08.04.2026 | 14:13
2560
QONUN KUCHAYMOQDA. ANDISHA-CHI?
Sharq jamiyatini tartibga solgan asosiy kuch azaldan axloq bo‘lib kelgan. Asrlar davomida andisha, uyat, or-nomus, hayo, iymon, vijdon kabi tushunchalar xalqimizning ma’naviy qonuni hisoblangan. Inson qonundan qo‘rqib emas, odamlardan uyalgani, andisha qilgani uchun huquqbuzarlik va jinoyatga qo‘l urmagan. Avval andisha, or-nomus bilan hal qilingan masalalar taraqqiyot jarayonida qonun va jazo bilan tartibga solinadigan jinoyatlar ro‘yxatiga qo‘shildi.

Andishasizlik, uyatsizlik, orsizlik, nomussizlik, hayosizlik, iymonsizlik, vijdonsizlik illatlari bugun faqat axloqsizlik emas, balki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘layotgan holatlardir. Ayniqsa, zamonaviy dunyoda insonning hissiy ehtiyojlari va ma’naviy tanazzuli tufayli jinsiy zo‘ravonlik turlari ko‘payib, alohida-alohida turkumlanmoqda.
Bu muammo aholisi bir millionga yetmagan Sirdaryo viloyatida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xususan, nomusga tegish holatlari 2024-yilda 4 ta bo‘lsa, 2025-yilda 7 taga yetgan. Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirish holatlari 2024-yilda 10 ta, 2025-yilda 9 ta. Besoqolbozlik bo‘yicha 2024-yilda 1 ta, 2025-yilda 3 ta holat qayd etilgan. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etish 2024-yilda 11 ta, 2025-yilda 7 ta, 16 yoshga to‘lmagan qizlar bilan jinsiy aloqa qilish holatlari 2024-yilda 18 ta, 2025-yilda 17 ta. 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz harakatlar bo‘yicha 2024-yilda 3 ta, 2025-yilda 5 ta holat qayd etilgan. Bu faqat birgina viloyatning ro‘yxatga olingan ko‘rsatkichlari, xolos. Qo‘rquv yoki ijtimoiy bosim sababli ochiqlanmay qolgan holatlar qancha.
Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-mart kuni qabul qilingan “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi farmoni ayni muammolarga javob sifatida muhim huquqiy hujjatlardan biri bo‘ldi. Farmonning mazmun-mohiyatidan anglashiladiki, davlat jamiyat xavfsizligiga tahdid solayotgan bunday jinoyatlarga nisbatan murosasiz yo‘lni tanlamoqda. Ayniqsa, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish, ayrim holatlarda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi qattiq choralar belgilanmoqda.
Bilamizki, har qanday jinoyatning oldini oladigan maskan oiladir. Agar insonni andisha, uyat to‘xtatmasa, muayyan jazo har doim ham to‘xtata olmaydi. Shuning uchun qonunlar bilan bir qatorda axloqiy immunitetni kuchaytirish, insonlarning ruhiy-ma’naviy sog‘lomligini mustahkamlash, yosh avlodni yuksak qadriyatlar va mas’uliyat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bu vazifalar, avvalo, oilada amalga oshirilishini hech birimiz unutmasligimiz lozim.
Bahrom BOYMURODOV,
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi
“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-martdagi 13-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
328



