Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.02.2025 | 10:31

img507

QO‘RAMTA

Ba’zi shevalarda: “Qo‘ramtani qo‘zg‘ash” degan ibora bor – unutila boshlagan, sovigan janjal yoki bahs-munozarani qaytadan qo‘zg‘ash ma’nosida aytiladi. Ammo “qo‘ramta”ning o‘zi nima?

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “qo‘ramta” so‘ziga shunday ta’rif berilgan: “qo‘ramta – (tarixiy) kamon o‘qlari solib, osib yuriladigan maxsus xalta”. “Этимологический словар тюркских языков” lug‘atida ham “qo‘ramta”ga berilgan izoh shunday. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li kabi baxshilar aytgan dostonlarda ham “qo‘ramta” shu ma’noda ishlatilgan.

“Devonu lug‘otit-turk”da bu jihozning nomi “qo‘ramta” emas, “qurman”, Ergash Fozilovning XIV asr Xorazm yodgorliklari lug‘atida – “qurban” shaklida berilgan. Mahmud Koshg‘ariy “qurman” so‘zi yasalishini: “belga kamar bog‘la so‘zidan olingan”, deb tushuntiradi. Bu izohni “qo‘ramta”ga ham tatbiq etish mumkin. Darhaqiqat, qadimgi turkiyda “qo‘r” so‘zi  – “belbog‘”, “aylana”, “o‘tovni aylantirib bog‘lanadigan tasma” kabi ma’nolarni bildirgan. O‘q-yoy solinadigan xalta – qurman yoki qo‘ramtaning ham bel va yelkaga bog‘lanadigan bog‘lari bo‘lgani uchun shunday atalgan. Hozirgi tilimizdagi “qurshov”, “qurshamoq” fe’li ham shu o‘zakdan. Ammo “o‘q-yoy xaltasi” ma’nosidagi “qo‘ramta”ning – “qo‘ramtani qo‘zg‘ash” iborasiga aloqasi bormi?

“Mo‘g‘ullarning sirli tarixi” asarida mazkur jihoz qurman yoki qo‘ramta emas, “qo‘r” (“qor”) deb ataladi. Asarning 189-paragrafida Nayman xoni Tayangxon aytadi: “Shimol tomonda notavon, bechora mo‘g‘ulchalar bor emish. Ular go‘yoki o‘zlarining QO‘Rlari bilan O‘ngxonni qo‘rqitishibdi”. Shundan so‘ng Tayangxon mo‘g‘ullarga qarshi urushni rejalaydi. Buning xabarini Chingizxonga: “Nayman xoni Tayangxon kelib sening qo‘ringni tortib olmoqchi”, deb yetkazishadi. Bu xabarga Chingizxonning ukasi Bilgutay no‘yon shunday munosabat bildiradi: “Agar tirik holimda mendan qo‘rni tortib olishsa, yashashning nima keragi bor? Navkar uchun jangda o‘lib, qo‘r va o‘q-yoyi uning suyaklari bilan yonma-yon qo‘yilishi sharaf emasmi?” Ko‘rinib turibdiki, bu matnda “qo‘r” so‘zi ramziy ma’noda: “O‘ngxonni qo‘r bilan qo‘rqitibdi”, deganda – O‘ngxonning Chingizxondan mag‘lub bo‘lib qochishi, “qo‘rni tortib olish” iborasida – “bosib olib, qulga aylantirish, qurolsizlantirish” ma’nolari ko‘zda tutilgan. Turli davrlarda: qurman, qurban, qo‘r, sadoq (sag‘daq), qo‘ramsaq, qo‘rluq, qo‘ramta va hokazo nomlar bilan atalgan bu jihoz ko‘chma ma’noda: kuch-qudrat, sha’n, g‘urur ramzi ham hisoblangan.

Keyinchalik bu jihoz iste’moldan chiqsa-da, bizningcha, uning nomi va unga bog‘liq ramzlar xalq xotirasida saqlanib qolgan. Ma’lumki, turkiyda “qo‘r” (“qur”)ga shakldosh (omonim) boshqa o‘zak-so‘zlar ham bor. Aytaylik, boshqa bir  “qo‘r”dan: “qo‘rimoq”, “qo‘riqchi”, “qo‘rg‘on”, “qo‘ra” kabi so‘zlar hosil bo‘lgan bo‘lsa; “qo‘r” deganda yana: “cho‘g‘”, “chala uchgan cho‘g‘”, “qalb qo‘ri” kabi ma’nolarni ham anglaymiz. Bizningcha, “qo‘ramta” shakli dastlab sadoq ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik bu so‘z boshqa ma’nodagi “qo‘r” o‘zaklariga ham ko‘chgan.

Aytaylik, qozoq tilida ham mavjud bo‘lgan “qo‘ramta” so‘ziga qozog‘istonlik tilshunos Qaydar Abduali shunday izoh keltiradi: “qor qalin yog‘ib, qish uzoq cho‘zilgan yili, odatda, uyur-uyur bo‘lib yuradigan arxarlar qo‘ralanib, birlashib bir tabunga aylanadi, buni ovchilar qo‘ramta deb ataydi”. Boshqa bir qozoq adibi “qo‘ramta”ni “yig‘ilish”, “qurultoy” ma’nosida qo‘llaydi.

Ba’zi o‘zbek shevalarida esa “qo‘ramta” – “chala o‘chgan cho‘g‘”, “qurum” ma’nolarida tushuniladi. Ammo “qo‘ramta aynan nima?” degan savolga men bilan suhbatdosh bo‘lganlar bir xil javob qilishmadi: kimdir qo‘ramta deganda chala o‘chgan cho‘g‘ni, kimdir qurumni (qurumta), kimdir cho‘g‘ betidagi kulni tushunadi. Qo‘ramta haqidagi bunday mavhum tasavvur ilgari u boshqa ma’no bildirgan, degan farazga olib keladi.

Qashqadaryolik yozuvchi Ne’mat Arslon bir hikoyasida bu so‘zni “chala o‘chgan cho‘g‘” ma’nosida qo‘llagan: “Har kun qo‘ramtaga ko‘mib yoki qaynatib, ishi shoshilinch paytda qovurib yeydigan tuxumini o‘ylarkan, folga borish kerak, degan fikri qat’iylashdi”.

O‘zbek xalq dostonlarida: “qo‘ramtaga qo‘l soldi”, – iborasi “urushga hozirlandi”, ma’nosiga ega. “Qo‘ramtani qo‘zg‘ash” deganda esa – o‘chayotgan cho‘g‘ni qayta alangalatish, ko‘chma ma’noda: eski janjalni qayta qo‘zg‘ash tushuniladi. E’tibor qilinsa, yuqorida keltirilgan barcha iboralarda qo‘ramta urush, janjal bilan bog‘liq ravishda qo‘llanilgan. Shu bois ular o‘rtasida umumiylik borday tuyuladi.

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasining 2025-yil 31-yanvardagi 5-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596