Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.11.2024 | 14:38

img465

MUQADDAS BURCH

Yana xayol uzra tashbehlar xil-xil,
Bir payg‘om vasliga talpinar dadil.
Ilhom parisining xushxabaridan
Sarxush sandug‘ochday yayramoqda dil –
O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan!

Asrab na’rasini, yangroq sasini –
Qadim Xorazmning xazinasini,
Ikki yarim, uch ming yillar naridan
Opichlab Avesto dafinasini,
O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan!

Bir qanot – Alpomish, bir qanot – Shiroq,
Bir yon – Alp Er To‘nga, yengilmas tuproq.
O‘t olib mangulik samandaridan,
To‘marislar qalbin yoritgan chiroq –
O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan!

Akif BAGʻIROV

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga rasmiy tashrifi davomida ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag‘irovni qabul qildi.

Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Akif Bag‘irov Nahichevanda tug‘ilgan, ammo taqdir taqozosi bilan uzoq muddat O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan. Ozarbayjon xalqini o‘zbek adabiy muhiti bilan yaqindan oshno qilishda fidoyilik ko‘rsatib kelmoqda. Shoir ko‘plab o‘zbek ijodkorlarining asarlarini ozarbayjon tiliga o‘girgan. U xalqimizning shonli tarixi va O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi yutuqlari, shu jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlardan ilhomlanib yozilgan “O‘zbek kelayotir” qasidasi bilan ham mashhurdir.

Uchrashuvda Akif Bag‘irov yuksak hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida Prezidentimizga o‘zi ozarbayjon tilida tayyorlagan “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobini taqdim etarkan, o‘z hissiyotlarini shunday bayon qildi:

– Bu kitobni tarjimon sifatida sizga yetkazishni burchim deb bildim. Shuni aytishim kerakki, muhtaram janob Prezident, ushbu kitobning chop etilishida Ozarbayjon ziyolilari tashabbus ko‘rsatgan. Ozarbayjon ziyolilarining orzu-istaklarini aynan yetkazyapman sizga. Sizning ma’naviyat bilan, ma’rifat bilan, yurtning o‘tmishi bilan bog‘liq chiqishlaringiz joy olgan ushbu kitobning chop etilishini ko‘plab ziyolilarimiz intiq kutishdi. Muhtaram janob Prezident, toki jonimda jon bor ekan, O‘zbekistonni ham, Ozarbayjonni ham, jumladan, ikki xalqning qarindoshligini, do‘stligini, tinch-totuvligini kuylashni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman.

O‘z muxbirimiz

“Jadid” gazetasining 2024-yil 15-noyabrdagi 47-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324