Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.01.2026 | 21:00

img1460

TAFT (HIKOYA)

Qobulda bog‘i Bobur degan qadamjo bor. Uning baland to‘rida shoirning qabri saqlangan. Oyoq tomondagi qari tutni o‘sha vaqtlarda o‘tqazilgan, deb tushuntirishadi. Qadamjoni ikkinchi bor ziyorat qilganimda yonimda menga bog‘lab qo‘yilgan soqchidan bo‘lak odam yo‘q edi. Uning oti Ma’rif, kambag‘algina askar bola.

Men bu safar tutga uzoq tikilib qoldim. U qarib, yo‘g‘on tanasi tamoman chirib, o‘q ildizi tuproqqa aylangan. Lekin bir yonidagi jindek g‘udur po‘stloqdan ozgina shira kelib bir-ikki shohida yashil barglar hali ham shivirlashib turibdi. Nahotki o‘sha asrlardan beri tirik? Uni o‘tqazganlar, balki buyuk bobomizni ko‘rgandir. Po‘stlog‘ida kimlarning kaft izlari bor ekan? Shabadada qaltirab yiltillab turgan bu siyrak barglar moʻjizaday tuyuladi, men ularni ushlagim keldiyu, qo‘l tekkizolmadim. Tiz cho‘kib, tutning po‘stlog‘i bor tomonga kaftimni uzatsam, qo‘lim titrab, badanimga o‘t yugurganday bo‘ldi.

– Ajabo… – dedim asta silab ko‘rib.
– Bo‘lmaydi,– dedi shu payt tepamda turgan Ma’rif.

O‘rnimdan turdim. Ushlash mumkin emas ekan, deb o‘ylab, xijolat tortdim.

Bog‘dan chiqqandan keyin surishtirsam Ma’rif «bo‘lmaydi»ni boshqa ma’noda aytgan ekan. Uning otasi bozorda o‘tinfurushlarga tarozibonlik qilar ekan. Xonadonda o‘tinning sifatini yaxshi bilishadi.

– Endi u yonsa ham taft bermaydi. Chirindi, – dedi askar.

Asqad MUXTOR


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591