30.03.2025 | 10:38
484
“NIDERLANDDA O‘T YOQSAM…” YOKI OVRO‘PANING ODMI TO‘YLARI
Necha yildirki O‘zbekistonda to‘ylarni kamchiqim va ixcham tarzda o‘tkazish lozimligi haqida jamoatchilik bong uradi. Qator-qator teleko‘rsatuvlar tayyorlanib, aksariyat ekspertlar bu dabdaba-yu as’asaga tish-tirnog‘i bilan qarshiligini bildiradi. To‘y va ma’rakalarni tartibga solish to‘g‘risida hatto maxsus qarorlar ham qabul qilingan, biroq bu borada aytarli natijalarga erishilmadi…

Barchamiz to‘yga taklif qilinamiz, bunday tantanalarda ko‘p bora ishtirok etganmiz. To‘ylarimizdagi kimo‘zarlik avj olgan bashanglikni ko‘rib, ensangiz qotadi, chetdan kelgan kishining ko‘ziga bularning bari g‘alati, anchagina bachkana ko‘rinishi tayin.
Xo‘p, mol-u davlati oshib-toshib yotgan ayrimlarning serdabdaba bazmi jamshid uyushtirishga mablag‘i bor ekan, ammo aholining boshqa qatlami-chi? Qo‘li kalta odamlar nima qilsin? El-u yurt ko‘rsin uchun qarz-qavola ko‘tarib bo‘lsa ham, “qatordan qolishmay” to‘y o‘tkazmoqchi bo‘lgan va bir amallab o‘tkazib olib, orzu-havasini qondirgan o‘sha bechoraholning to‘ydan keyingi holi qanday kecharkin?
To‘ylar nafaqat xalqning tinkasini quritadi, boz ustiga o‘sha behuda xarajatlar ko‘plab oilalarning darz ketib, hattoki buzilishiga ham sabab bo‘lishi turgan gap. Qisqa qilib aytganda, to‘ylar badavlat insonlar uchun topganini ko‘z-ko‘z qilish bo‘lsa, aholining quyi qatlami uchun esa adog‘i ko‘rinmas g‘am-tashvishdan boshqa narsa emas. Birgina mana shu kaltabinlikning o‘zi millatni qashshoqlikka yetaklaydi.
Xalqning turmush tarzi boshqa bir millat hayoti bilan qiyoslanganda ko‘zga aniqroq ko‘rina boshlaydi. Mana shu mavzuda gap ochilganida, do‘stlarimiz nuqul so‘rashadi:
– Xo‘sh, Niderlandiyada bu borada ahvol qanday?
Savol berganlarga doim aytamanki, bu mamlakatda to‘ylar hashamsiz, ixcham o‘tadi. Ba’zi to‘ylarda 50 kishi miyonasida mehmonlar qatnashsa, boshqasiga esa 200 kishidan ziyod mehmon taklif etiladi, biroq bularning hammasi ortiqcha dabdabadan xoli o‘tkaziladi.
Ba’zi to‘ylar besh-o‘n kishi bilan ham o‘tib ketaveradi. Bu mamlakatda yoshlar karnay-surnaysiz, kartejsiz, xit-parad qilmasdan ham nikohdan o‘tib, turmush qurishadiki, ular behuda xarajatlar-u dabdabalar baxtli turmush hadya etmasligini yaxshi tushunishadi. Agar ikki yosh taqdirlarini bog‘lashga qaror qilishsa, ular o‘zlari yashayotgan “Gemeente” (hokimiyat)ga ariza tashlaydi.
Oila qurish uchun yigit va qizning daromadi yetarlimi?
Birga yashashlari uchun boshpanasi bormi?
Mana shu masalalar muhim. Ular, albatta, inobatga olinadi, shundan so‘nggina ariza ko‘rib chiqiladi. Hokimiyat vakili ma’lum bir kunda nikohni rasmiy qayd etish uchun vaqt belgilaydi. Bu tadbir “Ceremonie huwelijk” deyiladi. Nihoyat, kelin va kuyov rasmiy ro‘yxatdan o‘tadi, mana shu jarayon oila qurilgani xususida ramziy ma’no ham kasb etadi. “Huwelijks ceremonie” (nikoh marosimi)dan so‘ng ikki yoshni yaqinlari tabriklashadi, keyin esa ”bruiloft” (to‘y) bo‘ladi. Bunda kelin-kuyovning do‘stlari hamda yaqinlari qatnashadi. Bunday to‘ylarning ko‘pida men ham qatnashganman.
Shu joyda eng asosiy gapni aytay: niderlandlar oila mustahkamligi bo‘yicha bizdan ancha oldinda.
Shahodat ULUGʻ,
Niderlandiya
“Jadid” gazetasining 2025-yil 21-martdagi 12-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



