ham harakatsiz duoga o‘xshab foyda bermaydi.

Vijdon amri nimada? Bu – kishilarning o‘zlariga yuklangan vazifa va majburiyatlarini zamon va o‘ringa qaramay vijdonan va sidqidildan bajarishlaridir.

Vazoyifi nafsiya – bu insonni muhofaza etish va taraqqiy topishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalardir.

Taajjublisi shundaki, o‘sha zamonda Buxoro olimlari bu ulug‘ Imomni (Imom Buxoriy) kofir deb hisoblaganlar, Imom janoblari Samarqandga kelib qayg‘u va alam bilan vafot etganlar.

Odamlar tabiatan jamiyat bo‘lib yashashga majburlar. Barcha mamlakatlar, millatlar, hukumatlar shu tabiiy qonun natijasida maydonga kelgandi.

Hayotimiz kasalmand odamning hayotiga o‘xshaydi. Kun sayin jismimiz zaif va qonimiz kamayib bormoqda. Shu holda biron-bir bilimdon tabib oldiga borib doru-darmon olmasak, bugun yoki erta o‘lim topishimizga shubha yo‘q.

Tijoratu ziroat, fabrikalar qurish, poyezd yasashni o‘rganish din va e’tiqodga hech aloqasi yo‘q.

Tabiiy ilmlar diniy e’tiqodlarimizni ham kamol darajasiga ko‘taradi.

Insonning har bir qilgan ishi, albatta, bir muhokamaning natijasi bo‘ladi, hech bir ahd, hech bir ish muhokamasiz ijro etilmaydi.

Avvalo, millatning manfaati uchun harakat qilmagan odam oxirat saodatiga erisha olmaydi!

Islom uzrsiz, sababsiz gadoylik qilishni harom qilgan, uzri bo‘lmagan gadoylarga pul berishni man qilgan.

To‘yda bir haftalab taom berish, choponlar kiygizish, faqat boylarga xabar berib, kambag‘allarni mahrum qilishning hammasi hazrati Payg‘ambar sunnatlariga zid ekan.

Uylanishdan maqsad nav’iy mavjudiyatni davom ettirishdan iboratdir, ya’ni inson nomini boqiy qildirishdir. Biroq bunga xotin olish har kimga oson bo‘lgandagina erishish mumkin. Ammo bizning mamlakatimizda uylanish shu qadar qiyinki, bu xayrli ishni har kim ham orzu qilavermaydi.

Hayotimizning mushfiq mudiri, axloqimizning muhofazasi bu ayollardir.

Bizning allarimizga qilayotgan muomalamiz islom ta’limotiga butunlay ziddir. Odamlar o‘z hayvonlariga ravo ko‘rmagan jabru zulmni biz ayollarimizga qilamiz. Yer yuzida eng beqadr maxluqlar bizning mamlakatimizdagi ayollardir.

Men shuncha gapdan keyin sizlarning fikringiz o‘zgarishini va zulmni tark etishingizni orzu qilaman.

Jadid maktablarida bolalar uchun ilmiy yo‘naltirilgan o‘yinlar joriy qilingan. Bolalarni doim o‘yindan man qilib, kaltak zarbida qoldirishning zararidan bolaning jisman rivojlanishi susayadi.

Ajabo, dinimiz bir, qiblamiz bir, Payg‘ambarimiz bir, Xudoyimiz bir bo‘lsa, shuncha mazhabga nima hojat bor? Nega ularning har biri boshqasini kofir sanaydi?

To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiluvchilarga rahmat va maqtovlar bo‘lsin! Omin!

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596