Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.07.2024 | 18:20

img368

“Eng arzon narx” dasturida hech qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymadik deb hisoblaymiz — “Korzinka”

Korzinka supermarketlar tarmog‘i Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining “eng arzon narx” iborasi qo‘llangan reklama bilan bog‘liq da’volariga javoban bayonot bilan chiqdi.

Avvalroq “Korzinka” tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atilgani haqida yozgandik.

16-iyul kuni Korzinka tarmog‘i bosh direktori Rud Pedersen qo‘mita rahbariyati bilan uchrashib, may oyida boshlangan “Kundalik xaridlar uchun eng arzon narxlar” dasturi haqida gaplashgan. Kompaniya buni “vaqtinchalik reklama emas, balki yangi narx strategiyasi” deb atadi, bu kunlik xaridlarda tovarlar savati uchun past narxlarni yaratishga qaratilgan.

“2024-yil may oyida Korzinka o‘zining narx siyosatini o‘zgartirish va muntazam amalda bo‘ladigan — „Kundalik xaridlar uchun eng arzon narxlar“ dasturini yaratish yo‘lida strategik qaror qabul qildi… Iste’molchilarga kundalik xaridlar uchun tovarlar savatiga barqaror arzon chakana narxlarni bir joyning o‘zida taqdim etish tarmog‘imiz maqsadidir. Bu xaridlar jarayonini osonlashtiradi, qo‘shimcha qulaylik yaratadi va, eng avvalo, yurtdoshlarimiz ro‘zg‘ori uchun moliyaviy bosimni kamaytirishga imkon beradi”, — deyiladi xabarda.

“Biz o‘zimiz uchun strategik — birinchi navbatda zarur tovarlarga eng arzon narxlarni muntazam asosda saqlab turish mas’uliyatini qabul qildik”, deyiladi bayonotda. Buning uchun kompaniya “supermarketlarda va boshqa chakana savdo nuqtalaridagi narxlarni muntazam ravishda kuzatib boradi”.

“„Eng arzon narx“ katalogida keltirilgan tovarlar savatchasiga eng arzon narxlar belgilanadi va tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha narxlar ba’zan bozorning boshqa ishtirokchilari bilan teng bo‘lishi holatlari uchrab turishi mumkin. Monitoring davomida biz boshqa chakana savdo nuqtalaridagi muntazam chakana narxlarga e’tibor qaratamiz. Raqobatchilarning uzoq muddatli davomiylikka ega bo‘lmagan, qisqa muddatli aksiyalari paytida ular savatning ma’lum bir alohida tovarlari bo‘yicha biz bilan bir pog‘onadan joy olishlari mumkin. Biroq biz shuni qat’iyat bilan ma’lum qilamizki, ushbu ijtimoiy to‘plam uchun narx bozorda eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur barcha choralarni ko‘ramiz”.

Raqobatni rivojlantirish va istemolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan bo‘lib o‘tgan tinglovda Korzinka vakillari “jamoatchilikni tarmoqning narxlarni shakllantirish siyosatidagi birinchi navbatda zarur bo‘lgan ushbu mahsulotlarga nisbatan jiddiy o‘zgarishlar haqida xabardor qilganini ta’kidlab o‘tgan”.

“Biz qonunchilikni hurmat qilamiz hamda reklama, iste’molchilar huquqlariga oid barcha me’yor, qoidalarga rioya qilishda sobitqadammiz va hech qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymadik, deb hisoblaymiz”, — deyiladi bayonotda.

“Biz eng arzon narxlardagi tovarlar tanlovini muntazam asosda va har kun taklif etamiz. Bu mahalliy chakana savdo madaniyatidagi mutlaqo yangicha yondashuv hisoblanadi hamda mijozlarimiz hayotini nafaqat osonroq, balki qulayroq, unumliroq qiladi. Ushbu yondashuv mahalliy bozor uchun yangilik ekanini hisobga olib, biz qo‘mitada mazkur vaziyat bo‘yicha savollar vujudga kelganini tushunishimiz mumkin va hamkorlikka ochiqmiz, ham o‘z pozitsiyamizni oydinlashtirish, ham ijtimoiy mas’uliyatlarni zimmamizga olishdan xursandmiz”, — dedi Rud Pedersen.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img160

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img154

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img357