Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.04.2026 | 10:17

img1799

QODIRIYNING KITOBI CHIQDI

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Samariddin Qodiriyning hikoya va ertaklarini o‘qidim. To‘g‘risi, ko‘ngilda bir yorug‘lik, yosh qalam egasining yozganlaridan umid paydo bo‘ldi.

Bu kichik asarlarda bolalar tafakkuriga mos beg‘uborlik, soddalik seziladi. Uning dunyoga bola nazari bilan qarayotgan turli ismdagi qahramonlari pokizalik va to‘g‘rilik, haqiqat va adolat tarafdorlaridir. Bu juda zarur mezon. Ayrim hikoyalar “Nima qilsam ekan?” degan savol bilan yakuniga yetibdi. Hajmi katta emas. Ixcham. Shunga mos ravishda, voqelik bayonida ham ortiqcha tafsilot kuzatilmaydi.

Kaptar boqishga qiziqqan bola katta bir odamning nojoiz qilmishini ko‘rib, o‘ylanib qoladi. Hikoyada muallif sinchkovligiga guvoh bo‘ldim: kaptarlarning turlarini ajratadi, ta’riflaydi, tavsiflaydi. Yozish uchun bunday nazar zarur, albatta. Yoxud, bir falokatdan qutulgan Baroqvoy hikoyasini olaylik. Baroqvoyni ofatdan asar qahramoni bo‘lmish bolaning akasi – No‘mon qutqaradi. “Baroqvoyning bizga nisbatan No‘mon akamga mehri boshqacha” – hikoya negizida shu gap turibdi. Ba’zida ulkan hajmli asarlar shunga o‘xshash yoyiq bir gap uchun yoziladi.

Abdulla Qodiriy yozgan bir hikoya roviy bolaning “Vaqtingiz bo‘lsa, juma kuni siz ham boringiz”, degan gapi bilan yakun topadi. Zukko bobosiga monand, Samariddin ham asalarilar to‘g‘risida yozar ekan: “Bu haqda sizlarga albatta yozib yuboraman”, degan jumla bilan voqeaga nuqta qo‘yadi. Hikoyachi bilan barobar qiziquvchan o‘quvchida ham asalari haqida ma’lumotlar izlash istagi paydo bo‘ladi. Qushlar, hayvonot bog‘idagi jonivorlar, asalarilar, mushuklar, kuchuklar, bir so‘z bilan aytganda, tabiatning bunday tirik bo‘lagi kitob muallifining tasvir obyektiga aylanadi.

“Mehr”da bobo nabirasiga: “Lochin go‘shtxo‘r qush. Ammo u o‘zi ov qilib, topgan o‘ljasini yeydi. Tekinxo‘r emas”, deb saboq beradi. Bu hikmatni, qushning bu mardona fazilatini hamma ham bilavermaydi. “Qassob amaki” o‘z ismiga mos yashaydi. Ismlarda hikmat jamlanadi. Dunyo yozuvchilari o‘z asarlari qahramonlari uchun tanlagan ismlarga ma’no yuklaydi. “Usta tog‘a”dagi qumdan chiqqan uzuk muhim detal, deb o‘yladim. Tilla buyum har kimning diqqatini tortadi, ustaning “shumligi”dan o‘quvchi yuzida nim tabassum uyg‘onadi. O‘ziga xos tadbiridan mamnun ham bo‘ladi. 

Samariddinning ko‘p hikoyalarida mardona, halol va odil bo‘lishga, hayotda to‘g‘ri yashashga chaqiruv motivlari seziladi. Yomondan qochib, yaxshiga yondoshmoq kerak aslida, adabiyotning asosiy vazifalaridan biri shu kabi bebaho tushunchalarni barchaga birdek anglatishdan ham iborat.

Samariddin Qodiriyning “Mehr” kitobchasini qo‘lga olar ekanman, beixtiyor, “Oqqan daryo oqaveradi”, degan o‘y kechdi xayolimdan. Katta bobo, bobo, ota va bola – to‘rt avlodning o‘zaro ijodi misolida adabiyotshunoslikdagi muhim bir fikr – adabiy sulolalarning nazariy tadqiqi degan tushuncha ham maydonga keladi. Dunyo va o‘zbek adabiyoti tarixida bu adabiy-nazariy tezis uchun misollar topiladi, albatta. Hozir esa qo‘limdagi kitoblarga boqib, Qodiriylar adabiy sulolasi shunday izlanish va tadqiq uchun asos bo‘ladi, deb o‘yladim. Zero, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”dek dunyoga mashhur romanlar sohibi Abdulla Qodiriyning to‘ng‘ich farzandi Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” kitobidan boshqa badiiy asarlari ham bor. Habibulla Qodiriyning farzandi Sherkon Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ning taqdiri”dan tashqari, “37-xonadon”, “Do‘lvor yigit” nomli asarlari bor.

Muhtaram gazetxon, biz jinday fikr yuritgan va yaqinda bosilib chiqqan “Mehr” to‘plami – Sherkon Qodiriyning farzandi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Samariddin Qodiriyning ilk kitobidir. Birinchi kitob, tabiiyki, yosh ijodkorning o‘quvchilar uchun yozadigan ilk ma’naviy dasturxoni va va’dasi hamdir.

Umid va ishonch shulki, iste’dodli adib Abdulla Qodiriyning chevarasi Samariddin Qodiriy kelgusida o‘zining bebaho ijod namunalari bilan Qodiriylar adabiy sulolasining munosib davomchisi bo‘lajak.

Bahodir KARIM,
professor

“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-martdagi 13-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328