Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.08.2024 | 17:16

img460

O‘ZBEKLARNING SOVET DAVRIDAGI ASL MADHIYASI

Mustabid tuzum hukmronligi eng cho‘qqiga chiqqan paytlarda ham o‘zbeklar madhiyasiz qolmagan. Bizning norasmiy madhiyamiz bo‘lgan.

Har kuni tongda radio, televide­niyedan beriladigan O‘zbekiston SSR­ning rasmiy madhiyasi shun­chaki majburiyat yuzasidan, yana­yam o‘z­­­bek­charoq aytganda, qu­loq­qa osilgan lag‘mon qabilida eshi­til­gan. Xalq bu zo‘ravon matn va musiqaga, qullikni sharaflagan “zan­jir tovushlari”ga o‘z qalbidan joy bermagan.

Ha, o‘sha og‘ir yillarda ham biz­ning norasmiy madhiyamiz bo‘l­gan. “O‘zbegim” va “O‘zbekiston Vatanim manim” she’rlari, maxfiy tarzda bo‘lsa-­da, o‘zbek xalqining madhiya­si darajasiga ko‘tarilgan va eng qaltis davrda millatni birlashtirgan, buk­chayib qolgan qaddini birdan ko‘tar­gan. Shuning uchun bu ikki she’r bajargan vazifani Zarafshondan tashib ketilgan oltinlar bilan ham o‘lchab bo‘lmaydi.

Bu she’rlar o‘zbekka o‘zligini namoyon qilgan va aslan kimligini eslatib qo‘ygan edi. Abdulla Oripovning nomdor bag‘ishlovidagi “O‘z­be­kiston!” degan hayqiriq Va­tan nidosiday yangragan, Erkin Vohidovning mashhur qasidasidagi “O‘zbegim!” degan chaqiriq avlodlar tomiridagi daryoni uyg‘otgan. Shuning uchun bu she’rlar xalq qalbining ovoziga aylangan. Shuning uchun bu ikki she’r qoshida avlodlar qarzdor.

She’riyat maydoniga navbatma-navbat kirib keladigan shoirlar avlodlari Vatan va millat haqida shunday buyuk she’rlarni o‘ziga xos, yangicha ruhda yaratish orzu­sida bo‘lishlari kerak. Bunday she’rlarga hamma davrlarda katta ehtiyoj bor.

Eshqobil SHUKUR


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596