20.08.2026 | 12:51
1218
QODIRIYNING “GALATEYA”SI
Insoniyat tarixida ijodkorning o‘zi yaratgan asariga oshiq bo‘lishi, sevib qolishi hodisasi Pigmalion nomi bilan bog‘lanadi. Ko‘hna yunon afsonalariga ko‘ra, Kipr orol-davlati shohi Pigmalion usta haykaltarosh ham bo‘lgan. U marmardan go‘zal ayol – Galateya haykalini yasaydi va unga oshiq bo‘lib qoladi. Bu obraz dengizning tinch, osuda holatini anglatadi. Ushbu haykalda mujassam bo‘lgan go‘zallik esa san’atkor qalbini junbishga keltiradi va tinmay nola qilgancha, muhabbat ilohasi Afroditadan haykalga jon bag‘ishlashini iltijo qilaveradi. Afrodita istakni bajargach, Pigmalion Galateyaga uylanadi.

Ingliz dramaturgi Bernard Shou 1912-yili “Pigmalion va Galateya” afsonasi asosida zamonaviy komediya yaratadi, unga yangicha talqin baxsh etadi. Uning talqiniga ko‘ra, Londondagi professor qishloqdan kelgan oddiy gul sotuvchi qizni oliy tabaqaga xos ayollar darajasiga loyiq qilib tarbiyalashga kirishadi va oxiri uni sevib qoladi. Ammo oddiy qiz oliy tabaqa ayolga aylana borgan sari ehtiyojlari va talablari ham shunga yarasha osha boradi va ham ustozi, ham umr yo‘ldoshiga aylangan professorni juda mushkul muammolarga duch qilib qo‘yadi.
Ijodkor o‘zi yaratgan obrazlarga oshiq bo‘lib qolishi mumtoz adabiyotimiz namoyandalari ijodida ham uchraydi. Hazrat Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonini “yig‘lay-yig‘lay tugattim oxir” deya yakunlaganini eslang. Yoki Fuzuliy “Layli va Majnun” dostonida har ikkisini ham shoirga aylantiradi va o‘zi ularning o‘rniga ishqiy g‘azallar yozadi.
Abdulla Qodiriy mashhur romanida Kumush obrazini ideal darajada tasvirlashga intiladi. Adib o‘zining ma’naviyatidagi eng yaxshi qirralarni Otabek va Kumushga taqsimlashda ham bu sezilib turadi. Aytish mumkinki, Otabekdan Kumushni qizg‘ongan paytlaridagi hisni adib, ayniqsa, Mirzakarim qutidorning shom payti Toshkentdan yetib kelgan Otabekni ostonadan haydab solishida ishlatib yuboradi. Voqealar rivojida Kumushni o‘limga hukm qilganiga chiday olmagan adib qon yig‘laydi. “Bir kuni otam qo‘lyozma ustida yig‘lab o‘tirganini ko‘rib, nima bo‘ldi, deb so‘radim. “Kumush o‘ldi!” – dedi otam” (Habibulla Qodiriy, “Otam haqida”).
Shu joyda Najmiddin Kubro qalamiga mansub ruboiyni eslash o‘rinli bo‘lardi:
Bir kun ko‘rasan, jon tanimdan ketgan,
Boshimga fig‘on chekib xaloyiq yetgan.
Koshki kelib boshimda o‘tirsang, aytsang:
O‘ldirgan o‘zim, o‘zim pushaymon etgan.
Olloyor BEGALIYEV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 14-avgustdagi 33-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



