27.10.2026 | 10:29
903
OĞZIBIRÇILIK VOSITASI
Bugun ona tilimiz töğrisida köplab şe’rlar bitilmoqda, maqolalar yozilmoqda, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari orqali fikrlar bayon etilmoqda. Bu ovozlarda MILLIY BIRLIKni, OĞZIBIRÇILIKni his qilasiz. Millat uçun kuyunçaklikni körasiz. Bu qanday yaxşi!
Men til haqda söz bitayotganda, onam haqida, otam haqida, Vatan haqida yozayotganday bölaman. Xöş, milliy til nima özi? Bu jahon sahnida millatning yaşamoği unga qay darajada boğliq?

Keling, mutaxassislar tomonidan örganilgan ayrim raqamlarga qarab köraylik. Aytişlariça, dunyoda töqqiz mingga yaqin til mavjud bölgan ekan. Bu tafakkur doirasida örganilgani. Ehtimol, ilgari undan ham köp bölgandir. Bugungi manbalarning ayrimlari hozir olti mingga yaqin til borligini, ayrimlari 5600 atrofida ekanini qayd etmoqda. Bu qaydlarning turliça ekaniga ham sabab bor: bugun bir oyda ikkita til muomaladan çiqib ketmoqda.
Umuman olganda, tillar nega yöqoladi? Buning bir neça sabablari bor. Birinçisi – mustamlakalik. Bir bosqinçi davlat ikkinçisini mavh etgaç, milliy yozuv, atama, milliy an’analar kabilarni yöq qilib, turli usullar bilan unga öz tilini singdirişga intiladi. Tarixda bunday holatlar, afsuski, köplab sodir bölgan. Ikkinçisi, ekologik migratsiya tufayli bir xalqning boşqa hududga köçib ötib, asta-sekin borgan joy tilida sözlaşa borişi oqibatida öz tilini unutişi. Uçinçisi, ma’lum bir tilda sözlaşuvçi xalqning zavol topişi, qirilib ketişi. Tili bor-u, yozuvi bölmagan xalqlarning tili ham yöqolişga mahkum bölişi mumkin. Masalan, mutaxassislar bugun turli tilda sözlaşadigan Afrika xalqlarining sakson foizi öz yozuviga ega emasligini qayd etadi. Til saqlanib qolişi uçun unda kamida million odam sözlaşişi kerak, deya e’tirof etiladi va mana şunday tillar bugun olti mingning orasida ikki yuz elliktani taşkil etar ekan. Şu ikki yuz ellik orasida bizning tilimiz ham bor! Olti ming içidan faqat ikki yuziga davlat tili maqomi berilgan.
Taniqli yozuvçimiz Ötkir Hoşimovning qayd etişiça, olimlar buyuk yozuvçi va şoirlar söz boyligini sarhisob qilganida, Puşkin 21 ming 197 ta betakror söz qöllagani, Şekspirda bu raqam 20 mingga yaqinlaşgani ma’lum bölgan. Navoiy qöllagan sözlar 26 mingta ekan. Bu tilda har qanday voqelikni mukammal ifoda etiş, har qanday badiiy asarni sayqallaş mumkin.
Gohida hayron qolaman, mana şunday boy tilimizdan söz topolmay, ayrim millatdoşlarimiz fikrlarini ifoda etişda boşqa tildagi sözlarni qöllaydilar. Uzoqqa bormay, yozuvçimiz Habib Siddiqning Amerikadan özbek tilini bilgan holda, endi özbekça urf-odatlarni ham mukammal örganiş uçun kelgan “Amerikalik qöşnilar” haqidagi hajviyasiga yuzlanaylik, negaki, u aynan hayotimizdan olingan:
“– Biz odatda huv anovi perekrestkadan banyaning oldigaça aytamiz.
Qöşnim (amerikalik) heç narsa tuşunmadi.
– Hammomning deng, – eslatdi xotinim. Darrov gapimni öngladim.
– Çorrahadan hammomgaça.
Şundagina gapimni anglagan mallavoyning yuz-közida tabassum zohir böldi.
– Uçastkavoyniyam aytib qöying, – dedim.
– Kimvoy? – hayron bölib söradi u (amerikalik qöşni). Yana tilimni tişladim.
– Ha, anovi nozirimizni aytaman-da.
Bunaqa hollar tez-tez takrorlanadigan bölib qoldi. Öz yurtida sof özbek tilini ixlos bilan örgangan qöşnilarimizga çetdan kirib qolgan sözlar guruçdan çiqqan toşdek ğaşga tegardi. Sal öylabroq gaplaşmasak, bölmaydiganga öxşaydi. Har gal gapimni anglatişga qiynalganimda, xijolatdan ter bosadi…“
Endi, şahar markazlariga borib, bir aylanib köring va qurilayotgan uylarga nazar soling: “Golden house”, “House near Taşkent”, “BUSINESS HOUSE RESIDENCE”, “Star House”, “Better Best” kabi yozuvlarga közingiz tuşadi. Dökonlarga esa “Boutique” deb yozib qöyişibdi. Xöş, şularga özbekça nom qöyib, özbek tilida yozsa, mahsulotlari ötmay qoladimi? Eng çet qişloqqa boring, birorta rus millatiga mansub inson yaşamaydigan joyda ham “дом продаётся” deb yozib qöyilganiga guvoh bölasiz. Şu gaplarni yozayapman-u, endi bu sözlarni özbekçaga ögiraman, deb qovun tuşirişmasa böldi, deb öylayapman. Masalan, “Мы открылись” degan gapni özbekçaga ögiringlar, desak, “Biz oçildik” deb yozib qöyişibdi. Axir, tarjima sözma-söz amalga oşirilmasligini, ma’nosidan kelib çiqib, bu gap özbekçaga “biz iş boşladik” deb ögirilişini bilmas ekansiz, oliftalik qilib rusça yozişga balo bormi, deging keladi. Bu xuddi “seni yaxşi köraman” degan iborani “я тебя хорошо вижу” deb tarjima qilganday gap.
Yoki hozir hamma xususiy telekanallarda aylanib yotgan reklamalardan biriga e’tibor bering. Çolğu çalib ötirgan yigitning qoşiga örtoği kelib, “Yana şuni öynayapsanmi?” deyapti. Töğri, rus tilida “çalmoq” sözi “играть” deb ifodalanadi. Ayni damda “играть” – “öynamoq” (futbol öynamoq – играть в футбол) ma’nosini ham bildiradi. Reklamada esa çolğu çalayotgan yigitga “yana şuni çalyapsanmi” deyiş örniga… Töğri, çolğuni öynaş ham mumkin, faqat yoş bolaning qöliga tuşib qolsa. Ammo bu yerda tarjimaga, meni ma’zur tutsinlar, mutlaqo savodsizlarça yondaşilgan.
E-he, bunaqa misollarni aytaversang, köp. Umuman olganda, biz qayerda özbekça, qayerda xorijiy tilda yoziş yoki gapiriş lozimligini yaxşi bilib olişimiz kerak. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi Farmoniga asosan Davlat tilini rivojlantiriş departamenti taşkil qilindi. Menimça, Departament amalga oşiradigan vazifalar talaygina. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 42-moddasida til, şuningdek, fuqarolarning tarbiya va ta’lim berişda tilni erkin tanlaşdan iborat huquqlarini buziş, tildan foydalanişda tösqinlik qiliş va çeklaş, davlat tilini, şuningdek, Özbekiston Respublikasida yaşovçi boşqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik eng kam iş haqining bir baravaridan ikki baravarigaça jarima solişga sabab böladi, deyilgan. Mana şu “mensimaslik” deganda qanday holatlar nazarda tutilişini aniqlaştiriş kerak.
Aslida, ona tiliga nisbatan e’tiborsizlik, hurmatsizlik – milliy ğurur yetişmasligining belgisi. Milliy ğururi yöq millatning kelajagi ham bölmaydi. Milliy ğururi yöq millatda milliy birlik bölmaydi. Bizni bugungi yoruğ kunlargaça yetaklab kelgan, ötmişimizni, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz, ajdodlarimiz meroslarini asrlar silsilasidan olib ötgan, onamiz ovozida quloğimizga allalar quygan ona tilimizni, onajon tilimizni qadrlaş har birimizning zimmamizdagi şarafli vazifadir.
Şahlo AHROROVA,
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti boş ilmiy xodimi
“Jadid” gazetasining 2026-yil 23-oktyabrdagi 43-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
31
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
119
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
310



