01.08.2024 | 11:41
407
QARZXOH ILA QARZDOR
Qarzxoh qarzdor eshigini taq-taq qilar. Qarzdor panjare (deraza)dan boshini chiqarib, ani ko‘rib pisinur.
Xizmatkori chiqib derki:
– Xo‘jayin uyda yo‘q! Tashqari ketdi.
Qarzxoh der:
– Ko‘b yaxshi. Kelsa deginki: yana tashqari chiqsa, boshini panjara oldig‘a unutib ketmasunki, ko‘rganlar uyda gumon qilurlar.
“Oyina”
1915-yil, 9-son.

ORZU YOKI XAYOL
Agar man boy bo‘lsa edim, zakot va boshqa xayrot o‘runlarig‘a hamda to‘y-u azalarg‘a isrof qilinaturgon oqchalarimni yig‘ib, alarning o‘rnida muallim yetushduraturgon bir rushdiy maktab solur edim, lekin afsuski pulim yo‘q.
Agar man “varasat ul-anbiyo” sifati oliyasiga mansub chin ulamodan bo‘lsa edim. Foydasiz havoshiy va zararlik mujodaloti mazhabiyya o‘rnida tafsir, hadis kabi zarur ilmlarni shogirdlarig‘a o‘rgatub, hozirgi jadid ila qadim nizoyi juziysig‘a hech qo‘shulmas va ahamiyat bermas edim, lekin taassuf o‘linurki johildurman.
Agar man xatib bo‘lsa edim, minbari xitobatg‘a chiqub o‘zbekcha xutba o‘qur edim. Toki xalq so‘zumg‘a tushunub mutaassir bo‘lsunlar, lekin na qilayki, odamlarg‘a xushomad va mudohona qilub, xatiblik mansabig‘a chiqmoqni vijdonim qabul qilmaydur.
Agar manim nufuz va iqtidorim bo‘lsa edi, barcha maktab va madrasalarni muvofiq zamoni isloh etib, ta’limi ibtidoiyni majburiy qilub, o‘g‘lini o‘qutmagon kishilarg‘a jazo berur edim va muning ila 25 yil ichida butun Turkistonni maorif va madaniyat nuri ila ziyolandurar edim. Lekin oh! Chi koraki…
Agar man muazzin bo‘lsa edim, sahar chog‘ida “mizana” ustig‘a chiqub azondan keyin “Ey musulmonlar! Xobi g‘aflat va jaholatdan uyg‘oningizki, maorif oftobi mag‘ribdan chiqa boshladi”, deb qichqurar edim…
Lekin bu vazifadan ham mahrumdurman.
GUMNOM
“Oyina” jurnali,
1914-yil, 34-son.
“XUSHIM KELMAYDUR”
Istaymanki, qalamni qo‘lumg‘a olub ko‘rganda, eshitgan so‘zlarimdan “Oyina” majallasining o‘quvchilarig‘a bir necha g‘alatirog‘ini yozayin. Lekin xushim kelmaydur…
Istaymanki, yozayin: bu yaqin vaqtlarda katta kishilarimizdan biri katta to‘y qilib, necha shaharlardan davlatmandlarni to‘yig‘a da’vat aylab, alarg‘a necha ming so‘mlar sarf qilganda, faqir odamlarni va benavo talabalarni yodig‘a ham solmadi. Lekin xushim kelmaydur…
Istaymanki, yozayin: mashhur tojirlarimizdan bir necha nafari o‘z oralarida juma kunlarini ta’til qilub, do‘konlarini bog‘lamoqg‘a qaror berib, so‘ngra ahdlarini sindurdilar va hozirda “musichayi begunoh”dek juma kunlari savdo qiladurlar, xushim kelmaydur…
Istaymanki, yozayin: boylarimizdan biri talabamiz uchun 5 so‘m iona tilaganda bermay, har bayramda rus xonimlarini ziyofat qilub, 100 so‘m-100 so‘m xarj qiladur-da, o‘zini eng muqaddas va mutadin odam hisob qiladur, oh, xushim kelmaydur…
Istaymanki, yozayin: merosiy boybachalarimizdan birisi maktabg‘a ikki so‘m bermoqni isrof bilub, fahshxonalarg‘a necha ming so‘mni nobud qilub, oxirda sinub, mayda-mayda bo‘ldi, xushim kelmaydur…
Istaymanki, yozayin: ba’zilar yana dini shia va sunniy masalasini o‘rtag‘a solub, og‘zig‘a kelgan xurofotni so‘ylab, avomlarni jonig‘a kelturub yurubdur, xushim kelmaydur…
Istaymanki, yozayin: haqiqiy mullalarimizdan biri bir necha xilof shar’iy odatlarni, vahshiyona rasmlarni barham beraman deganda, bir necha maftxo‘rlar va qodin quli nimchalar oni raddi ma’raka va tard majlis qildilar, ay qo‘y, xushim kelmaydur…
Xulosa har nima qilamanki, xushim kelsun, kelmaydur, yana kelmaydur! Agar “Oyina” idorasi ushbu jafangyotimni aynan majallag‘a darj qilsa, shoyadki xushim kelsun!
XUSHYOQMAS
Idora: Ey, odamlarg‘a tosh otmoqg‘a xushingiz keladur-ku! Astaroq oting, “Oyina”g‘a tegmasun.
“Oyina” jurnali,
1913-yil, 11-son.
Nodira EGAMQULOVA nashrga tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



