22.07.2024 | 09:39
273
Oʻzbekistonda 223 ta seysmik zaif bino-inshoot mavjud
Respublikada 42 mingga yaqin koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib, ularning 73 foizi 1991-yilgacha qurilgan.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Bugungi kunda turar va noturar joy obyektlarining energotejamkorligini oshirish, yashil hududlarni koʻpaytirish, shaharlarning tashqi arxitekturaviy qiyofasini yangilash, avariya holatidagi va eskirgan obyektlarni buzish va qayta qurish jarayonlari hamda mulkdorlarning huquqlari himoyasini huquqiy jihatdan toʻgʻri tartibga solish maqsadga muvofiq, deyiladi loyihada.
Qayd etilishicha, respublikada 42 mingga yaqin koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991-yilgacha qurilgan, shundan 1032 tasi instrumental texnik koʻrikdan oʻtkazish talab etiladigan, 223 tasi seysmik zaif bino-inshootlar ekani aniqlangan.
Shu bois renovatsiya asosida uy-joy fondi obyektlarini meʼmoriy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan yangilash (renovatsiya qilish) zaruriyati yuzaga kelmoqda.
“Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi 9 ta bob, 60 ta moddadan iborat boʻlib, unda quyidagi asosiy masalalar aks etgan:
- shaharsozlik renovatsiyasi tushunchasi, uni amalga oshirish shakllari va turlari;
- shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirishning asosiy prinsiplari;
- shaharsozlik renovatsiyasi sohasida davlat boshqaruvi;
- shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirishni tashabbus qilish tartiblari;
- shaharsozlik renovatsiyasi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibotlari;
- mulkdorlar bilan kelishuv tuzish tartibi;
- renovatsiya loyihasida ishtirok etish va kompensatsiya berish tartibi;
- shaharsozlik renovatsiyasi dasturini amalga oshirishda yer munosabatlarini tartibga solish;
- shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish ustidan davlat va jamoatchilik nazorati va boshqalar.
Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizdagi hududlarni shaharsozlik renovatsiyasi asosida meʼmoriy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan yangilash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat yaxlit mexanizmlarni belgilashga xizmat qiladi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



