Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.07.2026 | 14:57

img993

“MUQADDAS MASKANIM – JANNATMONAND SO‘X!”

O‘zbekistonning xushmanzara, bahavo, tog‘ yon bag‘rida joylashgan tumanning odamlari saxovatpesha, mehnatkash va bag‘rikeng.

Shavkat MIRZIYOYEV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

YANGI HAYOT NAFASI

Insonning dunyoqarashi, tafakkuri va turmush tarziga ta’sir ko‘rsatadigan, ona Vatanga muhabbati hamda hayotbaxsh islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltiradigan yangilanishlar jarayoni o‘ziga xos tarixiy davrdir. Bu kabi ezgu orzu-maqsadlarga qanot bo‘luvchi, ertangi kunga ishonchni mustahkamlovchi ne’matning nomi – hurriyat, tinchlik, obodlik va farovonlik hisoblanadi.

Tarix va taraqqiyot o‘zaro mushtarak keladigan So‘x tumanida ham so‘nggi o‘n yillik vaqt – alohida bir davrga aylandi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Bu go‘zal go‘sha mamlakatimiz hayotining jo‘shqin oqimidan aslo chetda emas, shuning uchun ham, tarix so‘qmoqlaridan mardonavor o‘tib kelayotgan So‘x va so‘xliklar uchun yangi hayot nafasi – Yangi O‘zbekiston yutuqlari behad qadrlidir.

Tuman ahli keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning e’tibor va rag‘batini har qachongidan ham kuchli, teranroq his etib yashamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “So‘x tumanini 2026–2028-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud zaxira va imkoniyatlarni ishga solish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ana shu yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi yana bir namunasi bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, So‘xda yangilanish, taraqqiyot va yuksalishning yangi bosqichini boshlab berishga xizmat qiladigan ushbu huquqiy hujjat har bir oila va mahallaga, har bir so‘xlikning qalbi va tafakkuriga yangi hayot falsafasini olib kiruvchi hayotbaxsh dastur, g‘ayrat-shijoat baxsh etuvchi muhim dasturilamal, yangi imkoniyat va imtiyozlarning yorqin kafolatidir. Davlatimiz rahbari joriy yilning 9-aprel kuni So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda barcha mas’ullarga bu boradagi eng ustuvor vazifalarni belgilab bergan edi. Bularning barchasi mazkur qarorda o‘z ifodasini topgan.

El-yurt istiqboliga xizmat qiluvchi qaror ijrosi barcha yo‘nalishlarda keng qamrovli ezgu tashabbuslarni hayotga tatbiq etishni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, turizmni tumanning yangi drayveriga aylantirish maqsad qilingan. Shu asosda So‘x daryosining markazga tutash 5 kilometrlik qirg‘og‘ida fayzli go‘shalar ish boshlaydi. “Sarikanda”, “Ravon”, “Sharqobod” mahallalaridagi 176 gektar maydonda master reja asosida 720 milliard so‘mlik investitsiyalar hisobiga zamonaviy kurort-sog‘lomlashtirish majmuasi bunyod etiladi.

Navqiron avlod uchun xorijiy tillar va IT kurslari, zamonaviy kutubxonani o‘zida jamlagan “Yoshlar markazi” barpo etilishi farzandlarimiz kelajagi uchun eng muhim investitsiyadir. Tumanda tibbiy turizmni rivojlantirish maqsadida tibbiy xizmatlar klasteri tashkil etish va xorijdan malakali mutaxassislar jalb etilishi aholi salomatligi va daromadi barqarorligini parallel ta’minlashga xizmat qiladi.

Islohotlar jarayonidagi izchil sa’y-harakatlar tufayli qishloq xo‘jaligi ilg‘or agrotexnologiyalar, ilm-fan yutuqlari asosida rivojlanadi. Tarmoqda an’anaviy dehqonchilik innovatsion yondashuv bilan boyitiladi. Bu borada amaliy ishlar boshlangan bo‘lib, hozirda “Qayroq” massivida “Namangan-Agro Star” MCHJ tomonidan 425 gektar maydonda sanoatlashgan intensiv bog‘lar barpo etilmoqda.

“Chashma” mahallasida esa 25 gektar yerda za’faron yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Shu tariqa, jahon bozorida yuqori baholanadigan ziravorlardan birini yetishtirish orqali yaqin istiqbolda tumanni yuqori qo‘shilgan qiymatli ekinlar hududiga aylantirish imkoniyati yaratiladi. Shu bilan birga, “Qayroq”, “Javpaya” va “Tul-dasht” hududlarida ming gektar yerda serhosil rezavor, o‘rik, olxo‘ri bog‘lari hamda dorivor o‘simliklar yetishtirish boshlanadi. Bu ish malakali mutaxassislar ko‘magida ado etiladi.

Yangilanish transport-logistikasiz bo‘lmasligi sababli, bu yo‘nalishda ham katta qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan. Xususan, endilikda “Cessna-208 Caravan” va L-410 turdagi havo kemalari orqali muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi – so‘xliklar uchun unutilmas tuhfa, ulkan shodiyonadir. Buning uchun 13 gektar qo‘shimcha yer ajratilib, uchish-qo‘nish maydoni va yo‘lagi kengaytiriladi.

Chegara o‘tkazish punktlarida ro‘yxatga olish darchalari soni ikki baravar oshiriladi. Natijada yurtdoshlarimiz va mehmonlar harakatining tez hamda qulay bo‘lishi ta’minlanadi.

Albatta, aniq rejalar aniq moliyaviy manbalarga asoslanadi. Tumanga 2026–2028-yillarda davlat byudjetidan 588 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Shundan ijtimoiy soha obyektlariga – 231 milliard, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga 357 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Xususan, ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 150 kilometr tarmoq va 12 ta suv inshooti qurilishiga – 120 milliard so‘m, 94 kilometrlik yo‘llarni qurish-ta’mirlash hamda 1 ta ko‘prik qurilishiga – 134 milliard so‘m, daryo qirg‘oqlari va sel yo‘llarining 36,2 kilometr qismini ta’mirlashga – 103 milliard so‘m, 11 ta mahalladagi 52,3 kilometr elektr tarmog‘ini rekonstruksiya qilishga 20 milliard so‘m ajratiladi. 2026-yilning o‘zida ichimlik suvi, elektr tarmoqlari, avtomobil yo‘llari hamda oqova suv tarmoqlarini yaxshilashga 100 milliard so‘m mablag‘ moliyalashtiriladi.

Shu o‘rinda alohida e’tirof etish kerakki, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida So‘x daryosida qiymati 40,8 million dollar, quvvati 15 MVt (yillik o‘rtacha ishlab chiqarish quvvati 50 mln kVt/soat) bo‘lgan So‘x GES  qurilishi bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Buning natijasida tumandagi 20 mingdan ortiq xonadon barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Muxtasar aytganda, So‘x tumanidagi bugungi o‘zgarishlar hayratomuz va asrlarga tatigulik. Yil yakunida tumanni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingani esa barcha jabhalardagi ezgu harakatlarimizga kuch-quvvat baxsh etadi.

Mushtarak maqsadlarimiz bitta, u ham bo‘lsa, So‘x tumani har jihatdan obod va farovon bo‘lib, yangi kun – yangi istiqbolga birgalikda peshvoz chiqishdir. O‘zaro hamfikr, hammaslak bo‘lsak, hamjihatlikda ishlasak, bu orzularimiz, albatta, ijobat bo‘ladi.

* * *

O‘tgan haftada muhtaram Prezidentimiz raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tganidan xabardorsiz. Davlatimiz rahbari yig‘ilishda samimiy va qat’iy fikrni ta’kidladi: “Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat – mas’uliyat va tashabbuskorlik”.

Bu so‘zlar barcha tarmoqlar uchun tegishli, deb o‘ylayman. Mas’uliyat va tashabbuskorlik bugungi qaltis zamonda nafaqat rahbarlarning, balki har bir o‘zbekistonlikning maslagi bo‘lishi kerak. Bu borada Mo‘ynoq yo So‘x, Denov yoki Zarafshon, Shohimardon yoxud Samarqand degan tafovut yo‘q. Ana shunda, jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shiorida yangrayotgandek: “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Saidbahrom SAIDMUSAYEV,
So‘x tumani hokimi

“Jadid” gazetasining 2026-yil 24-iyuldagi 30-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600