04.03.2025 | 11:31
576
QALIN QONLI KITOB
Ilk bor 1963-yilda nashr etilgan jahon “Qizil kitob”ining sahifalari yildan yilga ortib, qalinlashib bormoqda. Yil boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir ushbu kitobdan 150 000 ta hayvon va o‘simlik turlari o‘rin olgan. Shulardan 42 000 ta tur yo‘qolib ketish xavfi ostida deb baholangan.

Dunyo miqyosida eng ko‘p yo‘qolib ketayotgan turlar Indoneziya, Hindiston, Braziliya, Avstraliya hududlarida uchraydi. Sayyoramizning bu mintaqalarida biologik xilma-xillik juda yuqori, lekin sanoat inqilobi, urbanizatsiya jarayoni, qolaversa, o‘rmonlarning kesilishi, brakonerlik kabi noinsoniy jinoyatlar, umuman, inson faktori bilan bog‘liq talofatlar tabiiy ekotizimning buzilishiga sabab bo‘lmoqda.
Bu yoqda o‘zimizning “Qizil kitob”imiz ham kun sayin “semirib” bormoqda. O‘zbekiston “Qizil kitob”ining so‘nggi nashri 2019-yilda chiqarilgan va unga 324 turdagi o‘simlik, 206 turdagi hayvonot turi kiritilgan. Yangi nashrni 1993-yildagi birinchi kitobga solishtirsak, unda 23 ta o‘simlik va 206 ta hayvon turlari qo‘shilganini ko‘ramiz. Natija maqtangulik emas, chorak asrda shuncha yo‘qotish… Buning bosh sababi yana o‘zimiz: tabiatga befarqlik, shafqatsiz munosabat. Raqamlarga nazar solsak, 2020-yilning o‘zida 337 bosh noyob hayvon va parrandalar noqonuniy ovlangani qayd etilgan. Yo‘qolib ketayotgan hayvon turlarini ovlash qat’iyan man etilgan bo‘lsa-da, bu jarayonga hali butkul barham berilganicha yo‘q. Shubhasiz, tabiatga bunday sovuqqon munosabat “Qizil kitob”ni kattartirish bilan birga, ekologiyaga jiddiy zarar yetkazadi. To‘g‘ri, yurtimizda tabiat muhofazasiga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin…
Tabiat bir butun, yaxlit jonli tizim. Uni bo‘laklarga bo‘lib, devordan u yog‘i menga taalluqli emas, deb befarq yashash mumkin emas. Gap yer sharining taqdiri haqida borar ekan, har qanday chegaralar chetga suriladi. Butun yer kurrasi umumiy uyimiz, uni asrab-avaylash har bir insonning burchidir. Insoniyat tabiatni asrash, hayvonot va nabotot muhofazasida birlashib, yakdil harakat qilmas ekan, natija tobora yomonlashib boraveradi. Tabiatning tiklanib bo‘lmas darajaga olib kelinishi, alaloqibat, bashariyatning o‘zini-o‘zi mahv etishi bilan barobardir.
Kumush QARSHIBOYEVA,
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 21-fevraldagi 8-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
77
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
594
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
591



