30.03.2026 | 13:14
2302
QODIRIYNING “MING BIR KECHA”SI
“Jinlar bazmi” – Abdulla Qodiriyning jiddiy proza bilan shug‘ullanish yo‘lidagi ilk urinishi. Bungacha ko‘proq hajv, luqma, xabarlar yozish bilan tajriba orttirgan adib prozada o‘zini jiddiy sinab ko‘ra boshlagan. Voqelikning jozibali talqinini topish maqsadida adib o‘z hikoyasini mistik uslubda bayon etadi. Lekin bu hikoya biz uchun mavzusiga ko‘ra emas, shirali ifodasi bilan qimmatli.

Hikoyada qo‘llangan “barda”, “istak” kabi atamalar hozir iste’moldan chiqib ketgan. “Barda” deb qo‘g‘adan arqonday to‘qiladigan chilvirga aytiladi. Osma qovunlarga ishlatiladigan qamish-qo‘g‘adan to‘qiladigan chilvir. Tokning novdalarni ishkomga boylashda ishlatiladigan kaltagina arqonchalarni ham “barda” deyishar ekan. Xorazm taraflarda Barda degan ism ham bor, Berdi emas, aynan Barda. “Istak” degani esa ustunlar orasiga mahkamlanadigan gavron, xipchinlardir. Tol, tutlarning xipchinlari ustunchalar beliga ikki-uch qator barda bilan bog‘lab chiqiladi. Bu istaklarga tok novdalari bardalar bilan mahkamlab bog‘lanadi.
Adib otaning hikoyalari orasiga bolaning holatlarini qo‘shib borishi bilan adiblik qanday shakllanishini ko‘rsatib boradi. Hikoyani esa an’anaviy usulda, ushbu hikoyam yaqinda gazetada chiqadi, topib o‘qinglar, qabilida reklama bilan yakunlaydi. Bu xuddi “Ming bir kecha” ertaklaridagi kabi: “Qolganini ertangi kechada aytib beraman”, deya va’da berishga o‘xshaydi. Ammo davomini ertaga aytib beradigan darajaga yetish osonmas. Shu sababli, yosh adib bunday va’da berish uchun avval shunga yarasha mavzu topishi kerakligi ustida ko‘p o‘ylangan bo‘lishi kerak.
Abdulla Qodiriy hikoyanavis sifatida katta meros qoldirmagan. Ayniqsa, misrlik tarixchi adib Jo‘rji Zaydonning “Farg‘ona kelini” romani bilan tanishganidan keyin, yirik epik asar yaratish ishqiga tushib qoladi.
Vaqti kelib, “O‘tkan kunlar” haqiqatan adibning “Ming bir kecha”siga aylandi. Bu asar yaxlit holida emas, qismlarga bo‘lingan holda ikki yil mobaynida davomli tarzda e’lon qilib borilgani shundan. Asar ham yozilib, ham o‘qilib, tanqidiy fikrlar tinglanib, tahrirlanib, yangi tafsilotlar bilan boyib borgan. Bunday ulug‘ ishga “Jinlar bazmi”dek mittigina hikoya sabab bo‘lgan esa, ajab ermas.
Olloyor BEGALIYEV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-martdagi 11-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
31
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
119
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
310



