29.09.2026 | 15:10
3374
OLIMNING ILMI VA AMALI
O‘zbek adabiyotida, xususan, she’riy tafakkurning yangilanishida iste’dodli shoir Rauf Parfining alohida o‘rni bor. Shoir bir necha avlod tadqiqotchilari uchun manba bo‘la oladigan adabiy meros qoldirgani sir emas. Bu yo‘lda tadqiqotchilar safi sekin-asta ortib borishi tabiiy. Ularning old safida Olim Oltinbek turibdi. Yaqinda “Muharrir” nashriyotida uning “Rauf Parfi shaxsiyati va she’riyati poetikasi” nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi.

Bu jiddiy monografiya muallifning bir necha o‘n yillik umrining mazmuni, o‘ylovlari, izlanishlari natijasidir. Olim Oltinbek Rauf Parfi hayoti va ijodini, shoirning daftarlarda qolib ketgan mashqlari, she’rlari nusxalari, arxivini yaxshi biladi. Rauf Parfi haqida yozilgan maqolalar, turli xotiralar, suhbatlar – bularning o‘zi bir dunyo. Rauf Parfining matbuotda bosilgan adabiy maqolalari, bosilmagan hikoyalari ham Olimning izlanishlari tufayli muxlislar qo‘liga yetib bormoqda. Bundan keyin Rauf Parfi adabiy ijodiyoti bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan har kim ushbu kitobga murojaat etishi, uni o‘qishi shart.
Kitob muallifni Rauf Parfi adabiy-ijodiy merosining chin bilimdoni sifatida ilm ahliga yana bir bor tanitadi. Kitob uning qalb prizmasidan o‘tkazilib, mehr-muhabbat va ixlos bilan yozilgan, shuningdek, shoir poetik dunyosini tub-tubidan anglab muhokama qilingani va shoir adabiy ijodining ko‘p qirralari yoritib berilgani bilan qadrli. Olim Oltinbekning ilmi va amali ismiga mos. Biror adabiy mavzu, masala ustida ishlash jarayoni ham o‘ziga xos. Kayfiyatini shu tomonga burish, bir necha kun rejalashtirib yurish va yana ijod laboratoriyasining biz bilmaydigan sirli nuqtalari bor.
Hay, bir achchiq gap. Bugungi adabiy-ilmiy hayotda ba’zi toifalarning bir yumalab ulkan “alloma”ga do‘nishi yashin tezligida tarqalgan kasallikdir. Birovlardan ko‘chirib, usluban o‘zgartirib, kitoblar yasab va aynan kimdan ko‘chirgan bo‘lsa, shu muallifning o‘ziga gajakdor imzolar bilan taqdim etayotgan kimsalar ko‘zimiz o‘ngida kattarmoqda. Uyat ham, andisha ham, etika ham, eng qizig‘i, arzigulik bilim ham yo‘q, ammo iddaolar unvon va darajaga mos. Holbuki, biror farmoyish bilan tasdiqlab qo‘yilmagan bo‘lsa-da, ilmda, tadqiqotda, iqtibos olishda ham madaniyat, odob-axloq qonuniyatlari bor. Shunday bir muhitda, yoshidan qat’i nazar, juda ko‘p tadqiqotchi kimsalar Olim Oltinbek asarlariga, mana shu tiniq ko‘zguga qarab etaklarini yopib olishsa, nur ustiga nur bo‘lar edi, deb o‘ylab yuraman.
Olim – kengfe’l inson. Qo‘lida bor manbani kimdir so‘rasa beradi va bu manbani olganlar ulardan kitob chiqarib, aynan o‘ziga sovg‘a qilganini bilaman. U bir kuni gap ochib qoldi. Rauf Parfining muxlisi, shu yo‘lda ilmiy ishga rag‘bati bor bir kishi bilan uchrashib qolibdi. Uni uyiga taklif qilib, bir kecha tongotar gurung qilibdi. Hali aytganimdek, qo‘lidagi tayyor manbalarni beribdi. Oradan ikki-uch oy o‘tib, haligi kimsa, shu manbalarni kitob qilsam, deb Olimga qo‘ng‘iroq qilarmish. Qani insof, qani vijdon, qani adab? Yana bir gal qo‘lidagi bir tarjimani tayyor kitob holida birovga jo‘natadi. U esa Olim yuborgan kitobni o‘z nomidan nashriyotga taqdim etadi va gonorar ham oladi. Bular bir-ikki misol, xolos. Olim Oltinbek maqolami, risola yoki tadqiqot yozadimi – biror adabiyotshunosdan bir jumla olsa, albatta, havolada ko‘rsatadi. Ko‘lami qanday bo‘lishidan qat’i nazar, muammoni hech erinmay, zarrama zarra sinchiklab o‘rganadi. Rauf Parfi haqidagi kitobini yozishda ham shoirni bilgan va taniganlarni izlab topib, manbalarni aniqlashtirish uchun yelib-yugurdi. Ularga tashakkur aytishni esidan chiqargani yo‘q. Bularning barchasi, nazarimda, boshqalar uchun ibrat, ziyoli degan rutbaning ko‘zgusi, albatta.
Olimning yangi kitobida Rauf Parfining ijodkor shaxs sifatida shakllanish jarayoni, ijodining evolyutsion bosqichlari, mavzulari ko‘lami, milliy o‘ziga xosligi, boshqa millatlarga hamdardligi, jahon adabiyotidan o‘rganish omillari, she’riy merosida uchraydigan barcha janrlar, shoir she’riyatidagi yangi, individual shakllar, lirik merosiga xos eng muhim poetik san’atlari kabi qator masalalar ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib, nuktadonlik bilan ochib beriladi.
Jadidlarning ma’naviyat bulog‘idan suv ichgan Rauf Parfidek haqqoniyat ramzi bo‘lgan adiblar kitoblaridan saboq olgan Olim Oltinbek kabi ziyolilarni millatning ma’naviy xazinasi, desak, adashmagan bo‘lamiz.
Bahodir KARIM,
filologiya fanlari doktori, professor
“Jadid” gazetasining 2026-yil 25-sentyabrdagi 39-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
104
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331


