15.07.2025 | 16:16
2389
SABZ – YASHIL, SABZIRANG-CHI?
“Sabz” so‘zi fors tilidan kirib kelgan o‘zlashma so‘z bo‘lib, uning o‘zagidan yasalgan bir qancha so‘zlar o‘zbek tilida faol ishlatiladi. Masalan: sabzi, sabza, sabzirang, sabzavot, sabz urmoq kabi so‘zlar tilimizda keng qo‘llaniladi.

“Sabz” – asosan yashil, yashil rangli, g‘o‘r, yangi, yosh ma’nolarini bildiradi. Ba’zi hollarda bu so‘z bug‘doyrang yoki qoramag‘iz tusni ifodalashda ham ishlatilgan. Adabiy manbalarda “sabzak” shaklida ham uchraydi. Alisher Navoiy “Xamsa”sida shunday keltiriladi:
O‘zi sabz-u tabassumi shakarin,
Xushdurur sabz gar erur shirin.
(Hayrat-ul abror, 46-1)
“Sabzi” – sabzavotlar turiga mansub mahsulot. Tilimizda bu so‘z oshko‘k ma’nosida ham ishlatiladi. “Sabzavot” – “sabza” so‘zining ko‘plik shakli bo‘lib, poliz va rezavor ekinlar, ularning ovqatga ishlatiladigan qismi ma’nosini bildiradi.
“Sabzirang” esa bugungi o‘zbek tilida to‘q sariq rang ma’nosida tushuniladi. Aslida esa bu so‘z tarixiy jihatdan sabzorang, sabzrang shaklida kelib, yashil rangni anglatgan. Bunday ifodani mumtoz adabiyotda ham uchratish mumkin:
Yana birning maqomi xazrorang,
To‘ni axzar, uzori sabzorang.
(Sab’ai Sayyor, 912)
Bu misrada uch so‘z – “xazrorang”, “axzar” va “sabzorang” – barchasi yashil rang sinonimi sifatida qo‘llangan. Ammo bugungi kunda “sabzirang” deyilganida, sabzining tashqi ko‘rinishi, ya’ni to‘q sariq rang nazarda tutiladi. Demak, so‘zda semantik siljish ro‘y bergan.
Semantik siljish degani bu – so‘zning asl ma’nosi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, boshqa ma’no kasb etishidir. “Sabzirang” so‘zida ham aynan shunday: dastlab, u yashil rangni bildirgan. Keyinchalik xalq tilida sabzavot – sabzi po‘stlog‘i rangi bilan bog‘lanib, to‘q sariq rang sifatida ishlatila boshlagan. Bu kabi so‘zlarni o‘zbek tilida ko‘plab uchratish mumkin.
Iroda RAHMONALIYEVA
“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-iyuldagi 28-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
104
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



