Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.12.2025 | 16:32

img2938

QALIN PULI

Qalin puli – uch ming. Ming – qizi uchun.
Yana ming – sandig‘i, kiygizi uchun.
Xo‘sh, yana ming nega? Har lahza senga
Sanchib turadigan bigizi uchun.

Erkin Vohidovning hazil tariqasida yozilgan ushbu to‘rtligi ming yillik tarixga ega bo‘lgan bir an’anani eslatadi. Qalin puli, ya’ni nikoh marosimida qiz uchun kuyov tomonidan beriladigan mol-mulk yoki pul. Qalin puli qadimiy turkiy xalqlarda eng muhim nikoh urf-odatlaridan biri sifatida shakllangan. Nega aynan qalin puli? So‘zning qalin sifatiga biror daxli bormi?

“Devoni lug‘atit turk” kitobida qalïn shaklida uchrab, sep, qalin puli tarzida izohlanadi. Anglashiladiki, bu so‘z uzoq yillik tarixga ega. O‘zbek tilining etimologik lug‘atida ham qalin – nikoh to‘yida qiz uchun kuyov tomonidan beriladigan mol, pul deb keltirilgan. Qalin/qalïn so‘zi qadimgi turkiy tildagi qal-/qalï fe’lidan hosil bo‘lib, “ko‘tarilmoq” ma’nosini bildiradi. Ehtimol bu so‘z qiz qadrining ko‘tarilishi, kelinning jamiyatdagi mavqeyi yuksalishi va kuyov tomonidan ko‘rsatilgan e’tibor bilan bevosita bog‘liqdir.

O‘rxun-Enasoy bitiklarida ham qalin puli berish an’anasi mavjudligi qayd etilgan. Bu esa qadimgi turkiy xalqlarda nikoh, oila va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda qalin pulining o‘rni borligini ko‘rsatadi.

Qalliq so‘zi ham qalin so‘ziga begona emas. Hozirgi o‘zbek tilida qalliq so‘zini bo‘lajak kelinga ham, kuyovga ham ishlatishadi. Lekin bu to‘g‘ri emas. Avvallari unashtirilgan qiz “qalinliq” deb atalgan ekan. Qalin so‘ziga -liq qo‘shimchasi qo‘shilib, qalinliq – qalini to‘langan degan ma’noni anglatgan. Davr o‘tishi bilan bu so‘z qalliq shaklini olgan. Semantik jarayonlar natijasida esa so‘zning asos va qo‘shimchadan yasalganligi unutilib, yaxlit so‘z sifatida ko‘rila boshlagan. Qayliq so‘zi ham xuddi shu ma’nodagi so‘zning sal boshqacha shakli. Demak, qalinliq so‘zi faqat fonetik jihatidan emas, semantik jihatidan ham biroz o‘zgarishga uchragan.

Qalin, qalinliqdan kelib chiqqan qalliq, qayliq so‘zlari etimologiyasiga bir nazar tashlashning o‘ziyoq til tarixining murakkab jarayon ekanini yaqqol ko‘rsatadi. So‘zlar shaklan biroz o‘zgargan bo‘lsa-da, ularning tub zamirida qadimiy turkiy xalqlarning nikoh qadriyatlari yashab kelmoqda.

Iroda RAHMONALIYEVA

“Jadid” gazetasining 2025-yil 28-noyabrdagi 48-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img37

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img120

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img312