13.04.2024 | 07:31
517
MUXTORIYAT

Turkiston muxtoriyati…
Temur hoqonining chin bolalari yoninda, turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan ug‘urli, mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so‘zni borlig‘iga ishonmayman.
Turkiston turkning qonini qaynatuvchi, imonini yuksaltguvchi bir quvvat bor esa yolg‘uz shu so‘zda bordur: Turkiston muxtoriyati!
Elli(k) yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo‘limiz bog‘landi; tilimiz kesildi, og‘zimiz qopondi, yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumuruldi, nomusimiz g‘asb qilindi, huquqimizg‘a tajovuzlar bo‘ldi, insonligimiz oyog‘lar ostig‘a olindi, to‘zimli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyrug‘ga bo‘yunsundik, butun borlig‘imizni qo‘ldan berdik. Yolg‘iz bir fikrni bermadik, yashunturdik, imonlarimizga avrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!
Mahkama eshiklaridan yig‘lab qaytganda, yoruqsiz turmalarda yotganda, yirtg‘uvchi jandarmaning tepgusi bilan yiqilg‘anda, yurtlarimiz yondurulg‘anda, dindoshlarimiz osilg‘anda ongimiz yo‘qoldi, miyamiz buzuldi, ko‘zimiz yog‘dusiz qoldi, biror narsani ko‘ralmadik. Shul chog‘da, tushgun ruhimizni ko‘tarmak uchun shul qop-qorong‘u dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab tura edi. Biror narsaga o‘tmagan ko‘zimiz shuni ko‘ra edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!
Biz aniq bila edikkim, zolim Nikolay hukumati qancha yasharsa yashasun, adolat oshiqi bo‘lg‘an… rus demokratiyasi, haqg‘a tayang‘an bir inqilob chiqarib, har millatning o‘z haqlarini qaytarur.
Inqilob bo‘ldi. Rusiyaning “qo‘shma xalq jumhuriyati” usuli bilan idora etiluri jarlandi (e’lon qilindi). Shul e’lon uzra yasalg‘an Ukraina, tatar va boshqa millatlar muxtoriyatlari tasdiq etildi. Ko‘nuq (navbat) Turkistonniki edi. Turkistonning tarixi xonbaliqlarindan (poytaxtlaridan) ikkinchisi bo‘lg‘an Xo‘qand shahrinda to‘plangan Turkiston qurultoyi 27-noyabrning (milliy laylatulqadrimiz bo‘lg‘an) yarim kechasinda Turkiston muxtoriyatini e’lon qildi.
Lekin shunisi borkim bir millatning muxtoriyati yolg‘uz bir syezdning e’loni bilan tamom bo‘lmas. Muxtoriyatni olmoq va saqlamoq kerakdur. Syezd o‘z ishini qildi. Qolganlari butun millatning vazifasidur. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim. Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha kerakdur. Bunlarni millat hozir qilsun.
FITRAT “Hurriyat”,1917-yil, 5-dekabr.
2024-yil 16-fevral 8-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583



