Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.07.2024 | 18:07

img304

“Paxtakor” stadioni taʼmirtalab boʻlgani uchun Superliga bahslarini qabul qila olmaydi

2024-yilgi futbol mavsumiga tayyorgarlik davrida qabul qilingan rejalar asosida “Paxtakor” jamoasi stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qilishdan toʻxtadi. Stadion U-21 chempionati va Proliga uchrashuvlarini oʻtkazishi mumkin.

Liga Superliga stadionlariga boʻlgan talabni bosqichma-bosqich oshirib boradi. 2023-yilning aprel oyida “Paxtakor” stadioni tribunalaridagi holat sabab ishchi guruh tuzilgan va uning xulosasi asosida stadion tribunalarining taxminan 70 foizi xavfsizlik nuqtayi nazari bilan muxlislar uchun yopib qoʻyilgandi. Buning oqibatida “Paxtakor” Chempionlar ligasining soʻnggi mavsumini “Bunyodkor” stadionida oʻtkazishga majbur boʻldi.

Oʻtgan vaqt davomida stadionni kapital taʼmirdan chiqarish masalasida ijobiy oʻzgarish boʻlgani yoʻq. Shundan kelib chiqib, “Paxtakor” Elit Chempionlar ligasi musobaqasi uchun yana bir bor “Bunyodkor” stadionini OFK platformasiga joylashga majbur boʻldi. Liga esa reja asosida “Paxtakor” arenasini Superliga uchrashuvlarini qabul qiladigan stadionlar roʻyxatidan chiqardi.

“Paxtakor” mavsumning ikkinchi yarmini Jar stadionida oʻtkazadi. Klub uch tomonlama tuzilgan bitimni Ligaga taqdim etdi.

Avvalroq “Surxon” Liga talabi bilan “Paxtakor” stadionida oʻynay olmasligi aniq boʻlgach, Samarqanddagi “Dinamo” bilan kelishuvga erishgan, “Lokomotiv” esa poytaxtdagi boshqa stadion — “Bunyodkor”ga koʻchib oʻtishi maʼlum qilingandi.

Proliga vakillari boʻlgan “Buxoro” va “Olimpik Mobiuz” OʻFAga qarashli “Doʻstlik” stadionida raqiblarini qabul qiladi. “Doʻstlik” Toshkent klubi esa “Paxtakor” stadionidan foydalanadi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img160

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img154

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img357