25.12.2024 | 14:38
259
Mustafo Cho‘qayning Berlindagi turkistonlik yoshlarga murojaati
Bugungi kunda Turkiston bo‘linmas va ayrilmas o‘lka bo‘lib, u yerda yosh hukumat hokimiyati oltita respublikaga bo‘lingan.

Odamlarning qoni bir, tili bir, dini bir, maqsadi bir. Turkistonning maqsadi ozodlik, milliy hukumat tuzish va o‘z-o‘zidan hukumat sifatida mustaqil bo‘lishdir. Bu ish uchun xalq anchadan beri kurashib keladi. Umidimiz katta, yurtimiz kelajagiga ishonamiz.
Ayniqsa, Turkiston yoshlari bu maqsadga erishish uchun kurashmoqda. Maqsadimiz faqat Turkiston emas, balki butun turk mintaqalari, butun turk xalqlari do‘st bo‘lib, o‘zaro birlik va qardoshlik hosil qilish, tashqi dushmanlarga qarshi o‘z kuchimizni va hukumatimiz qudratini namoyon etishdir. O‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishib, talablarimizni qondirishimizga katta va mustahkam ishonchimiz bor.
Olislarda yurib yurt dardini o‘ylayotgan, olislarda yurib yurt g‘amxo‘rligini o‘ylab Yevropani kezayotgan Turkiston yoshlari birlashing!
Birligingiz, bir-biringizga kuch-quvvatingiz yurtimiz baxtiga xizmat qiladi. Buni unutmang! Barchamizning kelajagimiz vatanimiz, zaminimiz Turkiston bo‘ladi. Turkiston uchun jon fido qilish barchamiz uchun bir maqsad, bir muqaddas burch sanaladi. Shuni unutmang.
Turk xalqi – botir xalq, turk xalqi – sher kabi dovyurak xalq!
Bu naqlni unutmasligimiz kerak. Hammamiz bir bo‘lsak, yengilmas dushmanimiz bo‘lmaydi.
Biz maqsadimizga erishamiz, maqsadsiz bizga kun yo‘q. Ayro bo‘lmaslik uchun kuchlarni birlashtirib, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Bunday chorasiz kunlarimiz qorong‘i bo‘ladi, halok bo‘lamiz. Shuni unutmang.
1936-yil
Abai.kz saytidan olindi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



