Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.05.2025 | 14:48

img380

O‘Z-O‘ZINI QUVVATLOVCHI TEXNOLOGIYA

Ekologiya najotkori sifatida qaralayotgan elektromobillar nafaqat zarari kamligi, balki qimmatligi bilan ham ajralib turadi. Elektromopedlar-chi, deysizmi? Ular ham cho‘ntakbop emas, shu bilan birga, ko‘p masofaga chidamaydigan, tezligi qisman cheklangan, akkumulyatori ham uzoq muddat turib bera olmaydigan “nozikoyim”.

Shu muammoni his qilgan Nodirbek Boltaboyev boshchiligidagi TATUning bir guruh ko‘ngillilari yangi yechimlarni taklif qilmoqda. Xo‘sh, Nodirbek Boltaboyev o‘zi kim?

Yoshligidan elektronika sohasiga qiziqqan Nodirbek 2017-yilda radiotexnika, elektronika va aloqa yo‘nalishi bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2021-yilda Xalqaro Elektronika nomzodligini olgan. Shu yilning o‘zida elektronika yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan. 2022-yil “Start-up December” tanlovi hamda 2023-yil TechnoWays texnologik rivojlanish marafonida ham tengsiz deb topildi. Shu yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan Technofest muhandislik texnologiyalari festivali g‘olibi. Eh-he, uning yutuqlarini sanasak maqolamiz keyingi sahifada ham tugamaydi.

Qahramonimizning shu darajaga yetguncha bosib o‘tgan yo‘li qiziq. Keling, yaxshisi, buni o‘zidan eshitaylik!

ISTALGAN TURDAGI VELOSIPEDNI ELEKTRLASHTIRISH MUMKIN!

Elektrovelosipedni ikki xil – “Eco” va “Sport” rejimida yaratganmiz:

“Eco” rejim uzoq masofaga yurish uchun mo‘ljallangan. “Sport”da esa asosiy urg‘u tezlikka qaratilgan. Ushbu velosiped ikkala rejimda ham boshqariladi. Bunda “Kruiz kontrol”,  ya’ni bir xil tezlikda ushlash funksiyasi ham bor. Kerakli tezlikka chiqqandan so‘ng bir xilda harakatlanish mumkin. Xavfsizlik uchun uch xil – orqa, qo‘l va to‘g‘ridan to‘g‘ri dvigatelni tormozlash rejimi yaratilgan.

Biz ushbu texnologiyani barcha turdagi velosipedlarga o‘rnatib berishni boshlaganmiz.

IXTIRO QANDAY MUAMMOLARGA YECHIM BERADI?

Birinchidan, tirbandlikning oldi olinadi. Qolaversa, elektrovelosiped atrof-muhit uchun mutlaqo zararsiz. Bunda elektr energiyasidan foydalanib, hozirda qo‘shimcha parametrlar ustida ish olib bormoqdamiz. Uchinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham bu texnologiyani qo‘llasak bo‘ladi.

Ushbu texnologiya o‘zini o‘zi zaryadlashi bilan ajralib turadi. Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, hali bunday texnologiyadan Markaziy Osiyoda foydalanilmagan. Bundan tashqari, energiyani tejash va boshqa afzallik tomonlari ham talaygina.

ARZONLIGINI AYTING!

Ushbu texnologiyadan xohlagan joyda foydalanish mumkin. Yangi velosipedlarda elektrovelo poygalar uyushtirish rejamiz bor. Buni qo‘llashdan asosiy maqsad  vaqtni, pulni, energiyani tejashdir. Hozirda elektromobil loyihamizni boshlaganmiz va bu juda katta mablag‘ talab qilmoqda. Agarda ko‘zlagan vaqtda rejamizga erishsak, O‘zbekistondagi xohlagan turdagi avtomobillarni elektronlash mumkin bo‘ladi. Ya’ni yangi elektromobil olishga hojat qolmaydi, aksincha, eski rusumdagi texnikani elektromobilga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Narx tomondan qaraydigan bo‘lsak, bu yangi texnologiya elektromobillardan arzon bo‘ladi va undagi analoglarning ham ustun jihatlari ancha. Bu texnologiya ekologiya hamda qayta tiklanmaydigan manbalarimizni asrash uchun juda qo‘l keladi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Elektrga ham kundan kunga ehtiyoj oshayotgan paytda bu qiyin jarayon emasmi? Bu xavotir qisman o‘rinli. Biz quyosh panellarining monokristalli turidan foydalanishga qaror qilganmiz. Shu orqali boshqa panellarga nisbatan ko‘proq energiyaga ega bo‘lamiz! Elektrovelosipedimiz to‘liq zaryadlangan holda “Eko” rejimda maksimum 40 km/s tezlik bilan 80–85 km masofani bosib o‘tadi.  “Sport” rejimida esa maksimum 70 km/s tezlik bilan 65–70 km masofa yuradi. Elektrovelosipedimizda li-ion akkumulyatoridan foydalanilgan bo‘lib, kafolat muddati 3-4 yilni tashkil etadi.

GʻOYA QANDAY REALIZATSIYA QILINDI?

Elektronika sohasiga 4-sinf paytimdan qiziqib kelaman. Turli xil yangi kashfiyotlar orqali ishtiyoqim yanada ortgan. 2020-yilda bu g‘oyani o‘ylaganman. Lekin boshlash uchun menda mablag‘ bo‘lmagan. Keyin bu g‘oyani ustozimga aytganman. Ular moddiy tomondan ko‘mak berishga rozi bo‘lganlar. Biroq bu urinish muvaffaqiyatsiz yakun topgan. 2021-yilda loyihani qayta boshlashga qaror qildim va bu jarayonda ham ancha qiyinchiliklar, yo‘qotishlar, biz yiqqan sxemalarning kuyishi sabab oz bo‘lsa-da, moliyaviy tanglik bilan loyihani arzon akkumulyatorlar orqali ishga tushirganmiz. Bu birinchi urinishimiz bo‘lgan. Ushbu loyiha zarar bilan yopilgan. Shu paytda universitetga kirishim, o‘z ustimda ishlashim kerakligini anglab yetganman. Oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lgach, mablag‘ yig‘ishni boshladim. Bu safar ham o‘xshamasligi to‘g‘risida xavotirlarim yo‘q emasdi. Xullas, 2023-yil 22-aprelda loyihaga yana qaytganman. Jarayonda ustozim bilan ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldik. Loyiha tayyor holatga kelganidan so‘ng Technofest muhandislik texnologiyalari festivaliga olib chiqdik va tanlovda g‘olib bo‘ldik. Yutuqqa berilgan mablag‘ga loyihani to‘liq tugatib, tayyor holatga olib keldik.

YANA QANDAY LOYIHALAR BOR?

Hozirgi kunda elektr energiyasini iqtisod qilish global muammolardan biri bo‘layotgani sababli olingan quyosh energiyasini tejash ustida bir qator izlanishlar olib bormoqdamiz. Taqdim etilayotgan yangi loyihamiz orqali quyosh panellaridan oqib kelayotgan energiyaning sarf hisobi yuritiladi. Ushbu tartibda bu qurilma kundalik ob-havoga qarab qancha energiya sarf bo‘lishi, qancha energiya oqib kirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni foydalanuvchiga ulashib boradi. Ushbu loyiha juda ham ko‘p izlanishlar talab qiladi. Hozirda loyiha sinov tariqasida laboratoriyada ishlatib kelinmoqda.

KELAJAKDAGI REJALAR

Hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 3-bosqichida tahsil olyapman. Kelgusida elektronika sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borib, o‘zim tanlagan soha bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlashga hissa qo‘shishni niyat qilganman. Chunki har qanday ixtiro zamirida yelkadosh va hamfikr mutaxassislar silsilasi bo‘ladi. Yaqin yillarda esa bir qancha loyihalarimni amaliyotga joriy etish, ular ustida tajribalar o‘tkazish, chet el bilan hamkorlik, “exchange” dasturlarda qatnashib, yangi bilimlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash asosiy maqsadlarimdan biridir.

Sohiba MULLAYEVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 23-maydagi 21-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596