Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


31.10.2025 | 11:11

img884

OG‘IR VA OG‘RIQ

Eshqobil SHUKUR

Meni doim og‘ir va og‘riq so‘zlarining uyqashligi o‘ylantirib keladi. Shakl jihatdan o‘xshash bu so‘zlarning ma’no tomondan uyg‘unligi yo‘qmikin? Bir qarashda og‘riq so‘zining o‘zida og‘irlik borday, og‘irlik so‘zida esa og‘riq borday tuyuladi. “Qutadg‘u bilig” mutolaasi vaqtida bu so‘zlarning qarindoshligi yanada sezilganday bo‘ladi.
Muhtaram olimimiz Qayum Karimov tuzgan “Qadimgi turkiy til lug‘ati”da bu ikki so‘zga shunday izoh berilgan:

AG‘RUQ – yuk, og‘irlik, vazminlikka ega bo‘lgan narsa…

AG‘RUQLAN – og‘irsinmoq, og‘ir olmoq.

AG‘RI – og‘rimoq, kasallanmoq, xastalanmoq.

Mahmud Koshg‘ariyda ag‘ruq ag‘ir iborasi og‘ir yuk ma’nosida kelgan.
Yusuf Xos Hojibda irig so‘zga ag‘rir köӊul – dag‘al so‘zga ko‘ngil og‘riydi iborasi keladi.
“Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da og‘ir (ag‘ir) so‘zi bir tomonga og‘ish ma’nosidagi og‘ (ag‘) fe’lidan paydo bo‘lgan deyilgan. Yelkasidagi yukning og‘irligidan o‘ng tomonga og‘ib borardi. E’tibor qilyapsizmi, tilimizdagi ag‘nadi so‘zi ham og‘di so‘ziga yaqin. Chunki ag‘nayotgan odam bir tomonga og‘ib ketadi. Herman Vamberi og‘riq so‘zining ildizini “og‘ir”, “yuk” ma’nosidagi og‘ir so‘ziga taqaydi. Radlov esa og‘riq so‘zini ag‘ri – ag‘ar, rangi oqardi ma’nosidagi oqar so‘zidan degan farazni aytadi. Menga Vamberi varianti qiziqroq tuyuldi.
Og‘ir so‘zi faqat og‘irlik, yuk ma’nosida emas, qiyin, murakkab, qayg‘u-tashvish, vazmin kabi ma’nolarda ham qo‘llanadi. Ba’zan dard ham og‘ir so‘zida ifodalanadi. Masalan, unga og‘ir bo‘ldi degan gapni sharoiti og‘irlashgan odamga ham, kasal yotgan odamga ham ishlatish mumkin.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 24-oktyabrdagi 43-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596