Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.10.2025 | 09:09

img967

OQ TERAKMI, KO‘K TERAK?

Elatimizni yoqalab oqib o‘tadigan Mesit arig‘i bo‘ylab tosh yo‘l bor. Qishloq markaziga yengil ulovlar asosan shu yo‘ldan qatnaydi. Uch yillar oldin ariq bo‘yidagi yo‘l anchagina keng edi, qarama-qarshi kelgan yengil mashinalar bemalol o‘tib ketardi. Hozir esa ikki yengil mashina ro‘para kelib qolsa, bir-biriga yo‘l berishga majbur. Undayam bir mashina sal kengroq joyda chetga chiqib turishi kerak. Nima, uch yilda yo‘l torayib qoldimi, dersiz. Yo‘q, yo‘l joyida turibdi. Ikki yil oldin tosh yotqizilib, ta’mirlandi ham. Yo‘lning “torayishi”ga sabab esa…

Avvallari tabiiy gaz tortilmagan qishloqlar ahli qishda o‘tin g‘amida daraxtlarga rosa qirg‘in keltirardi. Bugun daraxtlarni kesish bo‘yicha moratoriya qabul qilingani tufayli qishlog‘imizda ham ariq yoqasi va dalalar chetida o‘sgan tabiiy daraxtlar – to‘rong‘ilar qisqa muddatda osmonga bo‘y cho‘zib, yon shoxlari ham yiriklashib, misli o‘rmon qiyofasiga kirib qoldi. Aynan to‘rong‘ilarning rivojlanishi yo‘lning harakatlanish qismini qoplab olishi yuqoridagi noqulaylikni keltirib chiqardi. Bu yomonmi? Shoshqaloq haydovchilar uchun yomondir, ammo Orol dengizi halokati tufayli ekologik vaziyat yomonlashgan voha tabiatini, ob-havo musaffoligini asrash va saqlash ma’nosida – yaxshi, juda yaxshi!

Bizga qo‘shni qishloqdagi Mitan elatining qatorlashgan imoratlari uzoqdan ko‘rinmaydi ham, go‘yo qishloq o‘rmon ichida joylashgan deysiz. Uzum yetishtirishga ixtisoslashgan aholi ko‘chalar yoqasiga ham tol, terak, jiyda daraxtlarini qalin ekkan. Yozning saratonida ham mo‘tadil harorat saqlanib turadigan elatga yo‘lingiz tushsa, iqlimi keskin o‘zgaruvchan vohada emas, go‘yo tog‘oldi qishlog‘iga kirib qolgandek bo‘lasiz.

Bu misollarni nimaga keltirdik?

So‘nggi yillarda barcha joylarda bo‘lgani kabi Xorazm viloyatida ham yashillik olamini kengaytirish maqsadida millionlab ko‘chatlar ekildi, ekilmoqda. Kech kuz va bahorda katta yo‘l yoqalarida ko‘kalamzorlashtirish kampaniyasi jadal olib borilayotganiga ko‘zimiz tushadi. Ammo, afsuski, katta yo‘l bo‘ylari shuncha yillar davomida ham biz yashaydigan qishloq arig‘i bo‘yidagidek “yashil makon”ga aylanmadi. Vaholanki, arig‘imiz bo‘yiga biror odam bir tup nihol suqmagan – bu joy tabiiy tarzda to‘rong‘izorga aylanib ulgurgan.

Vohaning iqlim sharoitida necha asrlar muqaddam yerlashgan daraxt turlari – terak, tol (oq va qora tol), jiyda, to‘rong‘i, qoramon, gujum va boshqalar tez o‘sishi, yoz jaziramasi va qahraton qish sovug‘iga chidamliligi bilan yashab kelyapti. Bu daraxtlarni ko‘paytirish ko‘p daromad talab qilmaydi. Masalan, terak, tol, jiydani ko‘paytirish uchun uning ikki-uch yillik shoxchasini kesib, mos yerga suqsangiz bo‘ldi, tutadi-ketadi. To‘rong‘i esa tabiiy tarzda, yer ostidagi tomirlari hamda gullash mavsumida shamol uchirgan urug‘laridan ko‘payadi. Butun bir tumanni yashil makonga aylantirish uchun millionlab tup mahalliy daraxt nihollarini ko‘pi bilan ikki haftada ekish uchun arzimagan mablag‘ sarflanadi, buyam daraxt ko‘chatlarini tashish, ulov va ishchi-xizmatchilarga issiq ovqat uchungina ketadigan xarajatlar.

Ancha yillar oldin vohaga millionlab tup limon ko‘chatlari olib kelindi. Ikki qarich keladigan bir dona ko‘chat o‘n ikki ming va uni o‘rnatiladigan maxsus tuvak bilan qo‘shib hisoblaganda qirq ming so‘mdan oshgan. Issiq iqlimli hududlarda o‘sadigan bu ko‘chatlarning yuzdan biri ham saqlanib qolmadi – birinchi qishdayoq qurib qoldi. O‘shanda mahalliy mutaxassislar limon ko‘chatlari uchun ketgan mablag‘ga o‘n ikki million tup tol yoki terak ekish mumkin edi, degan xulosaga kelishgan. O‘n ikki million tup tol yoki terakdan hech bo‘lmaganda o‘n millioni ildiz otib, hozirda qurilishga yaraydigan holga kelib qolardi.

Vohada archasimon daraxt turlari uzoq tariximizda o‘smagan. Oxirgi yarim asrga kelib shu turdagi daraxtlarni voha tabiatiga moslashtirishga harakat qilindi. Hozirda ilk ekilgan archa, qarag‘ay kabi ninabargli daraxtlarning eng “keksa”si yoshi qirq yilga yaqinlashdi. Shu qirq yil ichida ko‘pi bilan o‘n metrcha bo‘y tortgan archasimon daraxtlardan endigina qurilish materiali sifatida foydalanish mumkin. Axir mahalliy nav teraklar sakkiz-o‘n yil ichida qurilishbop materialga aylanadi-ku!

Voha sharoitida tez rivojlanadigan qora tol niholi uch yilda kamida sakkiz metr o‘sadi. Shu davrida uning asosiy tanasi chopilib, yerdan bir metr balandlikdagi to‘nkasi qoldiriladi. Ana shu to‘nkadan bahor boshida o‘sib chiqqan novdalari uch yilda foydalanish mumkin bo‘lgan holatga, ya’ni xodaga aylanadi. Uzunligi o‘n metrga boradigan xodalar uzumlarga tirgak qilish va imoratlarni bostirishda ishlatiladi. Bundan tashqari, hunarmandlar xodalardan turli mebellar yasashda keng foydalanadi. Qisqasi, qora tol niholi olti yilda ilk “hosil”ini beradi va bu “hosil” har uch yilda qayta va qayta yig‘ishtirib olinadi. Archasimon daraxtlar qirq yilda qurilishga yarasa, qora tol bu muddatda kamida o‘n marta shunday vazifani bajaradi. Jiyda daraxti esa bir paytning o‘zida shifobaxsh, to‘yimli meva beradi, har yili ortiqcha o‘sgan shoxlari aholi uchun arzon o‘tin ham bo‘ladi.

Masalaning yana bir muhim tomoni bor. Mahalliy daraxtlar ninabargli archasimon daraxtlarga qaraganda ikki-uch hissa ko‘proq kislorod ishlab chiqarishi bilan bir vaqtda, yerosti suvlari yuzaga yaqin bo‘lgan voha sharoitida sho‘rlanishni yo‘qotishga ham beminnat xizmat qiladi. Jiyda ko‘chatlari suv yo‘q joylarda ham tez o‘sib, rivojlanaveradi. To‘rong‘i, qoramon yovvoyi tarzda o‘ssa-da, aynan jiyda kabi tabiatni tozalash, yerosti zax suvlarini bug‘lantirish, bir so‘z bilan aytganda, tabiat muvozanatini saqlashda “sanitar” vazifasini bajaradi.

…Yaqinda rasmiy telegram kanallarda yoyilgan ma’lumotda aytilishicha, bahorda ekilgan nihollarning 27,5 million donasi qurib qolgan. Xabarga ilova qilingan suratda yo‘l yoqasiga ekilgan archa ko‘chatlarining qovjirab, qurib qolgani aks etgan. Ana shu qurigan archalarning bir necha millioni Xorazmga ham tegishli. Bir tup ko‘chat necha so‘mdan sotib olingan, uni o‘tqazish va parvarishlash, sug‘orish uchun qancha mablag‘ sarflangan? Oz emas. Bir mavsumda ko‘rilgan zarar o‘nlik raqamlar bilan ifodalanadi.

…Kuni kecha viloyat markaziga borayotib, yo‘l chekkasiga bahorda ekilgan, ammo yerlashib ketmay qurib qolgan ninabargli ko‘chatlarni yig‘ishtirib yurishganiga ko‘zim tushdi. Esiz, ketgan vaqt, sarf-xarajatlar!

Tez kunlarda “Yashil makon” dasturi doirasida kuzgi mavsumda manzarali daraxt ko‘chatlari ekish yana boshlanadi. Aytishlaricha, kuzgi ko‘chat ko‘klamgiga nisbatan yaxshiroq o‘rnashib, unumi soz bo‘ladi. Demak, jo‘jani bahorda sanaymiz.

Ro‘zimboy HASAN

“Jadid” gazetasining 2025-yil 17-oktyabrdagi 42-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600