29.03.2026 | 12:40
2470
MIJJA QOQMOQ
“Mijja” (mija, muja; forscha: mo‘je) so‘zi fors-tojik tilida – “kiprik”, uni o‘zbek tilida asosan – “mijja qoqmoq” iborasida qo‘llaymiz. Ammo unga mumtoz adabiyotda, she’riyatda nisbatan ko‘proq duch kelamiz.

Masalan, Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonidagi bir baytda shunday yozadi:
“Mengizlari gul-gul, mijalari xor,
Qabog‘lari keng-keng, og‘izlari tor”.
Bundan tashqari, she’riy asarlarda “mija”ning ko‘pligi – “mijgon” (“mujgon”) ham ko‘p uchraydi. “Mijgon” so‘zi fors-tojik tilida asosan otlarga qo‘shiladigan “-on” ko‘plik qo‘shimchasi vositasida yasalgan. Ma’lumki, “-on” qo‘shimchasi “a” tovushi bilan tugagan otlarga qo‘shilganda “g” harfi orttiriladi, misol: “bacha-g-on”, “zoda-g-on”, “hoja-g-on”, “muja-g-on”. Tojik tilida ham “mijgon” (“mujgon”) so‘zi badiiy bo‘yoqqa ega, so‘zlashuvda esa ko‘proq “-ho” ko‘plik qo‘shimchasi ishlatiladi: “mijjaho”.
Qizig‘i shundaki, “mujgon”ning o‘zi ko‘plikda bo‘lsa-da, o‘zbek tilida unga ba’zan “-lar” ko‘plik qo‘shimchasi ham qo‘shiladi. Misol uchun Gulxaniy bir baytida: “Qatl etarga mijgonlar chekti tig‘i uryonlar”, desa, Habibiy: “O‘ynab-o‘ynab ko‘nglim oldi mujgonlaring”, deb yozadi.
Og‘zaki nutqimizda ko‘p ishlatiladigan “mijja qoqmoq” iborasi esa “ko‘z yummaslik; uxlamay, bedor yotish; biror narsaga diqqat bo‘lish” kabi ma’nolarni bildiradi. Misol: “ertalabgacha mijja qoqmay chiqdim” – “ertalabgacha kiprik qoqmay, ya’ni uxlolmay chiqdim”, “mijja qoqmay tingladim” va hokazo.
Abduvohid HAYIT
“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-martdagi 11-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324

