Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.12.2024 | 10:46

img2098

MUXTORIYAT – MILLIY LAYLATUL QADRIMIZ

1917-yilning 27-noyabr tongi jadidlar ko‘nglidagi ozodlik g‘oyalarining shu’lalaridan yorishdi. Kechga borib, Qo‘qon shahrida yig‘ilgan Turkiston qurultoyi milliy ozodlik kurashi yo‘lidagi eng muhim amaliy qadamlardan birini qo‘ydi – Turkiston muxtoriyati rasman e’lon qilindi.

Turkiston muxtoriyati… Temur hoqonning chin bolalari yoninda, turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan ug‘urli (xosiyatli), mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so‘zni borlig‘iga ishonmayman.

Turkiston turkining qonini qaynatuvchi, imonini yuksaltguvchi bir quvvat bor esa yolg‘uz shu so‘zda bordur: Turkiston muxtoriyati!

Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo‘limiz bog‘landi; tilimiz kesildi, og‘zimiz qopondi (yopildi), yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumuruldi, nomusimiz g‘asb qilindi, huquqimizg‘a tajovuzlar bo‘ldi, insonligimiz oyog‘lar ostig‘a olindi – to‘zimli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyrug‘ga bo‘yunsundik, butun borlig‘imizni qo‘ldan berdik. Yolg‘iz bir fikrni bermadik, yashunturdik, imonlarimizga avrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!

Mahkama eshiklaridan yig‘lab qaytganda, yorug‘siz turmalarda yotganda, yirtg‘uvchi (yirtqich) jandarmaning tepkusi bilan yiqilg‘anda, yurtlarimiz yondurulg‘anda, dindoshlarimiz osilg‘anda ongimiz yo‘qoldi, miyamiz buzuldi, ko‘zimiz yog‘dusiz qoldi, biror narsani ko‘ralmadik. Shul chog‘da, tushkun ruhimizni ko‘tarmak uchun shul qop-qorong‘u dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab tura edi. Biror narsaga o‘tmagan ko‘zimiz shuni ko‘ra edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!..

Inqilob bo‘ldi. Rusiyaning “qo‘shma xalq jumhuriyati” usuli bilan idora etiluri jarlandi (e’lon qilindi). Shul e’lon uzra yasalg‘an Ukraina, tatar va boshqa millatlar muxtoriyatlari tasdiq etildi. Ko‘nuq (navbat) Turkistonniki edi. Turkistonning tarixiy xonbaliqlarindan (poytaxtlaridan) ikkinchisi bo‘lg‘an Ho‘qand shahrinda to‘plangan Turkiston qurultoyi 27-noyabrning (milliy laylatulqadrimiz bo‘lg‘an) yarim kechasinda Turkiston muxtoriyatini e’lon qildi.

Lekin shunisi borkim, bir millatning muxtoriyati yolg‘uz bir s’yezdning e’loni bilan tamom bo‘lmas. Muxtoriyatni olmoq va saqlamoq kerakdur. S’yezd o‘z ishini qildi. Qolganlari butun millatning vazifasidur. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim. Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha kerakdur. Bunlarni millat hozir qilsun.

FITRAT
“Hurriyat”, 1917-yil 5-dekabr.

“Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img61

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img586

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img583