Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.10.2026 | 12:44

img759

YANGI UFQ YOYIQLARIDA

Yurtimizda olib borilayotgan zalvorli islohotlar havosi ötgan yettikunlik qamrovida, ayniqsa, oydin körindi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Qatar Amiri bilan muloqoti, kino ijodkorlari bilan uçraşuv, tibbiyot sohasini rivojlantirişga oid körib çiqilgan çoralar, Prezident Olimpiadasining oçilişi va Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi iştirokçilariga yöllangan tabrik – bularning har biri mamlakat taraqqiyotining alohida yönalişlarini qamrab oladi. Uşbu voqealarning umumiy mazmuni şundaki, Özbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, inson kapitali va madaniy rivojlaniş, şuningdek, taşqi siyosiy şeriklik özaro boğliq holda ilgari surilmoqda.

Bularning bari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz xalqining taraqqiyoti va farovonligini, inson qadrini yuksaltiriş, Özbekistonni xalqaro maydonda nufuzli mamlakatga aylantiriş borasida tinimsiz izlanayotganini namoyiş etadi.

Qatar bilan muloqot

Hafta Prezidentimizning Qatar Davlati Amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uçraşuvidan boşlandi. Bu Özbekistonning Yaqin Şarq va Körfazdagi arab davlatlari bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan taşqi siyosatining davomi böldi. Bunday muloqotlar savdo, investitsiya, energetika va gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qiliş uçun muhim maydon yaratadi.

Ikki tomonlama uçraşuvlarning samarasi ularda bildirilgan niyatlarni aniq loyihalarga aylantiriş bilan belgilanadi. Şu nuqtayi nazardan, Qatar bilan muloqot Özbekistonning taşqi iqtisodiy aloqalarini diversifikatsiya qiliş va yangi sarmoya manbalarini jalb etiş imkoniyatlarini kengaytirişi mumkin.

“Özbekfilm” milliy kino brendiga aylanadi

Xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy ongini yuksaltirişda, yoş avlodni vatanparvarlik, daxldorlik, yuksak axloq odob ruhida tarbiyalaşda kino san’atining örni beqiyos. U tarixiy xotirani saqlaş, milliy qadriyatlar, til, an’ana va urf-odatlarni avloddan avlodga yetkaziş, milliy özlikni anglaş tuyğusini şakllantirişga yordam beradi. Şunga yaraşa, sohaga talab va e’tibor ham, tanqid va e’tiroz ham hamma davrda kun tartibida turgan.

Istiqlol arafasida millatparvar şoir Muhammad Yusuf: “Özbekfilm, çöpçaging jonga tegdi!” deb şe’r yozgani, mavzu köça-köyda-yu dorilfununlarda jöşqin muhokama qilingani keçagidek yodimizda turibdi.

Bugun ham şiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyo kino sanoati oldida bizning nufuzimiz neçoğli degan savol jamoatçilikni taşvişga solayotgani bor gap. Şu ma’noda, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev “Özbekfilm” kinostudiyasida kino sohasi vakillari bilan uçraşib, milliy kinematografiyani rivojlantiriş va sohaga zamonaviy boşqaruv usullarini joriy etişga qaratilgan takliflar bilan tanişgani ulkan ahamiyatga ega. Uçraşuvda keltirilgan ma’lumotlar kino sohasiga davlat tomonidan e’tibor izçil kuçayib borayotganini körsatadi. Jumladan, 2016-yilda filmlar işlab çiqariş uçun davlat byudjetidan 10 milliard söm ajratilgan bölsa, joriy yilda bu körsatkiç 218 milliard sömga yetgani qayd etildi. Biroq, davlat mablağlarining köpayişi öz-özidan sifatli va tomoşabop filmlar barakasini anglatmaydi. Bu mablağlar samarali mexanizmlar asosida yönaltirilişi, ijodiy raqobatni kuçaytirişi va har bir loyihaning badiiy qiymati hamda jamoatçilikka ta’sirini oşirişga xizmat qilişi zarur.

Prezidentimiz tomonidan kino sohasini boşqariş, moliyalaştiriş va film işlab çiqariş vazifalarini aniq belgilaş, Kinematografiya agentligi örniga davlat siyosatini yuritiş vakolatlarini Madaniyat vazirligiga ötkaziş, vazirlikda Kino san’ati departamentini taşkil etiş böyiça bildirilgan taşabbuslar muhim ahamiyatga ega. “Özbekfilm”ning zamonaviy biznes modeli asosida işlaydigan milliy kinokompaniya sifatida qayta taşkil etilişi, film işlab çiqarişni xususiy sektorga ötkaziş, loyihalarni tanlaş, moliyalaştiriş, tarğib qiliş va xalqaro bozorlarga olib çiqiş vazifalarini bir tizimga birlaştiriş taşabbusi prinsipial yeçimdir. Bu yerda gap faqat taşkiliy özgariş haqida emas, balki kino sohasidagi munosabatlarning mazmunan yangilanişi, davlatning ijodiy jarayonga yondaşuvi özgarişi va xususiy sektor uçun keng yöl oçilişini anglatadi.

Bugungi tahlikali zamonda kinoning jamiyat hayotidagi örni yanada ortib bormoqda. Prezidentimizning farzandlarimiz ongi va dunyoqaraşini kim va qanday himoya qilişi haqidagi savolni örtaga qöygani bejiz emas. Milliy ma’naviyatni asraş, yoş avlodni vatanparvarlik, bağrikenglik, mehnatsevarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalaşda kino san’ati muhim örin tutadi. Şu ma’noda, Prezidentimiz ilgari surgan “Özligimizni anglab, öz hikoyamizni öz ovozimiz bilan dunyoga aytiş” ğoyasi milliy kinoning strategik yönalişini belgilab beradi. Bugun ekranlarda faqat tarixiy şaxslar va ötmiş voqealarinigina emas, şu bilan birga zamondoşlarimizning ham haqqoniy qiyofasini aks ettirişi kerak.

Öqituvçi, şifokor, harbiy xizmatçi va quruvçi kabi kasb egalarining barçasi hayotiy va ta’sirçan filmlar uçun muhim mavzulardir.

Uçraşuvda “Özbekfilm” hududida yagona industrial klaster – “Özbekfilm kino şaharçasi”ni taşkil etiş taşabbusi ham ilgari surildi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan dublyaj va ovozlaştiriş markazining barpo etilişi milliy kinoning texnik imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi. Bunday infratuzilma kino işlab çiqarişning turli bosqiçlarini bir makonda jamlaş, mutaxassislar hamkorligini kuçaytiriş, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş va xalqaro standartlarga mos mahsulotlar yaratiş uçun muhim asos böladi.

Şu bilan birga, kino yaratişda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniş böyiça hamkorlik dasturini işlab çiqiş taşabbusi zamon talablariga mosdir. Sun’iy intellektdan foydalaniş bilan birga mutaxassislarni tayyorlaş, kasbiy ta’limni rivojlantiriş, xorijiy tajribani örganiş va mualliflik huquqlariga rioya etiş masalalariga ham e’tibor qaratiş zarurligi ta’kidlandi.

Tibbiyotning qon tomiri

Prezidentimizning Köksaroy qarorgohida tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi xalqimiz salomatligini muhofaza qiliş, kasalliklarning oldini oliş va davolaş işlarini sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş yölida muhim voqea böldi. Negaki, inson hayoti va salomatligini asraş, umr sifatini yaxşilaş köp jihatdan tibbiyot tizimining samaradorligiga boğliq. Bunda zamonaviy tibbiyot muassasalari va ilğor texnologiyalar bilan bir qatorda, yuqori malakali mutaxassislar, sifatli tibbiy xizmat hamda har bir bemorga individual yondaşuv körsatilişi muhim ahamiyat kasb etadi.

Uçraşuvda inson salomatligini asraş, ilğor ilmiy işlanmalar va davolaş usullarini joriy etişda örnak bölayotgan tibbiyot xodimlari uçun “Ibn Sino” ordenini ta’sis etiş taklif qilingani soha xodimlari ruhini kötarib yubordi.

Sohada ta’lim, quriliş, sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi va xodimlar madaniyatini qamrab oladigan “Yangi Özbekiston tibbiyot standartlari” joriy etiladi.

Prezident Olimpiadasi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 27-oktyabr kuni Olimpiya şaharçasida ikkinçi bor ötkazilayotgan Prezident Olimpiadasining tantanali oçiliş marosimida iştirok etdi. Musobaqa mamlakatimizda yoş sportçilarni qöllab-quvvatlaş, iqtidorlarni kaşf etiş va ularni professional sportga yönaltirişda muhim örin tutadi.

Prezidentimiz öz nutqida mamlakatimizda ommaviy sportdan professional sportgaça, iqtidorlarni saralaşdan xalqaro musobaqalarga tayyorlaşgaça bölgan yaxlit tizim şakllanganini ta’kidladi. Prezident Olimpiadasi esa şu tizimning muhim böğini bölib, yoş sportçilarga öz qobiliyatini namoyon etiş va keyingi bosqiçlarga yöl oliş imkonini beradi.

Prezidentning “Özingga işon! Öz ustingda işla! Öz yurtingga munosib böl!” degan da’vati musobaqaning mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Prezident Olimpiadasi yoşlarni nafaqat ğalaba uçun bellaşişga, balki intizomli bölişga, tinimsiz mehnat qilişga va yurt şa’nini munosib himoya etişga çorlaydi.

Kelajakka sarmoya

Yurtimizda Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi ötkazilişi va Davlatimiz yetakçisining iştirokçilarga yöllagan tabrigi mintaqamiz taraqqiyotida ta’lim va ilm-fan hamkorligi naqadar muhim örin tutişini yana bir bor körsatdi. Bugun özaro işonç va yaxşi qöşniçilik mustahkamlanayotgan bir şaroitda ta’lim sohasidagi hamkorlik xalqlarimizni yaqinlaştiradigan, umumiy taraqqiyotga xizmat qiladigan muhim omildir.

Markaziy Osiyoning qariyb 85 millionlik aholisi, ayniqsa, bilimga çanqoq yoşlari mintaqamizning ulkan salohiyatini taşkil etadi. Bu salohiyatni röyobga çiqariş uçun sifatli ta’lim, zamonaviy kasbiy könikmalar va ilmiy izlanişlarga keng yöl oçiş zarur. Ta’limga kiritilgan sarmoyani yoşlar kelajagi va mintaqaning raqobatbardoşligiga kiritilgan sarmoya sifatida baholaş örinlidir.

Özbekistonda maktabgaça va maktab ta’limi, kasbiy va oliy ta’lim hamda ilm-fan boşqaruvini yagona tizimga birlaştirişga qaratilgan islohotlar ta’lim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni ta’minlaşga xizmat qiladi. Bolaning ilk ta’limidan tortib malakali mutaxassis va olim bölib şakllanişigaça bölgan jarayonni yaxlit yondaşuv asosida taşkil etiş jamiyatning intellektual salohiyatini oşirişda muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda ta’limning vazifasi faqat bilim beriş bilan çeklanmasligi kerak. Tez özgarayotgan mehnat bozori yoşlardan mustaqil fikrlaş, ijodkorlik, mas’uliyat va umr davomida örganiş qobiliyatini talab qilmoqda. Şuning uçun öqituvçi va murabbiylar salohiyatini oşiriş, ta’lim mazmunini yangilaş, maktab, texnikum, universitet va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

TDT hamkorligi

2026-yil 29-30-oktyabr kunlari Anqarada bölib ötayotgan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammiti hamkorlikni siyosiy va madaniy yaqinlikdan amaliy iqtisodiy integratsiyaga olib çiqiş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sammit kun tartibida savdo, transport-logistika, energetika, raqamlaştiriş, turizm va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytiriş masalalari örin olgan. Anqara şahridagi sammitda va uning doirasidagi tadbirlarida mamlakatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etyapti.

Sammit arafasida Turkiy dunyo uçun yagona elektron tijorat platformasini yaratiş böyiça kelişuvga erişilgani ham muhim. Agar platforma işga tuşsa, kiçik va örta biznes uçun mintaqaviy bozorlarga çiqiş yengillaşişi mumkin. Ammo buning uçun tölov tizimlari, yetkazib beriş, bojxona tartiblari va iste’molçilar huquqini himoya qiliş qoidalarini ham muvofiqlaştiriş talab etiladi.

Anqarada ötkazilayotgan sammit va qabul qilinadigan “Anqara deklaratsiyasi” hamda “Turk dunyosi nigohi – 2040” strategiyasi doirasidagi ustuvor vazifalar hamkorlikning keyingi yönalişlarini belgilaşi mumkin. Özbekiston uçun sammit eksport imkoniyatlarini kengaytiriş, qöşma işlab çiqarişni rivojlantiriş va transport aloqalarini kuçaytiriş uçun qulay maydon böladi.

Sammit turkiy xalqlarning birligi, hamjihatligi va milliy irodasini dunyoga namoyiş etadigan tadbir bölişiga şubha yöq.

Şuningdek, Turkiy davlatlar taşkiloti mamlakatlari örtasida barça yönalişlardagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş va muhim taşabbuslarni ilgari suriş qardoş turkiy xalqlarni bir-biriga yanada jipslaştiradi hamda özaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirişga katta hissa qöşadi.

Iqbol MIRZO

“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-oktyabrdagi 44-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img61

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img586

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img583