Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 10:35

img329

PROKUROR OTALARNI NEGA OGOHLIKKA CHAQIRDI? Yoxud sirdaryolik 12 nafar o‘quvchi qizning qismati

Xalqimiz azaldan biror gap yoki hikmatni aytsa, bilib aytgan, topib aytgan. Bugun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ulardan unumli va samarali foydalanmay, ijtimoiy illatlarga berilib, ularning yanada ko‘payishiga sabab bo‘layotganlar uchun “Eshakning yuki yengil bo‘lsa, yotoq bo‘ladi” purhikmati mos keladi.

Biz bu jihatni yoshlarimizning aksariyati ilm olishga qunt qilmayotganligida, ba’zi kattalar esa “menga nima, senga nima” qabilida ish tutayotganligida kuzatamiz. Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatda mavjud 314 ta umumta’lim maktabi o‘quvchilarining otalari uchun “ZOOM” platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

 Ushbu yig‘ilishda Sirdaryo viloyati prokurori Savid Imatov tomonidan berilgan ma’lumotlar har bir kishini yanada sergaklikka, ogohlikka chaqiradi.

– Sirdaryo viloyatida o‘tgan 2023-yil mobaynida ajrashgan

1 500 nafardan ortiq oiladan 1 000 nafardan ortiq bolalar yo otasiz yoki onasiz qolgan;

77 nafar voyaga yetmaganlar orasida sodir etilgan jinoyatlarning 43 nafari maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan. Bu jinoyatlarning aksariyatini o‘g‘irlik, bezorilik, tan jarohati yetkazish, odam o‘ldirish va boshqa jinoyatlar tashkil etmoqda.

Voyaga yetmaganlarning 630 nafari huquqbuzarlik sodir etgan. Shundan 168 nafari tegishli hujjatlarsiz avtomobil vositalarini boshqargan;

29 nafar ota-onaga nisbatan otalik, onalik huquqidan mahrum etish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilgan;

voyaga yetmagan farzandlariga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 459  nafar  ota  ma’muriy va 52 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 3 837 nafar ota-ona ma’muriy javobgarlikka  tortilgan;

Nazorat tadbirlari davomida, maktab o‘quvchilari yonida 48 ta sovuq qurollar (!) mavjudligi aniqlangan.

O‘rganishlar jarayonida shu narsa oydinlashdiki, viloyat maktablarida haftasiga 20 000 nafardan ortiq o‘quvchilar darslarga qatnashmaydi. Bu ko‘rsatkich bir kunda 3 200 nafardan ortiqni tashkil etsa, 1 000 nafardan ortig‘i sababsiz. 87 nafar o‘quvchi dars­larga surunkali qatnashmaydi. 215 nafar o‘quvchi deviant xulqqa ega. 24 nafar o‘quvchi Misr davlatiga diniy ta’lim olish uchun ketgan. 17 nafar voyaga yetmaganlar orasida suisid holati sodir etilgan. 12 nafar o‘quvchi qiz ona bo‘lgan. Ularning 2 nafari 9-sinf, 10 nafari 10-sinf o‘quvchilaridir.

Bir millionga yaqin fuqarolarga ega viloyatda voyaga yetmaganlar o‘rtasida shuncha jinoyat, huquqbuzarlik, nomusga tegish, suisid kabi noxush holatlar bo‘lsa.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 5-fevral kuni “2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu haqda aytib o‘tgan edi.

Bu og‘riqli masala yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar, vazifalarni o‘rtaga tashlagan edi.

– So‘rov maktab direktoridan bo‘layapti, lekin Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaga mas’ul hokimlar har hafta bitta maktabga borib, o‘quvchilarning sharoiti va tarbiyasi bilan shug‘ullanmayapti.

Shu munosabat bilan maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilishi belgilandi…

Farzand tarbiyasi, ta’limi bilan jiddiy shug‘ullanish bizga ota meros emasmi? Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlar soni, turi yildan-yilga oshib borayotganligi jamiyatimiz uchun jiddiy muammodir. Yoki voyaga yetmagan maktab o‘quvchi qizlarining nomusini toptash, ularning kelajagiga raxna solishdek jirkanch holatning tobora ko‘payib borayotganligi millat uchun achinarli emas, ayanchli holdir. Hali ham yuqoridagi ko‘rsatkichlar aniqlangan holatlardir. Odamlardan istihola qilib, el-xalq nima deydi, deb yashirib, yashirinib yurganlar qancha?

Ta’lim-tarbiya, ma’naviy rivojlanish faqat insonga berilgan ulug‘ ne’mat. Shu sababdan yaxshilik va ezgulik jihatdan kamolotga yuz tutishda yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishimiz, namuna bo‘lishimiz lozim. Ularning ta’limi, tarbiyasini birlamchi, asosiy masala deb qaramas ekanmiz, har qancha chiranmaylik, ko‘zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz.

Bahrom BOYMURODOV,

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.

“Hurriyat” gazetasi,

2024-yil 21-fevral, № 8-son

“Jadid” gazetasi 2024-yil 23-fevral 9-son


OG‘RIQ NUQTA

Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]

17.11.2026 | 14:24

img191

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img258

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img747