17.07.2024 | 17:23
293
Raqobat qo‘mitasi “Korzinka” tarmog‘ini aybdor deb topdi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘iga oid qo‘zg‘atilgan ishda uni aybdor deb topdi.

15-iyul kuni kompaniyaning “eng arzon narx” deb e’lon qilgan mahsulotlarining narxi boshqa supermarket va bozorlardagi narxlardan farq qilmasligi aniqlangach ochilgandi. Qo‘mita buni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deya ta’kidlagan.
“Korzinka” “eng arzon narx” haqidagi reklamani qoidabuzarlik deb hisoblamasligini bildirgan.
“Qo‘mitaning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiyasi tomonidan qo‘zg‘atilgan ishda Korzinka supermarketlar tarmog‘i brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi Anglesey Food MCHJ aybdor deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima (BHMning 50−70 baravari yoki 17−23,8 million so‘mni tashkil qilishi mumkin) qo‘llash yuzasidan sudga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Shuningdek, unga ushbu reklama bo‘yicha qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlarni 1 oy muddatda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
“Korzinka” komissiya qarorini olmaganini aytib, bayonotni asossiz deya atadi.
Unga ko‘ra, maxsus komissiya qarori va qo‘mita xabarida qayd etilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar kompaniyaga taqdim etilmagan.
17-iyul kuni qo‘mita tinglovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda kompaniya “qo‘shimcha ma’lumot taqdim etdi va barcha savollarga javob berdi”. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha maxsus komissiya qarori 5 ish kuni ichida taqdim etilishi ma’lum qilindi.
“Biz, avvalgidek, qonunchilikka zid harakat amalga oshirmaganmiz, deb hisoblaymiz. Ayniqsa, qaror matni va ko‘rsatmalar bilan tanishish imkonimiz yo‘q bo‘lgan hozirgi holatda qo‘mitaning ushbu bayonotini ham asossiz deb hisoblaymiz”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, agar maxsus komissiya qarori yozma shaklda taqdim etilsa va unga rozi bo‘linsa, kompaniya ushbu qaror ustidan 30 kun ichida sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



